Investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalarning loyihaoldi, davlat xaridiga doir tender bo‘yicha xarid qilish hujjatlari va texnik topshiriqlar hamda shartnomalarni ekspertizadan o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari


Download 1.49 Mb.
bet20/29
Sana21.04.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1371720
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   29
Bog'liq
PQ-332 25.07.2022

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUKga

20___ yil _______________ __________-son

ARIZA

____________________________________________________ loyihasi doirasida

______________________________ tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) davlat xaridi bo‘yicha texnik topshiriqni ko‘rib chiqishingizni so‘raymiz. (agar texnik topshiriq ixtiyoriy va shartnoma asosida kiritilayotgan bo‘lsa, bu haqda arizada ko‘rsatiladi)

Bozor konyunkturasini o‘rganish natijalariga ko‘ra xarid qilinadigan tovarlarning (ishlarning,

xizmatlarning) boshlang‘ich narxi (QQS bilan/QQSsiz) __________________________ni tashkil etadi.

Davlat xaridlari quyidagi ishtirokchilar o‘rtasida o‘tkaziladi:

tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning mahalliy ishlab chiqaruvchilari;

tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqaruvchi, yetkazib beruvchi barcha ishtirokchilar (mahalliy va xorijiy).

Davlat xaridini moliyalashtirish manbasi (quyida sanab o‘tilganlardan biri ko‘rsatiladi):

o‘z mablag‘larimiz;

budjet mablag‘lari;

kreditlar (qarz mablag‘lari);

boshqa manbalar (ko‘rsatiladi) hisobidan.

Texnik topshiriqni ekspertizadan o‘tkazish uchun oldindan to‘lovni kafolatlaymiz.

Arizachi/buyurtmachi bilan bog‘lanish raqamlari (ijrochi ko‘rsatilsin):

____________________________________________________________________________.

Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinmoqda (ushbu Nizom talablariga muvofiq

___________________

___________________

Arizachining mansabdor shaxsi

_______________

F.I.Sh.

imzo yoki QR kod

M. O‘.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-iyuldagi PQ-332-son qaroriga
3-ILOVA
Shartnomalar, import kontraktlari va ularga qo‘shimcha kelishuvlar loyihalarini ekspertizadan o‘tkazish va ro‘yxatga olish tartibi to‘g‘risidagi
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK (keyingi o‘rinlarda — Markaz)da shartnomalar, import kontraktlari va ularga qo‘shimcha kelishuvlar loyihalarini ekspertizadan o‘tkazish hamda ro‘yxatga olish tartibini belgilaydi.
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Markazning elektron axborot platformasi — Markazning buyurtmachilar shartnomalar, import kontraktlar va qo‘shimcha kelishuv loyihalarini, shuningdek, ekspertizadan o‘tkazish va ro‘yxatga olish natijalari to‘g‘risidagi axborotni joylashtirishni ta’minlovchi Internet tarmog‘idagi maxsus elektron axborot platformasi;
davlat xaridlari — davlat buyurtmachilarining tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) bo‘lgan ehtiyojlarini pullik asosda ta’minlash jarayoni;
buyurtmachilar — ushbu Nizomning 5-bandida nazarda tutilgan hollarda shartnomalar, import kontraktlari va ularga qo‘shimcha kelishuvlar loyihalarini ekspertizadan o‘tkazish uchun Markazga murojaat qiluvchi shaxslar;

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling