Иоганн Себастьян Бах
Ushbu yillarda o’zbek milliy musiqa merosini yozib olinishi va qayta ishlanishi
Download 0.91 Mb.
|
МУСИҚА ТАРИХИ МАЖМУА 198 бет (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5. Shashmaqomning notaga tushirilishi.
- 6. Samarqandda maxsus ilmiy- tekshirish institutini ochilishi
4. Ushbu yillarda o’zbek milliy musiqa merosini yozib olinishi va qayta ishlanishi. 1919-yil dekabrida Turkiston respublikasi maorif Xalq Komissarligi San’at bo’limi qoshida Badiiy-etnografik komissiya tashkil etildi. Komissiyaning dastlabki vazifalaridan biri bo’lib hisoblangan musiqa folklorini yozib olish ishning boshqa barcha turlarini ham o’ziga qaratdi, natijada komissiya bir butun Musiqali etnografik komissiya deb atala boshladi. G’ulom Zafariy, Nikolay NazarovichMironov, V.Uspenskiy komissiya a’zolari edi. Inqilobdan oldin Toshkentga kelib qolgan latish kompozitori Emil Meligaylis ham ba’zan komissiyada ishtirok etar edi.
O’zbekistonda musiqa folklorshunosligiga asos soluvchilar orasida V.A. Uspenskiy alohida ajralib turadi. Yorqin musiqiy talant, nuqsonsiz nozik o’quv, xalq san’atiga bo’lgan chinakam muhabbat, o’rganilmagan olamga yo’llovchi “izquvarlik” matonati—bularning hammasi Uspenskiyda kishilar yuragini jalb etgan joziba bilan qo’shilib ketgandi. Uspenskiy ko’p asrlik badiiy madaniyat an’analarining vakillari—xalq muzikachilari orasida juda tez do’stlar topar edi, shuning o’zi ko’pincha uning ishlarining muvaffaqiyatini belgilab berardi. 5. Shashmaqomning notaga tushirilishi. Shashmaqomning yozib olinishi muhim ish bo’ldi. Ana shu maqsadda Musiqali-etnografiya komissiyasi Uspenskiyni Buxoroga xizmat safariga jo’natgan edi. Uspenskiy Buxoroda bir yildan ko’proq (1923-24) turib bu monumental turkumning taniqli ijrochilari—hofiz Ota Jalol Nosirov va tanburchi Ota G’iyos Abdug’ani bilan hamkorlikda ish olib bordi. 6. Samarqandda maxsus ilmiy- tekshirish institutini ochilishi. 20-yillarning oxiriga kelib O’zbekistonda Nikolay Nazarovich Mironov rahbarligidagi Samarqand o’zbek Musiqa va Xoreografiya instituti folklorshunoslik ishlarining tashkiliy markaziga aylandi. Institut o’zining Samarqandda ishlagan yillari mobaynida (1928-32) nusxa ko’chiruvchi valiklarda besh yuzdan ortiq xalq ijodi asarlarini yozib oldi, hamda bir qancha kitoblarni nashrga tayyorladi. Bular orasida Mironovning “Muzo’ka uzbekov”(1929), “ Obzor muzo’kalno’x kultur uzbekov i drugix narodov Vostoka»( nota yozuvi M.Ashrafiy, Sh.Ramazonov va T.Sodiqovlarniki 1931) ,«Pesni Fergano’, Buxaro’ i Xivo’” ( 1931) kitoblari bor edi. Har bir nashr etilgan kitob Mironovning kirish maqolasi bilan ochilgan bo’lib, uning shogirdlari notaga olgan xalq kuylari to’plamidan iborat edi. Institut milliy san’atni o’rganish bilan birga, musiqa ta’limi bilan ham shug’ullandi. Yosh o’zbek musiqachilari bu erda Shashmaqomni, hamda xalq cholg’u asboblarini chalishni o’rganar edilar. Buxorodan ( Ota Jalol Nosirov, Domla Halim Ibodov ), Xorazmdan ( M .Xarratov) va Farg’onadan ( A. Ismoilov, A.Umurzoqov) taniqli hofiz va sozandalar Samarqand institutida jamlanganligi tufayli, o’quvchilar respublikaning turli viloyatlari musiqasining mahalliy xususiyatlari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo’ldilar. Shu bilan birga o’quvchilar uchun elementar musiqa nazariyasi va solfedjio ham o’tilar edi. Ularning o’zlari ham asarlar yaratishni, ayrimlari esa orkestrga dirijyorlik qilishni o’rganar edi. Bu erda keyinchalik mashhur bo’lib ketgan Tolibjon Sodiqov, Muxtor Ashrafiy, Mutal Burhonov, Doni Zokirov, Manas Leviev, Sharif Ramazonov, Olim Halimovlar o’zlarining musiqa bilimlarini chuqurlashtirdilar. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling