Иоганн Себастьян Бах
Download 0.91 Mb.
|
МУСИҚА ТАРИХИ МАЖМУА 198 бет (2)
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MADANIYAT VA SPORT ISHLARI VAZIRLIGIRESPUBLIKA METODIKA VA AXBOROT MARKAZIMUSIQA TARIXI maruzalar matni (o’zbek, jahon, rus musiqa tarixi) Nizomiy 2013-yil Mavzu 1. O’RTA OSIYONING QADIMIY MUSIQA MADANIYATI. Reja: 1. O’rta Osiyo qadimgi xalqlari musiqali-poetik ijodi. 2. So’g’d, Baqtriya, Parfiya, Xorazm cholg’uchiligining yakka ansambl ijrochiligi. 3. O’rta Osiyo arxeologik noyob topilmalari. Adabiyotlar: 1. O’zbek musiqasi tarixi. Tuzuvchi T.E. Solomonova T.”O’qituvchi” 1981.y. 2. Axmad Odilov.”O’zbek xalq cholg’ularida ijrochilik tarixi” T. ”O’qituvchi” 1995 y. 3. Yu. Rajabiy “Musiqa merosimizga bir nazar” T. 1970. 4. X. Xamidov “Avesto fayzlari” T.2001 y. 5. “O’zbekiston tarixi” T.1994 y. 1.O’rta Osiyo qadimgi xalqlari musiqali-poetik ijodi. O’zbek xalqining musiqa tarixi ko’p asrlik tarixga ega. Ko’pgina sozandalar va xonandalar avlodining faoliyatida qaror topgan xalq, hamda og’zaki an’anadagi professional muzika san’ati bu xaqida guvohlik beradi. Moddiy madaniyat yodgorliklarining tasdiqlashicha bugungi O’zbekiston xududida O’rta Osiyo xalqlarining ajdodlari yaratgan qadimgi taraqqiyot mavjud bo’lgan. O’zbek xalqi ajdodlarining musiqa sarchashmalari O’rta osiyo xududida yashagan qardosh xalqlar, birinchi navbatda tojik xalqi ijodi bilan mustahkam bog’langan. Bu musiqa asarlari X-XI asrgacha ( chegaralanganliklarigacha) o’zida bir butunlikni ifoda etdi, keyinchalik u o’zbek va tojik musiqa madaniyatlarining shakllanishi uchun umumiy asos bo’lib xizmat qiladi. O’rta Osiyo xalqlari hayotida tarixiy chegaralanish bosqichi taxminan bizning eramizgacha bo’lgan birinchi ming yillikdan boshlanadi. Bular o’troq dehqonlar (so’g’diylar, baqtriyaliklar, xorazmiylar) hamda ko’chmanchi (saklar, massagetlar va boshqa) qabilalar edi.Ular xaqidagi ma’lumotlar Avestoda ham uchraydi. Xalq she’riyati va musiqa san’atining boshlanishi o’sha davrlarga borib taqaladi. Xalq she’riyati va musiqa san’ati dastlab sinkretik( bir biridan ajralmagan) holatda bo’lgani to’g’risida Avesto kitobi va boshqa qadimgi yozma yodgorliklar, shuningdek O’rta osiyo xalqlarining revolyutsiyagacha bo’lgan turmushi, ularning urf-odatlari, to’y tomoshalarining arxaik (san’at taraqqiyotining qadimgi ilk bosqichi) elementlari guvoh beradi. Buni arxeologiya,etnografiya va boshqa fanlar bergan ma’lumotlar ham tasdiqlaydi. Sinfsiz jamiyat sharoitida O’rta Osiyoda musiqa asboblarining asosiy, ya’ni urib chalinadigan, puflab chalinadigan va torli sozlar turlari vujudga kelgan edi. Xalq cholg’ulari uzoq o’tmishda paydo bo’lgan. Urug’chilik jamiyatining emirilishi va sinfiy jamiyatga o’tish Baqtriya, So’g’diyona va Xorazmda davlatlarning paydo bo’lishi, axmoniylarning harbiy-ma’muriy jihatdan birlashuvlari, Aleksandr Makedonskiy davlati Grek-Baqtriya podsholigining vujudga kelishi juda katta davrni o’z ichiga oladi. Bu davr epik xarakterli, mifologik-qahramonlik ustun bo’lgan, qadimgi og’zaki musiqali she’riyat ijodning yuzaga kelishi bilan mashhurdir.Qahramonlik afsonalari, epik qo’shiqlar O’rta osiyo xalqlarining o’z mustaqilliklari uchun olib borilgan mardonavor kurashlarining bo’yoqdor tasvirlari bilan to’la. O’z xalqining ozodligi yo’lida jonini qurbon qilgan cho’pon Shiroqning mislsiz jasorati vataniga bo’lgan muxabbati to’g’risida hikoya qiluvchi, Sak afsonalaridan parchalar bizning kunlarimizgacha saqlanib kelgan. Masalan, Rustam va uning janglari, malika Taxminaga bo’lgan muhabbati, tanimagan otasi qo’lida qatl qilingan o’g’li Suhrobning o’limi to’g’risida hikoya qiluvchi qo’shiqlar mustaqil marosim tomoshalariga aylanib ketgan. Keyinchalik bu qo’shiqlar tojik xalqining ajoyib eposi - “ Shohnoma”da o’z aksini topdi. Rustam, Siyovush va boshqa bahodirlar to’g’risida afsonalar tsikli yaratildi. Xudolarga sig’inish bilan bog’liq bo’lgan turli-xil marosimlarda ham qo’shiq aytilgan. Bu haqda Avestoda bayon qilingan. Avesto madhiyalarinig o’zi rechitativ (ohang bilan aytiladigan so’zlar)tarzida ijro etilgan. Madhiyalar xor bo’lib aytish mumkin bo’lgan band va takrorlanuvchi naqoratli yarim nasriy, yarim vaznli rivoyatlardan iborat bo’lgan. Xudolarga sig’inish bilan bog’liq bo’lgan marosimlarda muqaddas olov atrofida qo’shiq aytilgan raqs tushilgan. Xalqning bayram marosimlari masalan : bahorda kun va tunning baravarlashuvi Navro’z keng tarqalgan edi. O’rta asr yozuvchilari musiqaning mehnat marosimlaridagi roli, insonning musiqani olam tuzilishi bilan tabiatdagi o’lish va tirilish xaqidagi miflar(afsonalar) bilan bog’lashga bo’lgan intilishlarini ham ko’rsatib o’tganlar. O’rta Osiyoning yirik davlatlari hududida vujudga kelgan zo’ravonlikning mustahkamlanishi ularni atrofdagi davlatlar bilan yanada yaqinlashtirdi. O’rta Osiyo Aleksandr Makedonskiy davlati tarkibiga, keyinchalik esa Grek-Baqtriya podsholigi tarkibiga kirgan edi. O’rta Osiyo tarixida antik(qadimiy boshlanish) deb nomlangan bu davr madaniyatida aks ettirilgan. Grek musiqa asboblarining tasviri saqlanib qolgan. Masalan, Ayritom frizida( bino, devor, gilam peshonasi, hoshiya) qo’sh avlosni uchratish mumkin. Qadimgi O’rta Osiyodagi antik madaniyatning ko’pgina xususiyatlarini aniqlagan holda sharqshunoslar uni bilishning o’ziga xosligini, aytaylik musiqa asboblarida (nay, ud, doira) sof mahalliy xususiyatlar mavjudligini ko’rsatib berdilar. Mahalliy udumlarning yunon, hind va an’analar bilan chatishib ketishi sozlarda ham aks etgani o’sha davr madaniyatining o’ziga xos xarakterda bo’lganini nazarda tutadi. Garchi Gretsiyaning O’rta Osiyo musiqa madaniyatiga ta’sirini o’rta asrdagi O’rta osiyolik olimlarning musiqaga oid risolalarida uchratish mumkin bo’lsa ham, vaqtlar o’tishi bilan bu ta’sir yo’qola bordi. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling