Иоганн Себастьян Бах


So’g’d, Baqtriya, Parfiya, Xorazm cholg’uchiligi yakka ansambl ijrochiligi


Download 0.91 Mb.
bet2/149
Sana09.04.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1347085
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   149
Bog'liq
МУСИҚА ТАРИХИ МАЖМУА 198 бет (2)

2. So’g’d, Baqtriya, Parfiya, Xorazm cholg’uchiligi yakka ansambl ijrochiligi. O’zbek xalq cholg’ularida zamonaviy ijrochilik san’ati o’z taraqqiyotining ko’p asrlik an’analarini meros qilib oldi. Ularning ildizlari qadim-qadim davrlarga borib taqaladi. 1933-yilda Ayritom shahristoni arxeologik qazilmalarida topilgan materiallar qadimiy, adabiy manbalar o’zidan ilgari turli musiqa asboblari bo’lganligidan dalolat beradi.
Eramiz boshlarida turli-tuman xalq cholg’ularida kundalik turmushda, ovd,a saroy hayotida, madaniy bayram marosimlarda, xalq sayillarida foydalanilgan. Xalq cholg’ulari asrlar davomida insonlarning ma’naviy ehtiyojlarini qondirib, tadrijiy ravishda rivojlandi va takomillashdi.
Moddiy madaniyat yodgorliklari, tasviriy san’at asarlari jumladan devordagi rasmlar, sopol haykalchalar va turli miniatyuralar eramizning VII asridayoq ikki turdagi xalq cholg’ulari ansambli mavjud bo’lganligi xaqida ma’lumot beradi. Ulardan biri (damli) va urma zarbli cholg’ulardan, ikkinchisi torli va mizrobli(chertma) cholg’ularidan iborat edi. Bulardan tashqari nay, surnay, chang, tanbur, ud va g’ijjak kabi cholg’ularda yakkanavoz ijrochilik ham mavjud ekanligi ma’lum.
Repertuar esa xalq ohanglari va cholg’uchilar bastalagan asarlardan tuzilgan. Ijrochilik xalq og’zaki ijodi va mumtoz adabiyot bilan uzviy aloqada rivojlangan. O’rta asarlarda xalq musiqa ijodining og’zaki an’analari keng tarqalgan bo’lib, ular cholg’u musiqasining har xil janrlarini qamrab olgan edi. To’y-tomosha bayramlar, ( Navro’z, Hosil bayrami) xalq og’zaki ijodining an’anaviy intonatsion (talaffuz) tuzilishi bilan bog’liq maqom turkumlari singari rang-barang musiqa san’ati turlari ulkan madaniy meros sifatida avloddan avlodga o’tib kelgan. Chunonchi, yurish hamda taqlidga asoslangan uyg’un “harbiy musiqa” shakllandi. U harbiy ko’riklarda, turli marosim va tantanalarda shuningdek saroy a’yonlari huzurida ijro etilgan.
O’rta asrlarda musiqa ijrochiligi bir biridan farqli o’laroq uch xil mustaqil uslub kasb etdi.Ularning birinchisi Farg’ona-Toshkent ijrochilik yo’nalishi, ikkinchisi Xorazm ijrochilik yo’nalishi va nihoyat uchinchisi Buxoro-Samarqand ijochilik uslubidir. Tuzilishiga ko’ra oddiygina kuy va qo’shiqlar bilan bir qatorda lad tonalligiga ko’ra murakkab vokal-cholg’u musiqa shakllari, maqom turkumlari mavjud bo’lgan. Eramizdan avvalgi III asr o’rtalarida O’rta osiyoning g’arbiy viloyatlarida Parfiyon sharqida esa Grek Baqtriya davlatlari tashkil topdi. Eramizning I asrida O’rta Osiyoning janubiy qismida qudratli Kushon shohligi tarkib topdi. Mahalliy Kushon sulolasi hokimiyati ostida bir qancha davlatlar birlashdi, buning natijasi o’laroq shaharlar yuksaldi, madaniyat gullab yashnadi, yangi-yangi musiqa cholg’ularining yaratilishiga shart sharoitlar yuzaga keldi.
Xalq cholg’ulari uzoq o’tmishda paydo bo’lgan.Ma’lumotlarga qaraganda dastlabki musiqa cholg’ulari eramizdan avvalgi XIII ming yillikda dunyoga kelgan deb taxmin qilinadi Musiqachilikda dastlab urma zarbli cholg’ular paydo bo’gan . Bu tushunarli, chunki eng qadimgi mehnat qo’shiqlari ishning ritmik tuzilishi bilan bevosita bog’liq. Keyin shovqinli cholg’ular paydo bo’ladi. Ijrochilar qarsak chalib, ritmni ta’kidladilar,shovqinli cholg’ular ta’sirini kuchaytirdilar. Ijrochi ayollarning chapak zarblari o’ziga xos takrorlanmas go’zal holatni keltirar edi.
Keyinroq xalq ustalari tomonidan qamish yoki bambuk poyasidan surnay- hushtak, yana biroz o’tgach esa nay (bo’ylama, ko’ndalang, ko’p yo’lli, naysimon hushtaklar, shiqildoqlar, chiltorlar, (arfa, lira) va kifaralar yasaldi. Vaqt o’tib u cholg’ular yanada takomillashib,(ko’p yo’lli, shuningdek zamonaviy ko’p teshikli ) naylar yuzaga keldi. So’ngroq torli-mizrobli va torli-kamonchali musiqali cholg’ulari paydo bo’ldi . Ulardan saroy a’yonlarining marosimlarida, harbiy yurishlarida foydalanilgan.
Qadimgi sharq madaniyati quchog’ida o’zbek xalq cholg’ulari shakllandi. Ular ko’p asrlik taraqqiyot davomida o’ziga xos xususiyatlarni, tovush tusini saqlab qoldi. O’ziga xos tuzilishi tufayli nay, surnay, tanbur, dutor, rubob, g’ijjak, qobuzlar an’anaviy shakllarda bizgacha etib keldi.
Xalq cholg’ulari O’rta osiyo aholisining turmushi va mehnat faoliyatiga singib, inson faoliyatining ajralmas tarkibiy qismiga aylandi. Cholg’ular jo’rligida qo’shiq, o’yin va kuylar xalqning katta-katta marosimlari va oilaviy bayramlarida ijro etilgani bizga ma’lum. Bayramlar ko’proq yil fasllari bilan bog’liq bo’lgan. O’rta Osiyoda “Navro’z”, “Lola sayli”, “Hosil bayrami”, “Qovun sayli”, “Uzum sayli” kabi mavsumiy bayramlar keng tarqalgan. Bunda ommaviy bayramlarni xalq cholg’u ansambllari, xonanda va sozandalar, hamda raqqosalarsiz tasavvur qilish qiyin. Bayramlarda, madaniy marosimlarda, ayniqsa karnay, surnay, doira, nog’ora va chindoul kabi va urma-zarbli musiqa cholg’ulari keng qo’llanilgan. Xalq raqslari aslida qosh o’yini, elka o’yini, bosh o’yini kabilarni o’z ichiga olgan. Ular qarsak jo’rligida ham ijro etilgan.

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling