Иоганн Себастьян Бах
O’rta Osiyo arxeologik noyob topilmalari
Download 0.91 Mb.
|
МУСИҚА ТАРИХИ МАЖМУА 198 бет (2)
3.O’rta Osiyo arxeologik noyob topilmalari. Arxeologiya ma’lumotlari tasviriy san’at asarlari, (sharq poetik ijodiyoti asarlarida tasvirlangan miniatyuralar ) sovet sharqshunoslarining yangi tadqiqotlari va nihoyat, o’rta asrdagi O’rta Osiyo olimlarining musiqiy risolalari tarjimasi o’zbek xalqi musiqa madaniyati taraqqiyotining tarixiy jarayonini tasavvur qilishimizga yordam beradi. XX asr boshlarida Ashxobod yaqinida Pampelli ekspeditsiyasi tomonidan olib borilgan qazishlar M.E. Masson, S.P. Tolstov va boshqalar rahbarligida Sovet davrida Janubiy Turkmaniston, Xorazm, Quyi Zarafshonda olib borilgan arxeologik ishlar ko’rsatdiki, eramizdan bir necha ming yillar ilgari ham O’rta Osiyo xududida yuqori darajada rivojlangan madaniyat mavjud bo’lgan. Quldorlik tuzumi davrida Marokand, Niso, Tuproqqal’a, Termiz va boshqa shaharlar mavjud edi. Ushbu shaharlar hududida olib borilgan qazilma ishlar chog’ida badiiy hunarmandchilik buyumlari, turli- xil cholg’ularining tasvirlari topildi. XX asrimizning 30-40 yillarida uyushtirilgan arxeologik ekspeditsiyalar natijasida O’rta osiyo madaniyatini, shu jumladan xalq cholg’ularini o’rganishda qimmatli ma’lumotlarga ega bo’lindi. Topilgan madaniy yodgorliklar: nay, rubobsimon cholg’u, hozirgi doiraga o’xshash do’mbira va shu singari cholg’ularni chalayotgan mashshoqlar tasvirlangan. Bular Afrosiyob, Tuproqqal’a, Ayritom ( Ayritom frizi(bino, devor peshonasi, hoshiya) deb ataladi) kabi shaharlardan topilgan sopol idishlardagi mashshoq haykalchalardir. Ularda turli xil musiqa asboblari : lyutnya, tanbur, rubobsimon cholg’u, qonun, ud, rud, shemane(musiqor), chag’ona, chiltor, nay, burg’u, surnay, karnay, doirasimon cholg’ularida mashq qilishlari tasvirlangan.
Kichik terrakotiv (kuydirilgan qizg’ish jigarrang, gil, balchiq) haykaltaroshlik O’rta Osiyo antik madaniyatining yorqin yodgorligi hisoblanadi. Afrosiyob ( qadimgi Samarqand shahrining o’rni)dan topilgan ko’pgina haykalchalarda aksariyat nay, ud, doira chalayotgan sozandalar tasvirlangan. Ko’plab topilgan haykalchalar musiqaning so’g’dlar va ularning poytaxti bo’lgan Samarqand hayotidagi ahamiyati to’g’risida guvohlik beradi. O’zbek mumtoz adabiyoti asarlarida qayta-qayta ta’kidlanganidek, Xorazm musiqasi ham boy va rang-barangligi bilan ajralib turadi. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling