Иоганн Себастьян Бах
Amir Temur davrida madaniyat, san’atning yuksalishi
Download 0.91 Mb.
|
МУСИҚА ТАРИХИ МАЖМУА 198 бет (2)
3.Amir Temur davrida madaniyat, san’atning yuksalishi. Temur va temuriylar hukmronligi davrida, O’rta Osiyo juda katta tashqi mavqega ega bo’ldi. Arxitektura (me’morchilik) gullab-yashnadi, davlat poytaxti Samarqand, hamda Temurning ona shahri Keshda (Shahrisabz) ulkan qurilishlar bilan obodonlashtirildi va bezatildi. Bosib olingan Xuroson, Eron, Suriyaning madaniy markazlaridan Temur turli xil hunarmandlar, jumladan musiqachilarni ham keltirgan edi. O’sha davr kishilarining guvohlik berishicha, dabdabali saroy marosimlari musiqa jo’rligida o’tkazilgan. Masalan, Hofizi Abro’: “Xushovoz hofizlar va shirinnavoz sozandalar esa fors namunalari, arab ohanglari, turkiy an’analar, mo’g’ul ovozlari, xitoyliklar (ashula aytish ) qonunlari va oltoyliklar o’lchovlari asosida kuy chalib qo’shiq aytar edilar”.
Shaharlar o’sishi bilan birga shahar madaniyati ham o’sib bordi. Tez-tez professional musiqachilar etishib turgan hunarmandlar orasida musiqa keng o’rin egallay boshladi. Sharafiddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma” asarida hikoya qilinishiga ko’ra, hunarmandlar san’ati xilma-xil bo’lib, o’zida ashula, so’z va raqsi jamlagan (xalq “goh ashula aytar, goh so’z bayon qilar, goh hazillashib vaqti chog’lik qilar edi.”) Muallif xalq qo’shiqlari va epik dostonlardan iborat bo’lgan xilma-xil kuylarni ta’kidlaydi. Taniqli olim va musiqachi Abulqodir avval Temur, keyinchalik esa uning vorislari saroyida xizmat qilgan. U saroy musiqa shakllari bayon qilingan musiqa risolasining muallifidir. Abulqodir madhiya xarakteridagi (“ Mayatayn”) musiqa asarida ham ijod qilgan. Risolada tarjea’, peshrav va boshqa bir qator bizning davrimizgacha etib kelgan musiqa janrlari ham eslatib o’tiladi. Saroy musiqachilarining ahvoli juda og’ir edi. Darvishali Changiy ba’zi, saroy qo’shiqchilarining jazoga tortilgani to’g’risida hikoya qiladi; ulardan biri Qutbi Nayi, ya’ni mohir naychining hayoti fojiali tugagan, kuychi osib o’ldirilgan. Hirotda, Temurning vorisi Shohruh saroyida, ayniqsa Samarqandda, Shohruhning o’g’li Ulug’bek saroyida musiqa taraqqiy etdi. Ulug’bek Samarqandni ilmiy va madaniy hayotning markaziga aylantirdi. U shoir va musiqachilarga homiylik qildi. Adabiyot va musiqaga ko’proq xalq elementlari singdirila boshladi. Turkiy tilda ijod qiladigan shoirlar o’rtasida folklorga, turkiy xalq ohanglariga qiziqish ortib bordi. “Ma’shuqa turkiy qo’shiqlarni kuylar ekan,- deyiladi g’azallarning birida,- uning mag’rur qo’shig’i qalbimga olov yoqdi”. Samarqand shoir va musiqachilarini boshqa shaharning boylari taklif qilar edi. Hatto oliy martabali ruhoniylar ham musiqa ishtirokida ziyofatlarni uyushtirganlar. Biroq, bu odat diniy qoidalarga zid bo’lib, shariat peshvolarining g’azabini keltirar edi. Diniy jaholat vakillari Ulug’bekka qarshi chiqdilar va uni 1449 yilda o’ldirdilar. XV asrning ikkinchi yarmiga kelib, Samarqand o’zining madaniy mavqeini Hirotga berib qo’ydi. Hirotda adabiyot va san’at, me’morchilik rassomchilik, musiqa yuksaldi. Hirotda madaniy hayotning gullab-yashnashi Alisher Navoiy nomi bilan bog’liqdir, chunki u shoh Sulton Husayn Boyqaroning o’ng qo’li vaziri bo’lib, shoirlar, musiqachilar, rassomchilar, xususan san’atning yuqori baholangan turlaridan biri-miniatyura (kichik hajmdagi bejirim surat naqsh tasvir) ustalarini rag’batlantirdi va ularga yo’l ko’rsatdi. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling