Иоганн Себастьян Бах


Mavzu 5. XVI- XIX ASRLARDA O’ZBEK MUSIQASINING RIVOJLANISHI


Download 0.91 Mb.
bet16/149
Sana09.04.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1347085
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   149
Bog'liq
МУСИҚА ТАРИХИ МАЖМУА 198 бет (2)

Mavzu 5. XVI- XIX ASRLARDA O’ZBEK MUSIQASINING RIVOJLANISHI.


Reja:



  1. Katta feodal davlatni xonliklarga bo’linishining musiqaga ta’siri.

  2. Najmiddin Kavkabiy.

  3. Darvishali Changiy yaratgan musiqiy risolalar.

4.XVI asrning ikkin yarmidan boshlab Rossiya bilan Buxoro xonligi o’rtasidagi diplomatik munosabatlar.
5. Darvish Ali risolasida xalq cholg’ulari ma’lumoti.
6. Darvish Ali Changiy risolasida cholg’uchilar haqida ma’lumot.
Adabiyotlar:
1. O’zbek musiqasi tarixi. Tuzuvchi T.E. Solomonova T.”O’qituvchi” 1981.y.
2. Axmad Odilov.”O’zbek xalq cholg’ularida ijrochilik tarixi” T. ”O’qituvchi” 1995 y.
3. Yu. Rajabiy “Musiqa merosimizga bir nazar” T. 1970.
4. X. Xamidov “Avesto fayzlari” T.2001 y.
5. “O’zbekiston tarixi” T.1994 y.


1.Katta feodal davlatni xonliklarga bo’linishining musiqaga ta’siri.XV asrning ikkinchi yarmidagi o’zaro urushlar shaharlarning bo’shab vayronaga aylanishi, O’rta osiyo xalq ommasining qashshoqlanishiga olib keldi. Bu jarayon o’zlarini o’zbeklar deb atagan, ko’chmanchilar boshlig’i Shayboniyxon hokimiyatni qo’lga olgan XVI asrning boshidayoq faollashgan edi. Ana shu vaqtdan boshlab “o’zbeklar” degan xalq nomi qaror topadi.
XVII va XVIII asrlarda feodal tarqoqlik kuchayadi. Katta feodal davlati alohida xonliklar Buxoro, Xiva hamda Qo’qon xonliklariga bo’linib ketadi. Bunday bo’linish o’zbek xalqining musiqa madaniyatida ham aks etadi.
O’zbek xonlari saroyidagi musiqiy hayot asosan temuriylarning Hirot va Samarqand saroylaridagi an’analarini davom ettirardi. Ko’pgina shoir va musiqachilar Buxorodagi shayboniylar saroyiga, bir qismi esa Xorazmga ko’chadi. Buxoro va Xorazmning aralash o’zbek va tojik musiqali-poetik an’analari yanada taraqqiy topishi ana shular bilan izohlanadi.
2.Najmiddin Kavkabiy. XVI asr shoirlari va musiqachilari, shuningdek musiqa ilmining bilimdonlaridan Najmiddin Kavkabiy ijodi katta qiziqish uyg’otadi. Uning “Musiqa xaqida risola” si ustoz an’analarini Samarqand va boshqa shaharlarda davom ettirgan shogirdlari (Hoji Muhammad Mavlono Rizo Samarqandiy) uchun musiqali-poetik qo’llanma bo’lgan edi.
3. Darvish Ali yaratgan musiqiy risolalar. XVII asrning musiqachisi va nazariyotchisi Darvishali Changiy edi. Uning risolasi musiqaga oid fiklarga boyligi bilan ahamiyatlidir. Avtor boshqalardan farqli holda faqatgina musiqa nazariyasi asoslarini bayon qilib qolmay, balki o’z asarining katta qismini turli davrlarda yashab ijod etgan bir qator musiqachilar faoliyati, shuningdek saroyda mavjud bo’lgan musiqa asboblari tavsifiga ham bag’ishlaydi. Biroq bu erda ham xalq musiqasi haqida hech qanday eslatma uchramaydi. Darvishali Changiy oddiy xalq turmushida, ayniqsa xotinqizlar o’rtasida keng tarqalgan dutorni cholg’u asboblar qatoriga kiritmaydi.
Bunday saroy musiqasi xalq musiqasidan ajralib qolganligini bilish mumkin. Saroyning tor doiradagi hofiz va musiqachilari maqomlari bilan bir qatorda maddohlik yoki diniy-mistik(tasavvuf ,so’fiy) xarakterdagi asarlarni ham ijro etganlar, ijroda mahoratlarini oshirishga intilganlar. Qabul qilingan umuxalq umumiy tartiblaridan chekingan musiqachilarga juda og’ir edi. Masalan: Darvishali Changiyning yozishicha, shoir va musiqachi Hiloliy “qizishib obro’li ruhoniylar vakilini haqorat qilgani “uchun jazolangan.
Musiqiy-nazariy risolalar bilan bir qatorda “Bayoz”lar ham vujudga keladi. Ular muayyan kuylar nomi ko’rsatilgan qo’shiqlar matnidan iborat to’plam edi. XVII asrda Buxoro xonining mehmoni bo’lgan rus savdogari Pazuxin, “tushlik paytlarida musiqachilar kitobga qarab, kuy chalib, ovoz bilan ashula aytar edilar” deb hikoya qiladi.
Kelib chiqishi qadimiy bo’lgan hamda xalq san’atining har xil elementlari bilan boyigan og’zaki professional musiqa janri maqomlar ham xalq ijodi asosida uzil kesil tiniqlashdi. Buxoro maqomlarining oltitasi (Shashmaqom) XVIII asrda vujudga keldi.
Og’ir hayot, qashshoqlikda yashashiga qaramay, mehnatkash xalq ijodi davom etdi, uning janrlari boyidi, cholg’u asboblari takomillashdi. Xalq qo’shiqchiligi hamda cholg’u ijodining xilma xil turlari o’zbek xalq teatrlarida qo’llanadigan bo’ldi. Xalq qiziqchiligi, askiyachilik va qo’g’irchoq o’yin, dorbozlik san’ati keng tarqaldi. San’atkorlar xalq sayillari va ommaviy tantanalarda o’z san’atini namoyish qilardilar. Ba’zan qo’shiqlar hajviy xarakter kasb etar edi: ularda feodallar boylar, goh-goh mulla va eshonlar ham hajv ostiga olinar edi.
Feodal zulmi og’irliklari xalqni feodallarga qarshi kurashga chorlab, bu narsa ijtimoiy norozilik qo’shiqlarda aks etardi. Bu kurashlarda XVII asrda etishib chiqqan Turdiy ( 1701 yilda vafot etgan), hamda Mashrab (1657-1711) kabi ilg’or shoirlar ham ishtirok etar edilar. Ularning asarlari asosida keng tarqalgan xalq va professional qo’shiqlar yaratildi.

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling