Иоганн Себастьян Бах


XI-XV asrlarda O’rta Osiyo xududidagi holat


Download 0.91 Mb.
bet13/149
Sana09.04.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1347085
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   149
Bog'liq
МУСИҚА ТАРИХИ МАЖМУА 198 бет (2)

1. XI-XV asrlarda O’rta Osiyo xududidagi holat. X asr oxirida O’rta Osiyo turli turkiy qabilalar va mahalliy davlatlar o’rtasidagi shiddatli kurash maydoniga aylandi. Ko’chmanchi turklar o’troqlashib, dehqonchilik bilan shug’ullana boshladilar.Ular O’rta Osiyo xalqari madaniyati vujudga kelishida muhim rol o’ynay boshladi. Turk tili tez tarqala boshladi.Turk tilida dastlab ilmiy asarlar paydo bo’ldi. Qo’shiq va epik asarlardan parchalar keltirilgan Mahmud Qoshg’ariyning “Devonu lug’otit turk” (“Turk tillari lug’ati”); turklarning muhim poetik va muzikali shakllari haqida ma’lumotlar bayon qilingan, Faxriddin Muborakshohning “Tarix” asarlari shular jumlasidandir.
XI asr feodal jamiyati musiqa hayoti haqidagi ma’lumotlarni o’zida jamlagan “Qobusnoma” (“Kaykovus kitobi”) adabiyotning ajoyib yodgorligi hisoblanadi. Muallif unda saroy muhitidagi musiqachilarning to’la bir qonunlar majmuini bayon qiladi.Ular ijro etgan kuy va ohanglar rang-barangligiga to’xtaladi, vazn-ritmik tomonlari murakkabligidan kelib chiqib, kuylarning ohanglarini aniqlaydi. Kitob, o’sha davr musiqadan tinglovchiga axloqiy ta’sir etish vositasi sifatidagina emas, balki (chunonchi cholg’u kuylardan) davolash vositasi sifatida foydalanilganini ham tasdiqlaydi.
2. XI-XV asrlarda Yusuf Xos Hojibning “Qutadg’u bilig”, Faxriddin ar Roziyning musiqiy risolalarining yaratilishi.
She’riy shaklda yozilgan Yusuf Xos Hojib (XI asr)ning “Qutadg’u bilig”(“Bax keltiruvchi bilim”), keyinchalik Ahmad Yassaviyning (XII asr) ”Devoni hikmat” kabi turkiy didaktik (nasihatomuzlik) poemalari, shuningdek, Faxriddin ar Roziy (XII asr- XIII asr boshlari) ning musiqa to’g’risidagi risolalari vujudga keldi.
XI asrga kelib turkiy tilda so’zlashadigan xalqlarning mahalliy aholi bilan aralashib va chatishib yashash jarayoni sodir bo’ldiki, bu jarayon o’zbek xalqining shakllanishiga olib keldi.
To’xtovsiz urushlar, O’rta Osiyo xududidagi o’zaro nizolar madaniyatning taraqqiy etishiga xalal etkazdi. Ayniqsa, mo’g’ullar istilosi davri (13 asr) da, ya’ni yirik shaharlar, jumladan Buxoro, to’la yoki qisman vayronalikka uchragan davrda madaniy hayot susaydi. O’rta Osiyo Temur hokimiyati ostiga birlashtirilishi munosabati bilan, XIV asrning ikkinchi yarmidanoq madaniyat va san’atda yangi yuksalish boshlandi.. Qattiqqo’l istilochi Temur idora usuli garchi buyruqlari bilan dahshatli vayronlik va vahshiyliklar sodir qilgan bo’lsa ham, shu bilan birga ijobiy-tarixiy ahamiyatga ega edi. Temur feodal tarqoqliklarga barham berib, buyuk davlat tuzdi.

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling