Иоганн Себастьян Бах
Download 0.91 Mb.
|
МУСИҚА ТАРИХИ МАЖМУА 198 бет (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar
- Mavzu 4. XI-XV asrlarda o’zbek musiqa madaniyati. Reja
- Adabiyotlar
8. Marog’iy. Marog’iyning XVI asrda yaratilgan “Kanz al-Tuhaf” risolasida g’ijjak va rubob haqida qiziqarli ma’lumotlar mavjud. Masalan, Marog’iy o’zining risolasida g’ijjak yasash usuli (texnologiyasi) haqida ma’lumot beradi. Olimning tasdiqlashicha, ipak yoki pay torlar jez torlarga nisbatan ancha yaxshi va mayin ohang chiqarishi mumkin ekan.
Qo’sh torli cholg’u-dutor haqidagi ilk ma’lumotlar Al-Husayniyning XV asrda yaratilgan musiqa kanonlarida (qonunlarida) uchraydi.”Dutor” atamasining paydo bo’lishiga, uni shaklan o’xshash, ko’p torli boshqa cholg’ulardan (ozarbayjoncha soz, tanbur,ud kabi) farqlash asosiy sabab bo’lgan. XIII-XVII asrlarda yaratilgan risolalarda chang, qonun, nuzxa, rubob, tanbur kabi torli cholg’ular, shuningdek damli cholg’u-nayning ta’riflari berilgan. Darvish Ali (XVII asrda) Buxoroda yaratilgan, musiqaga doir risolasi an’anaviy xalq cholg’ulari haqidagi ma’lumot manba sifatida xizmat qilishi mumkin . Unda musiqa madaniyati, chunonchi O’rta Osiyoning yirik shaharlarida mavjud bo’lgan cholg’ular, hamda mohir ijrochilar haqida nodir ma’lumotlar mavjud. Tayanch iboralar: 1. Darveshali Changiy- ( XVII asr) saroy xonanda va sozanda changchisi “Risolai musiqiy “(“ Tuhfatus surur”) asarining muallifi. 2. Plektor- Patsimon mediator. 3. Miniatyura- Qadimgi qo’lyozma va kitoblardagi nafis bejirim surat. 4. Lyutnya- Qadimgi musiqa asbobi. 5. Kanon- Qonun, munojot o’qish, qonuniy to’plam. Mavzu 4. XI-XV asrlarda o’zbek musiqa madaniyati. Reja: 1 XI-XV asrlarda O’rta Osiyo xududidagi holat. 2. XI-XV asrlarda Yusuf Xos Hojibning “Qutadg’u bilig”, Faxriddin ar Roziyning musiqiy risolalarining yaratilishi. 3. Amir Temur davrida madaniyat, san’atning yuksalishi. 4. Alisher Navoiyning madaniyat sohasiga qo’shgan ulkan hissasi. 5. Torli cholg’u asboblarida ijrochilikning keng tarqatilishi. Adabiyotlar: 1. O’zbek musiqasi tarixi. Tuzuvchi T.E. Solomonova T.”O’qituvchi” 1981.y. 2. Axmad Odilov.”O’zbek xalq cholg’ularida ijrochilik tarixi” T. ”O’qituvchi” 1995 y. 3. Yu. Rajabiy “Musiqa merosimizga bir nazar” T. 1970. 4. X. Xamidov “Avesto fayzlari” T.2001 y. 5. “O’zbekiston tarixi” T.1994 y. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling