Иоганн Себастьян Бах
Saroy shoirlari va musiqachilari ijodi
Download 0.91 Mb.
|
МУСИҚА ТАРИХИ МАЖМУА 198 бет (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Bu davr arfa, ud va nay kabi musiqiy asboblari xaqida.
3. Saroy shoirlari va musiqachilari ijodi. Saroy shoirlari va musiqachilarning ijodida asosiy janr, hukmron shaxslarni maqtaydigan va sharaflaydigan qasida edi. Uning muqaddima qismiga cholg’u asbobi jo’r bo’lar edi. Cholg’u asbobi ba’zan biron bir yashirin maxfiy kechalarda, qasidadan alohida holda ham ijro etilishi mumkin edi. Qismdan musiqali poetik san’atning ya’ni, musiqachi-qo’shiqchi ----- mutrib tomonidan ijro etiladigan mustaqil shakli --- g’azal tug’ildi.
Madhiya xarakteridagi musiqali she’riy asarlar bilan bir qatorda ilg’or ijtimoiy qarashlar va kayfiyatlarni ifodalovchi qo’shiqlar ham ijod qilinar edi. Ba’zan hajviy qo’shiqlarda shoir-musiqachilar podsho va amaldorlarning xasis hamda pastkashligi, ruhoniylarning qizg’anchiqligi, ikkiyuzlamachiligi va mutaassibligi (darveshona, fanatizm) ustidan kular edilar. Ko’pincha erkinlikka chaqiruvchi dadil so’zlar kinoya va qochiriqlar ortiga yashiringan bo’lar edi. Bunday qo’shiqlar omma o’rtasida juda tez tarqalar, X asrning birinchi yarmida yashab ijod etgan buyuk she’r ustasi va ajoyib musiqachi so’qir( rivoyatga ko’ra) Rudakiy kabi mualliflar esa shuhrat qozongan edi. Bu davrga kelib faqat xalq og’zaki ijodida rasm bo’lgan qadimgi epik- afsona va rivoyatlarga qiziqish kuchaydi. Asosida ikki misrasi o’zaro qofiyalanadigan, o’n bir bo’g’inli mutaqarib vazn yotgan professional qahramonlik eposlari vujudga keldi. O’rta Osiyo xalqlarining eposidan o’zining ajoyib “Shohnoma” dostonini yaratishda Firdavsiy unumli foydalangan . Bu asar o’sha davr musiqasi musiqali hayoti, musiqa asboblarini o’rganish uchun ham boy manba hisoblanadai. Masalan: saroy ziyofatlari manzarasining tasviri: Darhol kushkka to’ldi aziz mehmonlar, Botirlar soqiylar xushdil xushxonlar, Changni o’rinlatib chaluvchilar ham Gulyuz qizlar -- xizmat qiluvchilar ham. Rumiy shohi kabi chehralar gulgun, Chang sehrida dillar hayqirar gulgun. 4. Bu davr arfa, ud va nay kabi musiqiy asboblari xaqida.O’sha davrda arfa va ud tipidagi torli, hamda puflab chalinadigan nay tipidagi asboblar keng tarqaldi. Udsimonlardan kvarta bo’yicha sozlanadigan besh-olti juft torli ud qo’llanilar edi. Ud egiluvchan, patga o’xshash plektor bilan chalinar edi. Darvishali Changiy udni “barcha musiqa asboblarining podshosi” deb baholagan edi. “Shohnoma”da eslatilgan torli-nohunli asbob, rud ham keng tarqalgan edi. Chang, nay va rud sadolariga bo’lga muhabbati to’g’risida keyinchalik XIV asr shoiri Hofiz to’lqinlanib yozgan edi. Doira ham keng tus olgan edi. Uning tasviri “Shohnoma”ga ishlangan turli xil miniatyuralarda va boshqa qo’lyozmalarda tez-tez uchrab turadi. Rudakiy qasidalarida chang va to’rt torli barbad eslatiladi. Forobiy tovushlarning xarakteriga ko’ra musiqa asboblari xilma-xil rol o’ynaganini ko’rsatib o’tadi: “ Janglarga mo’ljallangan cholg’u asboblari mavjud, ularning ovozi baland va keskin. Ziyofat va raqslar uchun, to’y va quvnoq yig’ilishlar uchun, muhabbat qo’shiqlari uchun maxsus cholg’u asboblar bor. Ayrimlarining tovushi keskin va hazin bo’ladi; bir so’z bilan aytganda ular shunchalik ko’p, shunchalik xilma-xilki hammasini sanab o’tish qiyin.”. Shunday qilib Somoniylar davrida cholg’u asboblarida ijrochilik keng ko’lamda rivojlandi. IX asr oxirida somoniylar mahalliy feodal sulolasi O’rta Osiyoning kattagina qismini birlashtirishga muvaffaq bo’ldi Somoniylar davlatining poytaxti Buxoro yirik madaniy markazga aylandi. Bu erda adabiyot va musiqa taraqqiy etdi. Hayot sharoitining o’zgarishi tufayli musiqa san’atining ijtimoiy ahamiyati oshdi. Shaharliklar va yuqori tabaqa sinflari turmushida musiqaning roli sezilarli kuchaydi. O’sha paytlardayoq yakkanavoz ansambl musiqachiligi va raqsni o’z ichiga olgan vokal-cholg’u musiqa turkum turlari mavjud edi. Saroy a’yonlari tantanali marosimlarida ijro etilgan musiqa alohida o’rin tutgan. Odatda bu bir necha damli (karnay, surnay) va urma zarbli cholg’ular:( nog’ora, chindovul) asboblarining birgalikda chalinishidan hosil bo’lgan. Dutor ijrochiligi san’atini asosan ayollar egallagan edilar. O’rta asr musiqa ijrochiligi madaniyatining o’ziga xos xususiyatlaridan biri shunda ediki, cholg’uchilar nafaqat bir necha turdagi musiqa asboblarini chala olgan, balki o’zlari ham musiqa bastalaganlar. Cholg’uchilar o’z davrining etuk musiqachilari va shoirlari ham bo’lishgan. O’rta asr sharoitida musiqiy ixtisoslashuv maxsus musiqiy ustaxonalarni paydo bo’lishiga olib keldi. Bu erda ustoz-shogird an’analari qaror topib, rivojlandi. Ayni paytda ansambl ijrochiligi takomillashdi, musiqa san’atining asosiy ko’rinishlari shakllanib, cholg’u asboblarining yangi namunalari kashf etilishi ham o’sha uzoq davrlarga borib taqaladi. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling