Иоганн Себастьян Бах
Arablar hukmronligi davri (VIII- IX asrlar)
Download 0.91 Mb.
|
МУСИҚА ТАРИХИ МАЖМУА 198 бет (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5. Arablar hukmronligi davrida musiqaning tang ahvoli.
- 6. Keyinchalik arablar O’rta Osiyo kuylaridan foydalanganligi
4. Arablar hukmronligi davri (VIII- IX asrlar). Feodalizm davrida O’rta Osiyo xalqlari madaniyati taraqqiyotning yangi bosqichiga ko’tarildi. VII asrda Osiyoga arablarning kirib kelishi keng hududda arab xalifaligini barpo etdi. Tirik jonzotni tasvirlashni taqiqlovchi islom dining yoyilishi devoriy suratlarni shu jumladan musiqa cholulari tasvirining barham topishiga olib keldi. VII-VIII asrlardagi arab istilosi O’rta Osiyo madaniyati taraqqiyotiga sezilarli ta’sir o’tkazdi.
Arablar hukmronligi davri (VIII-IX asrlar) tarixda islom dinini majburan qabul qildirish va mahalliy xalqlarning to’xtovsiz qo’zg’olonlari bilan joy oldi. Bu qo’zg’olonlar aholining mehnatkash tabaqalari manfaatlarini ifodalovchi Muqanna rahbarligida “oq kiyimlilar” nomi bilan mashhur bo’lgan juda katta xalq harakati (785 yil)ga turtki bo’ldi. Mahalliy ziyolilar ham arab bosqinchilariga bo’lgan munosabatini yashirin oppozitsiyada (qarshilik qarshi harakat) bayon qildilar. Bu oppozitsiya shuubiylar harakatini keltirib chiqardi. Ular o’zlarining arab tilida yaratgan ilmiy ishlarida arablar tazyiqidagi xalqlarning ustun madaniyatga ega ekanligini ta’kidladilar. Shuubiylar arablarning islomgacha bo’lgan ibtidoiy madaniyatlariga o’zlarining qadimgi madaniyatlarini qaramaqarshi qo’ydilar. Shuubiylar she’riyatida xalqning navro’z mehrgon(hosil bayrami) sada (bahorga o’tish yanvar fevral) an’anaviy bayramlari kuylandi. Xalq xotirasida bu bayramlar epik dostonlarning qahramonlari bilan bog’lanar edi. 5. Arablar hukmronligi davrida musiqaning tang ahvoli. Islom dini dastlab musiqani yo’qotish man etishga urindi. Biroq musulmon ruhoniylari xalq ommasini zarur tomonga boshqarishda musiqaning qudratli qurol sifatida qanday rol o’ynashini tushunar edilar. Shuning uchun ham musiqaga din doirasida yo’l berdilar ammo dunyoviy musiqaga qarshi chiqdilar. Musiqadan foydalanish faqat bir sohadagina ya’ni fanatik( mutaassiblik) darveshlarning to jazavasi tutib qolishigacha olib keluvchi diniy zikr tushishlari bilan chegaralangan edi. 6. Keyinchalik arablar O’rta Osiyo kuylaridan foydalanganligi. O’rta Osiyoning arab xalifaligiga qo’shib olinishi ma’lum darajada ijobiy ahamiyatga ham ega edi. Arablar o’z navbatida musiqa san’ati sohasida mahalliy aholidan ko’pgina narsani o’rganib oldilar. A.Isfahoniyning arab tilida yozilgan “Qo’shiqlar kitobi”ga ko’ra juda ko’p O’rta Osiyo kuylaridan arablar foydalangan. Masalan Musadjiq nomi bilan mashhur bo’lgan birinchi arab qo’shiqchisi O’rta Osiyoda (boshqa mamlakatlar qatori) ham bo’lib turli xil kuylarni tanlab oldi va ular zaminida qo’shiqlar ijrosi sistemasini yaratdi. Boshqa bir qo’shiqchi Ibn Muhriz esa birinchi bo’lib O’rta Osiyolik qo’shiqchilardan o’rgangan holda arab baytlarini ijro eta boshladi. Al Forobiy turli xil asboblar tovush qatorlarini o’rgana borib Xuroson tanburiga alohida e’tibor berganining o’zi ham mahalliy musiqa asboblarining ahamiyati katta ekanligidan guvohlik beradi. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling