Иоганн Себастьян Бах


Alisher Navoiyning madaniyat sohasiga qo’shgan ulkan hissasi


Download 0.91 Mb.
bet15/149
Sana09.04.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1347085
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   149
Bog'liq
МУСИҚА ТАРИХИ МАЖМУА 198 бет (2)

4. Alisher Navoiyning madaniyat sohasiga qo’shgan ulkan hissasi. Alisher Navoiy musiqani g’oyat sevar va uning ulkan bilimdoni edi. Hatto, uning o’zi ham musiqa asarlari ijod qilish bilan shug’ullanardi. Bobir “Bobirnoma” sida, shoir Zaynuddin Vosifiyning “Badoeul-voqoe’”( Ajib voqealar”) kitobida Hirotda yashab ijod qilgan musiqachilar faoliyati keng tasvirlangan. Qulmuhammad va Husayn Udiy (ud va g’ijjakda kuy chaluvchi” lar, Shayx nayi, Alisher Navoiyning bir qator g’azallariga kuy bastalagan, Xo’ja Abdulla Marvarid, bir qancha cholg’u asboblarida kuy chala oladigan, har xil qo’shiqlar ijod qila olgan Mirza Bayram va boshqalar shular jumlasidandir. Husayn Boyqaro saroyida musiqachilarning to’la muassasalari bo’lib, ularning rahbari Temurning nabirasi, Mironshohning o’g’li mashhur nog’orachi Sayid Ahmad edi. Darveshali Changiy o’z risolasida Sayid Ahmadni “Tengi yo’q san’atkor, dunyoning barcha ulug’ va kichiklarning bezagi” deb atagan edi.
Alisher Navoiy musiqani hamda uning juda katta ijtimoiy ta’sirini yaxshi tushunar edi. Uning fikricha, musiqa ma’noli, ta’sirli bo’lib, xalq va uning hayoti bilan mustahkam bog’lanishi lozim. O’zi yaratgan qahramonlar (Farhod va Shirin, Layli va Majnun va boshqalar) ruhiy holatini xarakterlar ekan, Alisher Navoiy ishq va go’zallikni musiqa asbobi sadosi va qushlar qo’shig’i bilan qiyoslaydi. Shoir sozandalar, hofizlar va raqqosalar ishtirokidagi ziyofatlar tasviriga katta o’rin beradi.
“Farxod va Shirin” dostonida hamma erda lirik, shodon, epik kuylar yangrayotganini tasvirlaydi:

Tutub har sori bir chin nozanini,


Tuman ming noz ila bir zarf chini.
Hamul purdardi so’zga ohi oning,
Inodin nolai jongohi oning.
Birovkim ishqdin qilsa rivoyat,
So’rub hardam muqarrar ul hikoyat.
Etishgach hajr sharhi zor yig’lab,
Ikki ko’z aylabon xunbor yig’lab.
Navoiy o’z ijodi haqida so’zlab, o’zini “yangroq”(ya’ni musiqiy ) g’azallarida ma’no va hayajon, qayg’u va hasratlarni bayon qiluvchi kuychi deb ataydi:

E Navoiy ishq agar ko’nglungni majruh etmadi,


Bas nedurkim qon kelur og’zingdin afg’on aylagach.

Navoiy asarlari g’oyat musiqiy .Shoir xalq qo’shiqlarini yaxshi bilgan va sevgan edi. O’zining “ Mezon ul-avzon”(“ Vaznlar o’lchovi”) risolasida bir qator yangi vazn o’lchovlarni ko’rsatib berganki, bu o’lchovlardan o’zbek va tojik shoirlari ularni xalq qo’shiqlari ( turkiy, changiy, qo’shiq janrlari)dan o’zlashtirgan holda foydalanganlar.


XV asrda cholg’u asbolarida, xususan torli asboblarda musiqa chalish keng tarqalgan edi. Asboblarning poetik tasviri XV asrda yashagan o’zbek shoiri Ahmadiyning “ Sozlar munozarasi” deb nomlangan original (asl nusxa) asarida batafsil berilgan. U “munozara”-ya’ni adabiy bahs, tortishuvni tashkil etadi.
XIV asr oxiri XV asr boshlarida O’rta Osiyoda adabiyot va san’at jumladan musiqa temuriylar ijtimoiy hayotida (ayniqsa Samarqandda) muhim o’rin tutgan. ”Zafarnoma”ning bir miniatyurasida, Temurning safarga chiqishini aks ettirgan bo’lib, unda dutor cholg’usi tasvirlangan. Boshqa bir suratda esa, karnaychi qal’a devori ustida turib Temur qo’shinlari g’alabasi haqida jar solayotganligi aks ettirilgan.
Samarqandlik xonanda va sozandalar el orasida haqli ravishda shuhrat topganlar. Ular yuksak ijrochilik mahoratiga rangbarang dasturga ega bo’lgan iste’dodli musiqachilar sifatida ta’riflanganlar. O’sha davrning tarixchilaridan biri Hofiziy Abro’ yozadi: “Shira ovozli qo’shiqchi va mohir cholg’uchilar fors taronalari arabcha ohanglarda turkiychasiga mo’g’ulcha ovoz bilan Xitoy qo’shiqlari qonuniyatlariga va oltoyliklar o’lchamlariga muvofiq chalishgan kuylashgan”.
XV-XVII asr miniatyuralarida chang(arfa), doira, lyutnya, barbad, ud, qonun, g’ijjak, soz, nay, rubob, tanbur kabi cholg’ulari tasvirlangan. “Shohnoma” ning XV asr o’rtalarida ko’chirilgan nusxasidagi miniatyura parchasida ud, chang, tanbur va rubob cholg’ulari aks ettirilgan. O’rta asr miniatyuralarida nay xalq cholg’ulari xonaki ansambli tarkibida tasvirlangan. Bu cholg’uning jozibali ohangidan ilhomlangan. Jaloliddin Rumiy (XIII asr) unga bag’ishlab “Nay qo’shig’i” she’rini bitadi:

Nayning ovoziga quloq tut


U ne haqda g’am chekar yig’lar:
Mangu hijron o’tmish alamin
Unutolmay dillarni tirnar
“Qamishzorda beshafqat cho’pon
Kelganida meni beomon
Oshiqlarning ohiyoshlari
Singib ketdi tanimga tamom
Azob ichra qolgan bo’tamga
Umr bo’yi qaytmoq isayman
Mangu visol armon azobin
Ko’ngillarga aytmoq istayman”.
XIV XV asr miniatyuralarida cholg’ulardan tashqari qarsak jo’rligida ijro etilgan raqslar ham tasvirlangan. Chang, lyutnya, ud kabi musiqa cholg’ulari haqida Nizomiy Ganjaviyning “ Xamsa” asari qo’lyozmasida ifoda etilgan rasmlar guvohlik beradi. Keltirilgan ma’lumotlar, ya’ni miniatyuralarda ifodalangan musiqa cholg’ulari o’sha davr musiqa shakllari haqida qimmatli ma’lumot beradi.
Ma’lumki Sharq adabiyotida, o’tmishda shoirlar asarlariga javob yozish “nazira” sistemasi keng qo’llanilgan. Ko’plab “Xamsa”lar ham shu yo’sinda yaratilgan. Navoiy o’zining “ Sab’ai sayyor”( Xamsa” dostonlarining biri) dostonida Bahrom Go’r haqidagi qadimiy afsonani yangicha talqin etdi. Unda an’anaviy voqealar tizilmasi kengaytirilgan va boyitilgan. Asar qahramoni, chang cholg’uchisi -- Dilorom deb atalgan. Shoir uning cholg’usini musiqa timsoli sifatida gavdalantirgan.
Zahiriddin Muhammad Boburning (1843-1530) e’tirof etishicha, Alisher Navoiy o’z davrida ko’plab ud cholg’uchilar, naychilar, g’ijjakchilar, changchilarning o’z iste’dodlarini namoyon etishiga ko’maklashgan.“ Boburnoma” da o’zbek xalq cholg’ulari ijrochilarining nomlari zikr etilgan. Boburning ta’kidlashicha, “Ustod-qul Muhammad Shayboniy va Husayn uddiy kabi mohir cholg’uchilar Bek (Navoiy)ning bevosita yordami va homiyligida katta shuhrat qozondilar, ulkan muvaffaqiyatlarga erishdilar”. Bobur shuningdek, Shoh Qulliy-G’ijjakiy, Husayn Uddiy, Xo’ja Abdulloh Marvarid Qonuniy kabi mohir ijrochilarni ham tilga oladi. Navoiy davrida nay, ud, g’ijjak, qonun, karnay, surnay, nog’ora, doira, chang ijrochiligi keng tarqalgan edi. Ularning hammasi ansambl ijrosida ham, yakka ijroda ham birdek qo’llanilgan. Chang yakka cholg’u sifatida alohida ajralib turgan.
Navoiy changni shoirona til bilan quyidagicha tasvirlaydi:

Sarv qad olsa erdi maydin kom,


Nastaranni chu aylabon gulfom.
Chang olib torini tuzor erdi,
Lek jon rishtasin uzor erdi.
Demagil chang soliki ham qad,
Chang qadlar bila bo’lub hamqad.
Bo’lubon ul sulukdin muxbir,
Bosh quyiliqda bo’lmog’i zokir.
5.Torli cholg’u asboblarida ijrochilikning keng tarqatilishi. Chang eng tarqalgan cholg’u sifatida ko’plab adabiy manbalarda qayd etiladi. Chang cholg’ularini o’z asarlarida Firdavsiy-Ozoda, Navoiy-Dilorom, Nizomiy esa Fitna deb atashgan.
XV-XVII asr yozma yodgorliklari ma’lumotlarini qiyoslab shunday xulosaga kelish mumkin, ya’ni bu davrga kelib O’rta Osiyoda xalq cholg’ularida ijrochilik madaniyati o’z kamolotiga etdi. O’zbek xalq cholg’ulari ijrochilari ayni chog’da o’zlari ham musiqa asarlari yaratganlar. O’sha paytdayoq mohir chang, ud, g’ijjak, qonun, nay, tanbur, bo’lamon ijrochilari va etuk xonandalar bo’lgan, ular o’ziga xos ansambllar tuzishgan. Shuningdek yakkanavoz ijrochilik ham rivojlangan.
Shahar hunarmandlarining musiqaviy faoliyati sezilarli darajada kengaydi. Ko’pchilik ijrochilar hunarmandlar orasidan chiqqan bo’lib, cholg’uchilik kasbi ular uchun “ yuqori” tabaqa jamiyatiga yo’l ochgan. Ularni tez-tez saroy tantana marosimlariga jalb etishgan. Vosifiy o’z “Esdaliklar”ida ud, nay, g’ijjak, tanbur, qonun, qobiz chalishda yuksak mahoratga erishgan va shu orqali majlislarning matlub qatnashchilariga aylangan hunarmandlarning nomlarini keltirgan. Nazm va musiqa majlislarning ko’rki bo’lgan. Bu erda hozirjavoblik, qo’shiq aytish, biror bir musiqa asbobini chalish layoqati yuqori baholangan. Yosh ijrochilar uchun bu o’ziga xos ko’rik-musobaqa bo’lgan. Shuning uchun ular bir yoki bir necha musiqa cholg’ularini chalishda bir-biridan o’zishga intilishgan.
Vosifiy o’z “Esdaliklar”ida treldek ajoyib uslub o’ylab topgan qonun cholg’uchisi Hoji Abdullo Marvarid nomini keltiradi. U bastalagan kuy va qo’shiqlar xalq orasida keng tarqalgan. Vosifiy shuningdek Hasan nay, Qul Muhammad uddiy, Axmad g’ijjakiy, Ali Quchoq tanburiy kabi cholg’uchilarning nomini qayd etgan. Shunday qilib XIV-XVII asr tasviriy san’atida va adabiy merosida ildizlari uzoq o’tmishga borib taqaluvchi musiqa cholg’ulari asosiy tiplarining barqarorligini tasdiqlovchi boy material berilgan. Va nihoyat, Temuriylar davri va keyingi ikki yuz yillik davr kitob miniatyurasi xalq cholg’ulari ansamblining quyidagi ikki turi bo’lganligi haqida shahodat beradi:

  1. doyra va nay jo’rligidagi chertma torli ansambl( xonaki turdagi)

  2. damli va urma zarbli cholg’ular (karnay, surnay, bo’lamon, doyra, nog’ora) ansambli.

Ansamblning ikkinchi turi ko’p hollarda harbiy orkestr sifatida foydalanilgan. Buni quyidagi satrlar tasdiqlaydi: “ Karnay va do’mbralar chalindi, saf tortgan sipohilar bir ovozda uch karra harbiy xitobni takrorladilar”.
Cholg’u asarlari ichida sodda xalq kuylari va asarlari (naqshlar va peshravlar) bilan bir qatorda yirik professional ijod shakllari ham keng tarqalgan edi. Bobur esdaliklarida yozishicha, Navoiy davridagi ko’plab ijrochilar shunga o’xshash cholg’u asarlari (maqomlarning mushkulot qismi nazarda tutilgan) yaratishgan.
O’rta Osiyo olimlarining musiqa xaqidagi risolalari, badiiy adabiyot, rassomchilik bizning kunlargacha etib kelgan o’zbek xalq cholg’ulari tarixiy taraqqiyotining uzun zanjiridagi ayrim uzilgan xalqalarini qaysidir darajada tiklash imkonini beradi. Musiqa cholg’ularini yasovchi xalq ustalari bir parcha yog’ochga, qamishga, suyakka “jon” ato etishgan, ularga abadiylik bag’ishlashgan. Necha yuz yillar o’tdi, musiqa cholg’ulari esa yakka ansambl va orkestr ijrochiligida o’z o’rnini egallab bugungi kungacha yashab kelmoqda.

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling