Иоганн Себастьян Бах


Rossiya va Buxoro xonligi o’rtasida diplomatik munosabat


Download 0.91 Mb.
bet17/149
Sana09.04.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1347085
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   149
Bog'liq
МУСИҚА ТАРИХИ МАЖМУА 198 бет (2)

4. Rossiya va Buxoro xonligi o’rtasida diplomatik munosabat. XVI asrning ikkin yarmidan boshlab Rossiya bilan Buxoro xonligi o’rtasida juda katta tarixiy-madaniy ahamiyatga ega bo’lgan savdo va diplomatik munosabatlar bog’landi. O’rta Osiyo Volga bo’yi, Ural oldi, hamda Sibir bilan savdo-sotiq ishlari olib bordi. O’rta Osiyoda paydo bo’lgan savdo mollari orasida organ va tsimbala kabi musiqa asboblari bor edi. Bular balki o’zbek changining paydo bo’lishiga imkon bergandir, chunki XIX asrgacha arfasimon asbob chang deb atalardi va faqatgina XIX asrda uni tsimbalasimon chang to’la egalladi. O’rta Osiyo xonlariga organ sovg’a qilib yuborilgani podsho Aleksey Mixaylovich elchilarining hujjatlarida ko’rsatib o’tiladi. XIX asrdagi rus vakolatxonasining rahbari polkovnik Ignatev ham bu haqda yozib qoldirgan.
XVIII asrning oxiridayoq rus vakillari O’rta osiyoning boshqa muzofotlari, xususan Toshkent bilan diplomatik munosabat o’rnatishga intiladi. Turli xil manbalarning guvohlik berishicha, Toshkent ma’murlari hamda uning aholisining bir qismi Rossiya xo’jalik va madaniy yuksalish, hamda mustaqillikni saqlab qolishga yordam beradigan mamlakat deb qaraganlar . Rossiyaga xo’jalik va madaniy yuksalish hamda mustaqillikni saqlab qolishga yordam beradigan mamlakat deb qaraganlar. Rossiya bilan munosabatlar boshlanganiga qaramay u qisqa davr ichida o’zbek xalqi madaniyatiga jiddiy ta’sir ko’rsata olmadi.
O’rta Osiyoning siyosiy tarqoqligi, o’zaro feodal urushlar mamlakat iqtisodini tushkunlikka, xo’jalikni vayronlikka olib kelgan ediki, bu madaniyatiga ham ta’sir qilmay qolmadi.
O’rta Osiyoning boshqa xalqlari kabi o’zbek xalqi ham o’zining milliy davlatiga ega emas edi. Qoloq feodal hukmronligining siyosiy mustaqilligi nomigagina edi xolos. XIX asr o’rtalarida shu paytgacha Hindistonni mustamlakaga aylantirgan Angliya imperializmi Osiyo erlarini ham o’ziga qo’shib olishga va xalqini kolonial qullikka solishga intilmoqda edi. O’rta Osiyoning Rossiyaga qo’shib olinishi yuzaga kelgan ahvoldan chiqishning yagona yo’li bo’ldi.

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling