Иоганн Себастьян Бах


Mavzu 6. O’ZBEK XALQ OMMAVIY JANRLARI


Download 0.91 Mb.
bet19/149
Sana09.04.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1347085
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   149
Bog'liq
МУСИҚА ТАРИХИ МАЖМУА 198 бет (2)

Mavzu 6. O’ZBEK XALQ OMMAVIY JANRLARI.


Reja:

  1. Xalq musiqasi.

  2. To’y-marosim qo’shiqlari.

  3. Marsiya va yig’i-yo’qlov.

  4. Mehnat qo’shiqlari.

  5. Afsunli qo’shiq.

  6. Terma.(Qo’shiq, lapar, yalla, ashula, katta ashula)

  7. O’zbek xalq qo’shiqchiligining ohang tuzilmalari.

Adabiyotlar:
1. O’zbek musiqasi tarixi. Tuzuvchi T.E. Solomonova T.”O’qituvchi” 1981.y.
2. Axmad Odilov.”O’zbek xalq cholg’ularida ijrochilik tarixi” T. ”O’qituvchi” 1995 y.
3. Yu. Rajabiy “Musiqa merosimizga bir nazar” T. 1970.
4. X. Xamidov “Avesto fayzlari” T.2001 y.
5. “O’zbekiston tarixi” T.1994 y.

O’zbek xalqining o’z ildizlari bilan qadim-qadim zamonlarga borib taqaladigan musiqa merosi, monodiyaning barcha xilma-xil janrlari hamda boy tasviriy vositalari bilan bizning kunlarimizda ham yangramoqda. U o’zida xalq ijodi (ya’ni asl folklor) hamda kuy tuzilishi jihatidan rivojlangan ashula va cholg’u asarlar ( jumladan turkumli maqom va boshqa janrlar)ni o’z ichiga olgan og’zaki an’anadagi professional musiqani birlashtiradi. Qahramonlik hamda qahramonona-lirik mazmundagi epik asarlar --dostonlar ham muhim o’rin egallaydi. O’zbek cholg’u asboblari hamda musiqa amaliyoti musiqa ijrochiligi uslublari bilan bog’liq bo’lgan cholg’u musiqa janrlari ham g’oyat rang-barangligi va boyligi bilan xarakterlanadi.


1.Xalq musiqasi. O’zbek folklori har qanday xalq ijodi kabi mehnatkashlarning fikri, orzu umidlari, ularning turmushi va ahloqi ,ijtimoiy va milliy ozodlik uchun kurashining ifodasi sifatida gavdalanadi. O’zbek xalq musiqasining mavzu jihatidan serqirraligi, janrlarga boyligi va hayotda tutgan o’rnining xilma-xilligi ham ana shu bilan bog’liqdir.
O’zbek qo’shiq-ashulalari va cholg’u musiqasi janrlari o’z bajaradigan vazifasi va turmushda tutgan o’rniga muvofiq ikki guruhni tashkil etadi.
1.Ma’lum vaqt yoki ma’lum sharoitdagina ijro etiladigan qo’shiq-ashulalar va cholg’u kuylar. Bular oilaviy-marosim qo’shiqlari, mehnat qo’shiqlari, allalar va boshqalar hamda har xil tantana, tomosha kabi marosimlarda ijro etiladigan cholg’u kuylardir.
2. Istalgan vaqtda va har qanday sharoitda, ya’ni hamma joyda ijro etiladigan qo’shiq va cholg’u kuylar. Ularga o’zbek xalqining an’anaviy musiqali folklor janrlari--terma (yoki cho’blama), qo’shiq (tor ma’noda) lapar, yalla va ashula, shuningdek, xuddi ularga o’xshash tipdagi cholg’u p’esalar kiradi.
Har bir guruh o’ziga xos xarakterli belgilarga ega. Masalan, ijro etilishi ma’lum vaqt yoki sharoitni taqozo qiladigan birinchi guruh ashula-qo’shiq janrlarining mavzui o’zlariga xos ma’lum marosim yoki boshqa vaziyat bilan bog’liq bo’lib, undan deyarli chetlashmasligi bilan ajralib turadi. Bosh mavzudan ba’zan uchrab turadigan chetlashishlar lirik o’ychanlik va umulashtirilgan nasihatgo’yliklar doirasida bo’ladi. Misol sifatida kelinni kuyovning uyiga kuzatayotgan paytda odatda ijro etiladigan “Yor-yor”ni keltirish mumkin.( “Hay hay o’lan jon o’lan”)

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling