Иоганн Себастьян Бах


XIX asrlarda xon saroylaridagi musiqiy hayot


Download 0.91 Mb.
bet25/149
Sana09.04.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1347085
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   149
Bog'liq
МУСИҚА ТАРИХИ МАЖМУА 198 бет (2)

4. XIX asrlarda xon saroylaridagi musiqiy hayot. Sharqning ko’pgina xalqlari kabi, o’zbeklar o’tmish avlodining musiqa san’atida professionalizm eramizning birinchi asrlaridayoq vujudga keldi va asrlar davomida takomillasha borib, ijrochilik madaniyatida ham vokal va cholg’u musiqa janrlarida ham yuksak badiiy natijalarga erishdi. Ammo, professional musiqachilar bizning asrimizgacha amalda nota yozuvini qo’llashmadi. O’zbek professional musiqasining barcha murakkab namunalari og’zaki an’anada keng tarqalib keldi. Shuning uchun ham, biz uni og’zaki an’anadagi professional musiqa deb ataymiz.
O’zbek professional ijrochilik madaniyati rivojlanganligi sababli hofiz va sozandalar oldiga qadim vaqtlardanoq alohida talablar qo’yilgan. Havaskor sozanda va xonandalar mashhur ustozlardan uzoq yillar ta’lim olganlaridan keyingina, professional ijrochi bo’lib etishganlar. Ta’lim jarayoni quyidagicha bo’lardi: o’z qobiliyati bilan ustoz e’tiborini qozongan o’smir unga shogirdlikka tushib, jud ko’p miqdordagi musiqa asarlarini ( imkoni boricha batafsil) yod olgan holda, bir necha ( odatta etti-o’n) yil davomida ijrochilik san’atini o’rganar edi. So’ngra u ustoz oldida imtihondan o’tgach, u bilan teng xuquqli professional ijrochi deb hisoblanar edi. Bu professional ijrochilardan ayrimlari ( masalan surnaychi, karnaychi, na nog’orachilar, dorbozlar, qo’g’irchoqbozlar, raqqosalar bilan birgalikda) maxsus uyushmalarga birlashar edilar.Bunday uyushmalarga ko’proq tajribali ustozlar rahbarlik qilar edi. Har bir uyushmaning maxsus qoidalari, risolalari bo’lib, unga uyushmaning a’zolari itoat qilar edi.
Eng mashhur musiqachilar hatto XIX asrlarda ham xon a’yonlariga xizmat qilish uchun amir saroyiga (yoki boshqa yirik mansabdorlar dargohiga ) jalb etilardi. Ular hukmron shaxslarning ijozatisiz xalq oldiga chiqib, o’z san’atlarini namoyish qilishdan mahrum edilar. Bunday vaziyat ijro etiladigan ashula va maqomlarning tematikasi talqiniga ta’sir etmay qolmas edi albatta. An’anaviy matnlar hukmron shaxslarning didiga to’g’ri keladigan maqtov she’rlar bilan tez-tez almashtirilib turilardi. Biroq saroy hofizlari va sozandalarining ko’pchiligi og’zaki an’anadagi professional musiqa va umuman milliy meros an’analari bilan o’z aloqasini uzolmasdi. Ilk tarbiyani yirik xalq-professional ustozlardan olgan bu hofiz va sozandalar shahar musiqachilarining eng mohir vakil bo’lganliklari tufayli saroyga jalb etilganliklaridan ham, tom ma’noda milliy musiqaning etuk namoyandalari sifatida, og’zaki an’anadagi professional musiqa va umuman merosimizning qudratli ta’siri ostida qolaverardilar.
Og’zaki an’anadagi o’zbek professional musiqasi o’z janr va shakllarining rang-barangligi bilan xarakterlanadi. U yakka hamda jo’rovoz ijrochiga mo’ljallangan, nisbatan murakkab tuzumli kuy va ashulalar, turkumli vokal hamda cholg’u p’esalar va nihoyat qo’g’irchoqbozlik, dorbozlik va boshqa tur tomosha san’atlari bilan bog’langan maxsus cholg’u p’esalarni qamrab oladi. Og’zaki an’anadagi o’zbek professional musiqasida Sharqning boshqa xalqlari, jumladan, ozarbayjon, eron va arablarda bo’lgani kabi vokal-cholg’u p’esalar turkumi maqomlar katta o’rin egallaydi.

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling