Иоганн Себастьян Бах


Qashqadaryo-Surxondaryo mahalliy uslubi


Download 0.91 Mb.
bet28/149
Sana09.04.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1347085
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   149
Bog'liq
МУСИҚА ТАРИХИ МАЖМУА 198 бет (2)

1.Qashqadaryo-Surxondaryo mahalliy uslubi.O’zbekistonning janubiy viloyatlari Surxondaryo va Qashqadaryo aholisining katta qismi respublikaning boshqa o’lkalaridan farqli o’laroq yaqin o’tmishda ham, asosan, chorvachilik faqat bir qismigina dehqochilik bilan shug’ullanib, ko’chmanchi holda hayot kechirar edi. Bu viloyatlar musiqa folklorida chorvadorlar mehnat xaqidagi, o’tmishda esa ko’chmanchilik hayoti xaqidagi qo’shiqlarnig xarakterli o’rin egallashi ham shundandir.
Bu o’lka musiqa hayotida doston ijrochilari -- baxshilar muhim o’rin tutgan. O’lkada cholg’u asboblari turi juda ham chegaralangan bo’lib, do’mbira etakchi asbob sifatida keng tarqalgan.(Boshqa viloyatlarda do’mbira juda kam uchraydi).
2.Buxoro-Samarqand mahalliy uslubi. Surxondaryo va Qashqadaryodan farqli o’laroq, O’rta Osiyoning madaniyat markazi bo’lgan Buxoro va Samarqandda o’zbek musiqa san’atining xususiyatlari deyarli boshqachadir.Bu xususiyatlar meros mavzusi va janrlari hamda musiqa hayoti xarakteriga taalluqlidir.Buxoro va Samarqand mahalliy uslubi xususiyatlarining muhim farqi musiqa merosi va ijrochiligining ikki turga -- og’zaki an’anadagi professional san’at va folklorga bo’linishida, ya’ni musiqali merosda qadim davrlardan boshlab professional musiqaning shakllanib rivoj topganidadir.Musiqa folklorining mohir namoyondalari bilan bir qatorda bu erda professional san’atkorlar --sozanda va hofizlar katta o’rin tutib, ular maqom va boshqa professional musiqa janrlarining bilimdon ijrochilari sifatida tanilgan.Kichik shakldagi ma’lum tsiklni tashkil etuvchi xilma-xil mazmunga ega bo’lgan raqs-o’yin qo’shiqlarining ijrochilari -- sozandalar ham keng e’tibor topgan.
Bu qadimiy shaharlarda cholg’u asboblari turlarining boyligi, marosim qo’shiq-kuylarining xilma-xilligi xarakterli bo’lishi bilan birga, eng yaxshi ijrochi xonanda va sozandalar ishtirokida musiqa va she’riyat kechalarining muntazam o’tkazilib turishi ham odat bo’lgan edi. Maishat, turmushning shaharcha tarzi ashulachilar, raqqos va raqqosalar hamda sozandalar ansambllarining o’ziga xos tusda keng rivojlanishiga ham imkon bergan edi.
Buxoro va Samarqand viloyatlaridagi o’zbek musiqa folklori esa ko’p jihatdan tojik musiqasi bilan ma’lum darajada umumiylikka ega bo’lib, tarixiy taqdiri deyarli o’xshash bo’lgan har ikkala qardosh xalq -- o’zbeklar va tojiklarning bab-baravar darajadagi musiqa merosidir.Jumladan Shashmaqom bunga yorqin misol bo’la oladi.

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling