Иоганн Себастьян Бах
Download 0.91 Mb.
|
МУСИҚА ТАРИХИ МАЖМУА 198 бет (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Farg’ona Toshkent mahalliy uslubi.
3.Xorazm mahalliy uslubi. Buxoro va Samarqandga ancha yaqin bo’lgan Xorazm mahalliy uslubi avvalo o’zining rang-barangligi bilan ajralib turadi.U mahalliy qo’shiqlarning intonatsion-kuy tuzilishi hamda talqiniga o’z ta’sirini ko’rsatadi. Xorazm uslubining turkman va ozarbayjon musiqasi bilan ma’lum umumiylikka egaligi shubhasizdir.
Xorazm xalq musiqasining o’ziga xos mahalliy xususiyatlariga dostonlar ijrosi ham taalluqlidir. Agar, O’zbeksitonning barcha viloyatlarida dostonlar musiqasi odatda rechitativ-deklamatsion yoki ohangdor-rechitativ xarakterda bo’lsa, Xorazmda ular yorqin ifodali qo’shiqlari bilan farq qiladi, hamda O’zbeksitonning boshqa viloyatlarida bo’lganidek, do’mbira bilan emas, balki dutor yoki an’anaviy ansambl—bulamon, g’ijjak va dutor (ba’zida doira )jo’rligida aytiladi. Xorazm cholg’u asboblari ham o’ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadi. Masalan yuqorida eslatilgan bulamon cholg’u asbobi respublikamizning faqat Xorazm viloyati hamda Qoraqalpog’istonda uchraydi. Ayni vaqtda bu erda do’mbira mutlaqo uchramaydi. XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab bugungi kungacha Xorazmda keng foydalanib kelinayotgan garmon ham xuddi shu o’lka mahalliy uslubining o’ziga xos xususiyatlaridan biri bo’lib qoldi. Ayrim musiqa asboblarining mahalliy farqi o’z tuzilishi va tembr-akustik xususiyatlarida ko’rinadi.Masalan, Xorazm dutori kosaxonasi hajmining nisbatan kichikligi, dastasining ingichkaroq va kaltaroqligi, hamda o’z akustik-tembr xususiyatlariga ko’ra O’zbekistonning boshqa mahalliy mintaqalari, xususan, Farg’ona viloyatida rasm bo’lgan dutorlardan farq qiladi. 4. Farg’ona Toshkent mahalliy uslubi. Farg’ona musiqa folklori ham o’ziga xos xarakterli belgilari bilan ajralib turadi. Bu erda ixcham hajmli oddiy ammo jozibador va tematikasiga ko’ra xilma-xil qo’shiqlar muhim o’rin tutadi. Ayniqsa, xotin-qizlar qo’shig’i mashhurdir. Farg’ona vodiysida ham Toshkent viloyatida (Tojikistonda esa Xo’jandda)keng tarqalgan katta ashula janri esa aksincha, keng hajmli rivojlangan kuyning rechitativ-deklamatsion xarakterdaligi bilan ajralib turadi. Bu sof mahalliy janr yuqorida aytganimizdek ikki- uch va undan ortiq hofizlar tomonidan an’anaviy uslubda cholg’u asboblari jo’rligisiz ijro etib kelinmoqda. Xalq hayotining ma’lum tarixiy sharoiti natijasi hisoblangan barcha mahalliy uslublarda o’zbek xalq musiqasining umumiy belgilari yorqin ifodalangan.Bu belgilar yuqorida ta’kidlaganidek, o’zbek xalqining, keyinchalik davrda o’zbek millatining shakllanish jarayonida turli mahalliy uslublarning umummilliy madaniyatga chatishib ketishi natijasida vujudga keladi. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling