Иоганн Себастьян Бах
Birinchi musiqali teatrlar
Download 0.91 Mb.
|
МУСИҚА ТАРИХИ МАЖМУА 198 бет (2)
3. Birinchi musiqali teatrlar. 1918-yili Toshkentda tashkil etilgan rus opera teatri Turkistondagi birinchi musiqali teatr edi. Teatr tashkil bo’lganiga qadar havaskorlar musiqali teatr jamiyati kuchi bilan klassik mumtoz operalardan parchalar ko’rsatar edi. Bu sahna asarlarining eng faol va talantli ishtirokchilari opera teatrining birinchi tarkibiga yakkaxon sifatida kirgan edilar. Teatr o’z faoliyatini boshlanishidayoq o’zining xor va simfonik orkestriga ega edi. Teatr tarkibi tez orada Rossiyaning etakchi teatrlari artistlari bilan mustahkamlandi. Spektakllar bilan O’rta Osiyoda gastrolda (tomosha safarida) yurgan rus opera sahnalarining ustalari L.V. Sobinov, A.V. Nejdanova, G.S. Pirogov va boshqalar ishtirok etdilar. 20-yillar teatr sahna asarlari ro’yxatida Dargomijskiyning “Suv parisi”, Chaykovskiyning “Evgeniy Onegin” va “ Mazepa”, Verdining “Traviata” xamda “ Rigoletto” va boshqa klassik operalari bor edi.
Rus opera teatri faoliyati bilan bab-baravar ravishda o’zbek musiqali teatrini tashkil etish bo’yicha ishlar olib borildi. Inqilobdan ozod qilingan xalqning ijodiy tashabbusidan tug’ilgan o’zbek teatri milliy adabiyot va xalq san’atining ko’p asrlik an’analari asosida vujudga keldi. Bu sohada dastlabki qadam, 1918-yil Farg’onada “Musulmon yoshlarning musiqali dramatik jamoasi”ni tuzgan Hamza tomonidan qo’yilgan edi. Jamoa spektakllarida musiqa etakchi o’rinni egallar edi: p’esa davomida artistlar qo’shiq va musiqali suhbatlar ijro etishar edi, xor (bir ovozli) va xalq cholg’u asboblari ansambli ishtirok etardi. Bu spektakllarning musiqasi jamoa ishtirokchilari tanlagan xalq kuylari va Hamzaning qo’shiqlaridan iborat edi. 20-yillar davomida respublikaning hamma joyida havaskorlarning musiqali dramatik jamoalari paydo bo’ldi. Bu jamoalar tomnidan qo’yilgan p’esalarning mualliflari orasida G’ulom Zafariyning nomi tez-tez uchrab turadi. Uning bir pardali p’esalari : “Erk bolalari”,” Bahor”, “Binafsha” va ayniqsa o’zbek xotin-qizlarning o’tmishdagi og’ir qismatiga bag’ishlangan “Halima” asari mashhur bo’lgan edi. “Halima”—to’la ma’nodagi musiqali spektakl. Og’zaki professional an’anadagi musiqaning go’zal ohanglari dramaning emotsional ta’sirini kuchaytirgan. Bu asarlarni tanlash va o’rgatishda taniqli musiqachi hofizlar Mulla To’ychi Toshmuhamedov va Shoraxim Shoumarov ishtirok etdilar. Bosh qahramon—Halima rolini keyinchalik nom qozongan o’zbek opera yakkaxon xonandasi Halima Nosirova o’ynadi. Havaskor yarim professional jamoaning faoliyati o’zbek musiqali teatrining yuzaga kelishini tayyorladi. 1962-yilda Muxitdin Qoriyoqubov tomonidan tashkil qilinib, shuhrat qozongan “ O’zbek Davlat kontsetr-etnografik jamoasi” nomi bilan mashhur kollektiv uning bevosita o’tmishdoshi edi. Muxitdin Qoriyoqubov va qo’shiqchi raqqosa Tamaraxonim ijro etgan lirik va hazil laparlarning sahnalashtirilgan tomoshalari katta muvaffaqiyat qozondi. Sahnali tomoshalar va inqilobiy qo’shiqlardan o’sib chiqqan ayrim musiqali raqs sahnalari haqiqiy bir pardali p’esalarga aylanib, rivojlangan musiqali dramalarga zamin yaratgan edi. 1929-yil “Kontsert- etnografik jamoa” O’zbek Davlat musiqali teatriga aylantirildi. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling