Иоганн Себастьян Бах


Havaskor to’garaklarning tashkil etilishi


Download 0.91 Mb.
bet31/149
Sana09.04.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1347085
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   149
Bog'liq
МУСИҚА ТАРИХИ МАЖМУА 198 бет (2)

2.Havaskor to’garaklarning tashkil etilishi. Inqilobdan keyingi yillarda O’zbeksitonda ommaviy musiqali harakat avj oldi. Keng xalq ommasini xor to’garaklari, xalq orkestri va duxovoy orkestrlar, vokal-cholg’u ansambllariga jalb etish boshlandi. 20-yillarning boshida Toshkent zavod va fabrikalarning ishchi klublari qoshida ochilgan Maorif institutlari havaskorlik to’garaklari tuzila boshladi. Ularning negizida kontsert faoliyatini jadal rivojlantira boshlagan havaskorlik jamoalari vujudga keldi. Odatda bunday jamoalarni Qizil Armiya qismlaridagi orkestrlarning musiqachilari boshqarar edi.
Inqilobdan keyingi yillarda umumta’lim maktablarida havaskorlik to’garaklarining tashkil etilishi muhim tashabbus bo’ldi. 1919-yilda A.S.Makarenko mehnat koloniyasi (biror maqsadda birga kelgan va birga yashovchi kishilarning turar joyi, makon) qoshida tashkil etilgan Toshkent erkaklar “Namuna” maktabi o’zbek musiqa havaskorligining o’choqlaridan biri bo’lib qoldi.Bu erda mashhur xalq musiqachilari Shorahim Shoumarov va L Lutfullaev rahbarligida tarkibi kuchli bo’lgan musiqa to’garagi vujudga keldi.
20-yillarning ikkinchi yarmida “Ko’k ko’ylak” umumiy nomi ostidagi tashkil topgan yoshlar jamoalari keng quloch yozdi. Bu jamoalarning milliy tarkibi ko’pincha xar xil millatlardan iborat bo’lib, dastur ikki tilda olib borilar edi. Rus ommaviy qo’shiqlari kundalik mavzulardagi o’zbek laparlari bilan galma-gal aytilardi. “Ko’k ko’ylak”chilar aroqxo’rlik, bezorilik, xotinqizlarga feodallarcha munosabatni fosh qiluvchi satirik, hajviy laparlarni ijro etar edilar. Turkiston o’lkasining ko’pgina shaharlarida, o’zbek umumta’lim maktablari qoshida vujudga kelgan havaskorlar duxovoy orkestri katta e’tibor qozondi. Bularning tashkil bo’lishida havaskor jamoalar uchun o’z muzikachilarini tayinlagan Qizil Armiya qismlaridagi harbiy orkestrlar yordam berdi. Duxovoy cholg’u asboblarida ijrochilikning tarqalishi o’sha davrda nafaqat badiiy, balki siyosiy ahamiyatga ham ega edi. Inqilobiy qo’shiq va marshlardan iborat dasturlar bayram namoyishlarida ishtirok etayotgan yoshlarning ongini shakllantirishga yordam berdi, jangovar ruhini ko’tardi, jamoaviylik tuyg’ularini tarbiyaladi.

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling