Иоганн Себастьян Бах
O’zbek musiqiy asboblarini evropa usulida o’zlashtirilishi
Download 0.91 Mb.
|
МУСИҚА ТАРИХИ МАЖМУА 198 бет (2)
7. O’zbek musiqiy asboblarini evropa usulida o’zlashtirilishi.
Musiqa cholg’ularini rekonstruktsiya qilish va takomillashtirish, ularni yangi texnologiya asosida muayyan konstruktiv o’zgartirishlar kiritish bilan yasashni anglatadi. Undan asosiy maqsad tovush xususiyatlarini yaxshilash, cholg’ularda yangi texnik imkoniyatlar yaratish, tembr ( tovush tusi) nozikliklariga erishish, o’n ikki bosqichli ravon sur’atlarga bo’lingan xromatik tuzilmalarni joriy etish, tovush qatorlarini kengaytirishdir. Musiqa madaniyatining umumiy taraqqiyoti bilan bog’liq bo’lgan cholg’ularni takomillashtirish xalq ijrochilik san’ati rivoji uchun katta imkoniyatlar yaratadi. XIX asrning ikkinchi yarmida o’zbek xalq cholg’ularida ijrochilikning rivojlanishi bilan birga xalq cholg’ulariga ham qiziqish kuchaydi. Bu davrga kelib hamma regionlarda xalq cholg’ulari orkestrlari va ansambllarining turli xillari shakllandi. Xalq cholg’ularining asosiy turlari barqarorlik kasb etdi. Bu esa o’z navbatida ularni takomillashtirish yo’llarini ilmiy ravishda izlashga olib keldi. O’zbek xalq cholg’ulari xilma-xil bo’lganligi uchun uni takomillashtirish nihoyatda qiyin vazifa edi. Bu nihoyatda uzoq davom etgan va murakkab jarayon bo’ldi. Shu sababli, ham xalq cholg’ularini rekonstruktsiya qilish va takomillashtirish, shuningdek, ko’povozli ansabl va orkestrlar tuzish bir necha o’n yillab davom etdi. Chang, g’ijjak kabi cholg’ularga qo’shimcha torlar qo’yilgach, bu ularning tovush doirasini ancha kengaytirdi. Musiqa cholg’ulari ustasi Usta Usmon Zufarov ko’plab dutor, tanbur, g’ijjaklarning turdosh oilasini yaratdi. Matyusuf Xarratov changni takomillashtirish ustida ishladi. O’zbekiston radiosi qoshidagi xalq cholg’ulari milliy ansamblining rahbari Yunus Rajabiy va Usta Usmon Zufarov bilan hamkorlikda dutor-bas, g’ijjak-bas, g’ijjak- alt namunalarini yaratdilar. Bu bilan o’zbek xalq cholg’ularini rekonstruktsiya qilish va takomillashtirish bo’yicha maxsus ustaxonalar ochish boshlandi. Namangandagi musiqa ustaxonasiga taniqli xalq sozandasi Usta Ro’zmat Isaboev boshchilik qildi. Buxoroda dutor, tanbur, afg’on rubobini takomillashtirish ustida Usta Hojiota, Usta Tohirjon Davlatov, Usta Najmiddin Nasriddinovlar ishlashdi. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling