Иоганн Себастьян Бах


Professional ijodiy guruhlar bilan bir qatorda havaskorlik xalq ijodiy guruhlarining rivojlanishidagi ijobiy o’zgarishlar va birinchi musiqali dramalar


Download 0.91 Mb.
bet35/149
Sana09.04.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1347085
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   149
Bog'liq
МУСИҚА ТАРИХИ МАЖМУА 198 бет (2)

8. Professional ijodiy guruhlar bilan bir qatorda havaskorlik xalq ijodiy guruhlarining rivojlanishidagi ijobiy o’zgarishlar va birinchi musiqali dramalar. O’zbekiston madaniy hayotida musiqali drama va komediya teatrlarining faoliyati muhim ahamiyat kasb etadi. Musiqali drama va komediya teatrlari opera va balet, operetta, drama, miniatyura, yoshlar, bolalar va qo’g’irchoq teatrlari kabi respublikamizda yashayotgan barcha millat vakillarining ma’naviy yuksalishiga barakali hissa qo’shib kelmokda.
XX asr boshlarida o’lkamizda yuzaga kelgan musiqali drama va komediya teatrlari tarixiy ahamiyatga molik sharafli yo’lni bosib o’tdi. Mazkur sohaning etakchi dargohi bo’lmish Muqimiy nomli poytaxt teatri hamda viloyat teatrlarining aksariyatining o’ziga xos ijodiy qiyofasi shakllandi. Bu san’at maskanlarida yaratilgan sahna asarlari xalqimizning madaniy va ma’naviy boyligidir.
Turli davrlarda yaratilgan o’nlab musiqali sahna asarlar teatr tarixida va bugungi kunda ham mumtoz merosimiz sifatida ardoqlanib kelinmoqda.
Darhaqiqat, musiqali teatr o’z vaqtida respublikamiz madaniy hayotining faol markazlaridan biri sifatida o’zbek xalqining ezgu niyatlarini badiiy vositalar bilan ifodalashda katta yutuqlarni qo’lga kiritdi. Ijtimoiy hayotning dolzarb masalalarini yoritishda, xalqimizni yangi zafarlarga chorlashda milliy ruhdagi yorqin sahna asarlarini yuzaga kelishida musiqali teatr jamoatchiligi ulkan hissa qo’shishga muyassar bo’ldi.
Respublikamizda bunday vazifalarni amalga oshirilishida, musiqali teatr poydevorini qurishda, uning rivojlanishi va kamol topishida o’zbek xalqining is’tedodli adabiyot va san’at namoyandalari katta hissa qo’shganlar. Ular orasida Mahmud Behbudiy, Abdurauf Fitrat, Abdullo Avloniy, Hamza Hakim-zoda Niyoziy, Muhiddin Qori Yoqubov, Mannon Uyg’ur, G’ulom Zafariy, Shamsiddin Xurshid, Abulhamid Cho’lpon, Ziyo Said, Shorahim Shoumarov, To’xtasin Jalilov, Komil Yashin, Mirshohid Miroqilov, Tamara Xonim, Halima Nosirova, Mukarrama Turg’unboeva, Nurxon Yo’ldoshxojaeva, Tursunoy Saidazimova, Usta Olim Komilov, Yusuf qiziq Shakarjonov, Matyusuf Xarratov, Sheroziy Madrahim Yokubov, Eshonxo’jaev, Polvonov, Matpano Xudoyberganov, Hoji Siddiq, Yunus Rajabiy, Rizqi Rajabiy, Usta Ro’zmatxon, Ma’suma Qorieva, Lutfixonim Sarimsoqova, Tolibjon Sodiqov, Ali Ardobus, M.Tojizoda va boshqa ko’plab fidokor san’atkorlarni nomlarini qayd etish mumkin.
O’zbek musiqali teatrining poydevorini qurishda va uning ravnaq topishida boshqa millat san’atkorlari N.Mironov, V.Uspenskiy, A.Kozlovskiy, G.Mushel, R.Glier, S.Vasilenko, keyincha B.Brovtsin, B.Nadejdin, B.Gienko, G.Sobitov ham hissa qo’shganlar. Bu kompozitorlar o’zbek xalq musiqa merosini o’rganib va o’zbek bastakorlari bilan hamkorlikda musiqali spektakllar yaratishgan. Ular sahna asarlarining va klavir partituralarini yozishda, o’zbek xalq kuylarini simfonik orkestrga moslashtirishda va milliy kompozitorlarni tarbiyalashda ko’maklashganlar.
O’zbek musiqali drama va komediya teatrining rivojlanishida ikkinchi jahon urushi va urushdan keyingi yillar ayniqsa samarali bo’ldi. Bu davrda yangi avlod dramaturg va kompozitorlari dadil qadamlar bilan ijod sohasiga kirib keldilar. Ular orasida dramaturglardan Sobir Abdullo, Uyg’un (Otaqo’ziev), Shukur Sa’dullo, Zinat Fatxullin, Nazir Safarov, Tamkin, Umarjon Ismoilov, Turob To’la, Ahmad Bobojon, Shuhrat, Hamid G’ulom, Ibrohim Rahim, Jumaniyoz Jabborov, Husniddin Sharipov, O’tkir Rashid, Ramz Bobojon bastakor va kompozitorlardan esa Po’latjon Rahimov, Komiljon Jabborov, Muxtorjon Murtazoev, Saidjon Kalonov, Manas Leviev, Doni Zokirov, Hamid Rahimov, Dadaali Soatqulov, Olimjon Halimov, Sobir Boboev, Ibrohim Hamroev, Fattoh Nazarov, Ikrom Akbarov, Abdurahim Muhammedov, Matniyoz Yusupov, Abdusharif Otajonov, Sulton Hayitboev va boshqalar.
O’zbekiston zaminida bunyodga kelgan musiqali drama va komediya teatr san’atining turli davrlari, xilma-xil musiqali spektakllar, ayrim dramaturg va bastakorlarning ijodi to’g’risida musiqashunos, teatrshunos va adabiyotshunoslar tomonidan ko’plab taqriz, maqola va kitoblar ham yaratilgan. Lekin ularning ko’p aksariyati rus tilida yozilgan.
Masalan: musiqashunos E.Romanovskayaning "Muzo’kalno’y teatr Uzbekistana" maqolasida O’zbekistonda musiqali teatrning shakllanishi "Halima", "Po’rtana", "Farhod va Shirin", "Layli va Majnun", "Gulsara" musiqali dramalari misolida ko’rsatib beriladi. Musiqashunos V.Belyaev "Uzbekskiy muzukalno’y teatr v Moskve" maqolasida "Farhod va Shirin", "Gulsara" spektakllarini tahlil etadi. E.Bronfin "Tvorcheskaya istoriya muzo’kalnoy dramo’ "Farxad i Shirin"" nomli maqolasida kompozitor V.Uspenskiy "Farhod va Shirin" musiqali dramasini yaratish ustida olib borgan ijodiy tajribasi, yutuq va kamchiliklari to’g’risida mulohaza qilinadi3. Teatrshunos A.Troitskaya "Iz istorii narodnogo teatra i tsirka v Uzbekistane" tadqiqotida Oktyabr to’ntarishidan oldingi davrlarda Farg’ona vodiysining xalq teatrlari faoliyati va repertuari haqida ma’lumot beradi. Musiqashunos T.Vo’zgo "Opera i muzo’kalnaya drama" maqolasida 1917-1951 yillarda O’zbekistonda opera va musiqali drama janrlarining shakllanishi va rivojlanishini qisqacha yoritib, asosan, ikkinchi jahon urushi yillarida bunyodga kelgan sahna asarlariga to’xtaladi. Teatrshunoslar L.Avdeeva, T.Tursunov va V.Dyachenkolarning "Na puti sozdaniya muzo’kalno-dramaticheskogo teatra" maqolasi O’zbekistonda bevosita musiqali teatr tashkil topishidan oldingi davrlarda o’zbek milliy tomosha san’atida sahna asarlariga xos bo’lgan xususiyatlarni ochib berishga qaratilgan. Teatrshunos F.Jo’raevning "Stsenicheskaya istoriya muzo’kalnoy dramo’» "Gulsara"" maqolasida mazkur spektaklning turli davrlarda yuzaga kelgan sahnaviy hayoti to’g’risida ma’lumotlar beriladi.



Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling