Иоганн Себастьян Бах


Download 0.91 Mb.
bet37/149
Sana09.04.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1347085
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   149
Bog'liq
МУСИҚА ТАРИХИ МАЖМУА 198 бет (2)

2. O’zbek romanslari. Ko’rilayotgan davrda, musiqa janrlari orasida qo’shiq birinchi o’ringa chiqadi. Mazkur janr alohida “harakatchan”ligi, voqeilikka hozir javobligi, obrazlar mazmuniga konkretlik va aniqlik kirituvchi so’z bilan bog’liqligi, shaklning lo’nda va soddaligi tufayli ham kompozitorlar ham tinglovchilar orasida ommaviylashishga sabab bo’ldi. Urushning dastlabki 3 oyidayoq, O’zbeksitonda ikki yuzdan ortiq yurish marshlari va mudofaa qo’shiqlari yaratildi. Avvallari boshqa janrlarda ijod qilgan kompozitordlar ham (V.Uspenskiy Georgiy Mushel), endilikda bajonidil qo’shiqqa murojaat qilishdi.
Vatanparvarlik tuyg’ulari, Ulug’ Vatan urushi yillari yuzaga kelgan o’zbek xalq qo’shiqlarida, ayniqsa to’laqonli namoyon bo’ldi. Ularning aksariyatida, mamlakat ichkarisidagi fidokorona mehnat, xususan ayollar mehnati, jangchilarning jang maydonida ko’rsatayotgan jasorati mavzulari uzviy bog’lanib ketadi.
Qo’shiq ijodiyotining bosh mavzulari qatorida vatan himoyasi g’alaba yo’lidagi jasorat mavzui ham turadi. O’zbekiston kompozitorlari yaratayotgan ayrim qo’shiqlar B.Gienko “Suvoriylar qo’shig’i (“ Kavaleriyskaya”), V.Knyazev “ Qizil Armiyaga shonsharaflar” (“Krasnoy armii slava”), “Vatan da’vati, Manas Leviev “Leningrad uchun” jangovor hayotning bevosita qatnashchilari sifatida, Sovet qo’shinlariga og’ir yo’llardan bosib o’tishga madad bo’ldi.
Asosan yagona bosh mavzuga murojaat qilingan bo’lsada, O’zbekiston kompozitorlarining harbiy qo’shiqlari usluban xilma-xil edi: O’zbekiston xududida o’zbek qo’shiqlaridan tashqari, yana rus-sovet ommaviy qo’shig’i, ukraincha lirik qo’shiq va rus romansi an’anasidagi qo’shiqlar yuzaga kelar edi.
Qo’shiq ijodiyotida, madaniyatlarning o’zaro ta’sirlashish jarayoni, tezda namoyon bo’ldi. Qo’shiq ijodining bir “tarmog’i” sifatida V. Uspenskiyning “ O’zbekiston”, A.Kozlovskiyning “Timoshenko xaqida vo’shiv” va “Adolatli yurish”, G.Mushelning “ Onaga maktub” qo’shiqlarini ko’rsatish o’rinli.
Ikkinchi, birmuncha kengroq “tarmoq” Muxtor Ashrafiy, Mutal Burxonov, Manas Leviev, Sulaymon Yudakov va boshqalarning qo’shiqlarida namoyon bo’ladi. Yorqin misol sifatida, Mutal Burxonovning “Uyg’un so’ziga yozgan”, “ Jangchilar qo’shig’i” ni keltirish mumkin. Asarning milliy qo’shiqchilik zaminlari (xarakterli lad va ohang tuzilmalari kuyning tipik kadanslari laddagi tayanch bo’g’inlarining kvartali yo’nalishi) Sovet ommaviy qo’shig’iga xos marshsimon, kvarta va sekstali kuy yo’nalishlari, naqoratdagi ikkiovozli elementlari, akkordlarga boy jo’rnavozlik bilan uyg’unlashib ketadi.
O’zbek romansining ilk namunalari, Mutal Burxonovning Uyg’un she’riga yozgan “Ishqida”, Sulaymon Yudakovning H.Yuusufiy she’riga yozgan “Xabibiy tu manam” romanslari ham aynan shu zaminda yuzaga keldi. Sulaymon Yudakovning A.Pushkin she’rlariga yozgan “Kuylama sohibjamol”, “Gruziya tepaliklarida”, “Bulbul”, “Tungi sabo”, “Men bu erdaman Ineziliya” romanslari harbiy davrga mansubdir. Mazkur asarlarda rus klassik romansi an’analaridan ijodiy foydalanilgan.

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling