Dvigatel reja Dvigatelning vazifasi Dvigatelning ishlash prinsplari Ichki yonuv dvigatelning mexanizmi va tizimlari
Download 210.37 Kb.
|
02. DVIGATEL
DVIGATEL Reja Dvigatelning vazifasi Dvigatelning ishlash prinsplari Ichki yonuv dvigatelning mexanizmi va tizimlari Dvigatel avtomobilning harakatlanishi uchun zarur bo‘lgan energiya manbayi bo‘lib xizmat qiladi. Zamonaviy avtomobillarning aksariyatida ichki yonish dvigatellaridan (IYD) foydalaniladi. Lekin har doim ham bunday bo‘lmagan, balki vaqt o‘tishi bilan ularning o‘rnini boshqa, yanada takomillashgan kuch qurilmalari, masalan, yoqilg‘i elementlaridan foydalanish orqali egallashi mumkin. Ilk avtomobillar XVIII asrda paydo bo‘lgan bug‘li dvigatellar yordamida harakatga keltirilgan va ular tashqi yonish dvigatellari hisoblangan. Bu dvigatellarda yoqilg‘i dvigatelning silindridan tashqarida yongan va suv bug‘i olish uchun foydalanilgan, aniqrog‘i, dvigatel silindriga bosim ostida kirib, porshenni harakatga keltiruvchi gaz ishlab chiqargan. Birinchi ishga yaroqli bug‘ dvigatelini yaratgan angliyalik Jeyms Uatt bo‘lib, u o‘zining kash- fiyoti uchun 1784-yilda patent olgan. O‘sha yillarning bug‘li dviga- tellari og‘ir va bahaybat bo‘lgan, asosiysi — ularning foydali ish koeffitsiyenti (FIK) juda past bo‘lgan. Yoqilg‘isi silindr ichida yonuvchi, kengayuvchi gaz esa, porshenni harakatga keltiruvchi yanada samarali (ichki yonuvchi) dvigatellarni yaratishga bo‘lgan urinish 1860-yili fransuz mexanigi Jan-Etyen Lenuar tomonidan amalga oshirilgan bo‘lib, birinchi ishga yaroqli IYDni patentlagan. Bu dvigatelda harakatlanuvchi porshen silindr ichida yonuvchi gazni havo bilan birga so‘rib, porshenning harakati o‘rtasida aralashma elektr uchquni bilan alanga olgan. IYDdan amaliyotda foydalanish imkoni, silindrda gazni siqish mumkin bo‘lgandan keyingina amalga oshirildi. 1886-yilda nemis kashfiyotchisi Nikolaus Avgust Otto o‘t olishdan avval yonuvchi aralashmani siqish prinsipidan foydalaniladigan to‘rt taktli ichki yonish dvigateli uchun patent oldi. Bunday dvigatellarda sodir bo‘ladigan ish jarayoni «Otto sikli» nomini oldi. Ushbu prinsipda ishlaydigan IYDlar bug‘ dvigatellariga qaraganda sezilarli darajada yuqori FIK.ga ega bo‘lgan hamda tabiiy holda o‘z raqobatchisini siqib chiqarib, hozirgi kunga qadar eng ko‘p tarqalgan dvigatel- lardan bo‘lib qolmoqda. Rudolf Dizel 1892-yilda Ottoning to‘rt taktli siklidan foydalanilgan dvigatel uchun patent oldi. Uning farqi shunda ediki, silindrga yoqilg‘i aralashmasi o‘rniga havo yuborilgan. Qattiq siqilgan toza havo yoqilg‘i yonishi uchun kerakli darajada yuqori haroratgacha qizdirilib, elektr uchqunini qo‘llash shart bo‘lmagan holda silindrga yuboriladi. Bugungi kunda yaratuvchisi nomi bilan atalayotgan dizel dvigatellari avtomo- billarning kuchli agregatlari sifatida keng qo‘llanilmoqda. Konstruksiya bo‘yicha barcha avtomobillarning ichki yonuvchi dvigatellarini ikkiga — porshenli va rotorliga ajratish mumkin. Yoqilg‘i yonishida kengayuvchi porshenli dvigatellarda gazlar tirsakli val aylanishini hosil qiluvchi qaytib kelish harakatlari orqali por- shenlarni harakatga keltiradi. O‘t olish usuliga qarab, bunday dviga- tellarni ikki guruhga bo‘lish mumkin: uchqundan o‘t oluvchi (ben- zinli) va siqilishdan o‘t oluvchi (dizelli). Rotorli dvigatellarda kenga- yuvchi gazlar aylanuvchi qismga — rotorga ta'sir ko‘rsatadi. Rotorli dvigatellar gazoturbinali va rotor-porshenli qismlarga bo‘linadi. Avtomobillarda IYDning porshenli turi eng ko‘p qo‘llanilgan. Download 210.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling