Dvigatel reja Dvigatelning vazifasi Dvigatelning ishlash prinsplari Ichki yonuv dvigatelning mexanizmi va tizimlari
Download 210.37 Kb.
|
02. DVIGATEL
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ikki taktli dvigatel
- Rotor-porshenli dvigatellar
Uchinchi takt — kengayish, ikkala klapan yopiq holatda. Bu taktning boshlanishida siqish taktining oxirida alangalangan yonilg‘ining yonish jarayoni davom etadi. Bu payt silindrdagi bosim 5500—8000 kPa (55—80 kgk/sm2), harorat 1900—2200 K (1630— 1930°C). Yuqori bosimga ega bo‘lgan silindr ichidagi gazlarning kengayishi natijasida porshen y.ch.n.dan p.ch.n.ga harakatlanib, shatun orqali tirsakli valning krivoshipini 180° burchakka buradi. Porshen p. ch. n. ga yaqinlashganda, gazlarning kengayishi natijasida, ularning silindrdagi bosimi 3000—4000 kPa (30—40 kgk/sm2)ga, harorati esa 900— 1200 K (630—930°C)ga pasayadi.
To‘rtinchi takt — chiqarish. Chiqarish klapani (22) ochiq holatda. Porshen p.ch.n.dan y.ch.n.ga harakatlanib, ishlatilgan gazlarni chiqarish klapani orqali tashqi muhitga chiqarib yuboradi. Bu takt oxirida silindrda qolgan gazlarning bosimi 110—120 kPa (1,1—1,2 kgk/ sm2)ga, harorati esa 700—900 K (430—630°C)ga teng. Tirsakli valning bundan keyingi aylanishida ish sikli shu tartibda davom etadi. Ikki taktli dvigatel Ikki taktli dvigatelning ish sikli porshenning ikki yurishida yoki tirsakli valning bir marta aylanishi natijasida sodir bo‘ladi. Bu yerda ham xuddi to‘rt taktli dvigatellar kabi, ish aralashmasi silindr tashqarisida yoki ichida tayyorlanadi. Shunga qarab shu sikl bo‘yicha ishlovchi dvigatellar karburatorli yoki dizel bo‘lishi mumkin. Bu dvigatellarda ishlatilgan gazlarni tashqariga haydash va silindrni tozalash uchun yonilg‘i aralashmasi (karburatorli dvigatelda) yoki havo oqimidan (dizelda) foydalaniladi. Ikki taktli dvigatel silindrlarini ishlatilgan gazlardan to‘g‘ri oqimli va ko‘ndalang oqimli tozalash usullari keng tarqalgan. 1.5-rasmda ikki taktli dvigatellarning ishlash sikli tasviri keltirilgan. Keltirilgan chizmada silindr (2) ning ikki tomonida kiritish (3) va chiqarish (7) darchalari bor. Silindr kallagida yondirish svechasi (10) (karburatorli dvigatelda) yoki forsunka (dizelda) o‘rnatilgan. Silindr ichida porshen (9) harakatlanadi va o‘zining devorlari yordamida kiritish va chiqarish darchalarini ochib yoki yopib turadi. Nasos (4) silindrga siqilgan yonilg‘i aralashmasi yoki havo (dvigatellarining turiga qarab) yuborish uchun xizmat qiladi. Porshen p.ch.n.dan y.ch.n.ga harakatlana boshlaganda birinchi takt boshlanadi. Bu paytda kiritish (3) va chiqarish (7) darchalari ochiq. Nasos (4) yordamida kiritish darchasi (3) orqali silindrga yonilg‘i aralashmasi yoki havo kiritiladi, ular esa silindr ichida qolgan gazlarni tashqi muhitga chiqarib yuboradi va porshen tepa- sidagi bo‘shliqni to‘ldiradi. Yuqoriga harakatlanayotgan porshen o‘z devorlari bilan kiritish, so‘ngra chiqarish darchalarini to‘sadi. Shu vaqtdan boshlab siqish jarayoni boshlanadi va porshen y. ch. n.ga yetay deganda, siqish kamerasiga elektr uchquni (karburatorli dvigatelda) yoki yoqilg‘ining mayda zarrachalari forsunka yordamida purkaladi (dizelda), natijada siqish kamerasidagi zaryad alanga- lanadi. Shunday qilib, porshen p.ch.n.dan y.ch.n.ga harakatlanish jarayonida silindr oldingi sikldan qolgan gazlardan tozalanadi va yangi zaryad bilan to‘ldiriladi, keyinchalik darchalar yopilib, siqish jarayoni boshlanadi. 1.5-rasm. Ikki taktli dvigatelning ish sikli: I—kiritish va chiqarish taktlari; II—siqish va ish yo‘li taktlari; 1—silindr kallagi; 2—silindr; 3—kiritish darchasi; 4—nasos; 5—dvigatel karteri; 6—tirsakli val; 7—chiqarish darchasi; 8—tirsakli valning burilish burchagi; 9—porshen; 10—yondirish svechasi; Vc—silindrning yonish kamerasi hajmi; Vn1—silindrning ish hajmi; Vn2—silindrning to‘la hajmi; S—porshen yo‘li. Ikkinchi taktda porshen y. ch. n.dan p. ch. n.ga harakat qiladi. Bunda siqish taktining oxirida boshlangan yonish jarayoni davom etadi, natijada silindrda ko‘p miqdorda issiqlik miqdori ajralib, gazlar bosimi ta'sirida porshen p. ch. n. ga qarab harakatlanadi. Bu vaqtda silindrda kengayish jarayoni ketadi. Porshenning harakat- lanishi vaqtida porshen o‘z devorlari bilan chiqarish darchasini ochishi bilanoq, katta bosimga ega bo‘lgan ishlatilgan gazlar tashqariga chiqa boshlaydi. So‘ngra kiritish darchalari ochilib, silindrga nasos yordamida yangi zaryad (yonilg‘i aralashmasi yoki havo) yuboriladi, u esa ishlatilgan gazlar bilan qisman aralashib, ularni chiqarish darchalari orqali tashqariga siqib chiqaradi. Keyingi siklda shu jarayonlar yana ketma-ket takrorlanadi. Ikki taktli siklda ishlovchi karburatorli dvigatel, asosan, mototsikllarga o‘rnatiladi. Rotor-porshenli dvigatellar Hozirgi vaqtda ayrim avtomobillarda rotor-porshenli dvigatellar qo‘llanilmoqda (1.6—1.7-rasm). Statorning (9) ichki bo‘shlig‘i murakkab bo‘lgan geometrik shaklga ega. Statorga podshipniklar yordamida val (8) joylashtirilgan. Val (8) ga qo‘zg‘almas holda ekssentrik (7) mahkamlangan. Ekssentrikka erkin holda uch qirrali rotor-porshen (4) joylashtirilgan. Rotorning tishli gardishi (3) statorga mahkamlangan harakatsiz shesterna bilan ilashgan. Tishli ilashishning uzatish soni, rotor- porshen bir marta aylanganida valning uch marta aylanishini ta'min- laydigan qilib olingan. Rotor bilan val bir yo‘nalishda aylanadi. Statorda, suyuqlik bilan sovitish uchun ko‘ylak, kiritish (6) va chiqarish (5) kanallari va yondirish svechasi bor. Uch qirrali rotor- porshen statorning ichki qismini uchta bo‘shliqqa ajratadi. Rotor aylanganda bo‘shliqlarning hajmi o‘zgarib turadi. Download 210.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling