VII BOB. YOQILG‘1 - HAVO ARALASHMASIDA YOQILGINING ALANGALANISHI, YONISH FRONTI VA TO‘LA YONISH JARAYONI
7.1. Gaz aralashmasini yoqish usullari.
7.2. Bir turdagi gaz aralashmasini yonishi.
7.3. Gaz aralashmasini turbulent yonishi.
7.4. Gaz aralashmasining laminar yonishi.
7.5. Turbulent-diffuzion yonish.
7.6. Kam miqdordagi havoli muhitda yonuvchi aralashmani yonishi.
7.7. Laminar mash’ala yonishining barqarorlik shartlari.
7.8. Yoqilg‘i aralashmasining yonishini intensifikatsiyalash usullari.
Tayanch iboralar: bir turdagi gaz aralashmasini yonishi, yonuvchi aralashmaning diffuzion yonishi, laminar yonish, “yonuvchi doira”, turbulent-diffuzion yonish, o‘txona kamerasi, yondirgich, intensifikatsiyalash, resirkulatsiya.
7.1. Gaz aralashmasini yoqish usullari
Barcha turdagi yoqilg‘ilami yonuvchi aralashma ko‘rinishida yondirgich uskunasi yordamida o‘txona kamerasiga yetkaziladi va yonish jarayoni shu joyning o‘zida amalga oshiriladi. O‘txona fazasida murakkab tuzilishga ega fizik-kimyoviy jarayonlar natijasida yonuvchi gazlaming oqimi paydo bo‘ladi va u alanga deb ataladi. Bugungi mavzuning asosiy maqsadi ham, shu alangadagi gaz aralashmasining yonish jarayonini molekular kinetik nuqtayi nazardan tahlil qilishdan iborat.
Yoqilg‘ini yonishi uchun zarur bo‘lgan miqdordagi havoni berilish usullariga ko‘ra gaz aralashmalarini quyidagicha yondirish usullari bor [3,10,11,15]:
91
a) oldindan tayyorlangan yonuvchi aralashmaning yonishiga asoslangan - bir turdagi gaz aralashmasini yonishi;
b) alohida kiritilayotgan yoqilg'i va havo yonishiga asoslangan - yonuvchi aralashmaning diffuzion yonishi;
d) yoqilg'iga kam miqdordagi havo aralashtirib yoqishga asoslangan - kam havo tarkibli gaz aralashmasini yonishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |