Vii bob. Yoqilg‘1 havo aralashmasida yoqilgining alangalanishi, yonish fronti va to‘la yonish jarayoni


Bir turdagi gaz aralashmasining turbulent yonishi


Download 23.29 Kb.
bet3/7
Sana26.02.2023
Hajmi23.29 Kb.
#1232336
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
YOQILG‘1 - HAVO ARALASHMASIDA YOQILGINING ALANGALANISHI, YONISH FRONTI VA TO‘LA YONISH JARAYONI

7.3. Bir turdagi gaz aralashmasining turbulent yonishi

Gaz aralashmalarini yoqishda yonish jarayonini intensifikatsiyalash uchun oqim tezligini orttirish va uning harakatini turbulent tartibga keltirish kerak [3,10,11].


94

Atmosfera bosimida ishlaydigan yondirgichlarda mash’ala kattalashishi bilan yonish turg‘unligi pasayadi, shuningdek ularda katta tezlikdagi aralashmani yoqib bo‘lmaydi. Tezlik tufayli paydo bo‘layotgan yoTdosh oqim yonuvchi doirani sovitadi va mash’alani so‘nishiga sabab boTadi.


Turbulent mash’alani turg‘unlashtirish uchun yonish turg‘unligini ta’minlash lozim. O‘matilgan yoqish rejimlarida bug4 generatorining o‘txona fazasi yoki yonish kamerasiga yondirgich orqali berilayotgan aralashma, yuqori haroratli yonish mahsulotlari muhitida tarqalayotgan noizotermik oqim ko‘rinishini oladi. Oqimning turbulent kengayish jarayonida o‘txona gazlari miqdori ortishi bilan yonuvchi aralashma ham qiziydi, ham yonish mahsulotlariga aralashadi. Noizotermik oqim nazariyasiga muvofiq, oqimning qizdirilishi turbulent chegarali qatlamda sodir boTadi, doimiy tezlikli yadroda esa harorat o‘zgarmaydi va oqim haroratiga teng boTadi. Qizdirish oqim periferiyasida intensiv amalga oshadi va yondirgich uchidan oqim ichiga tarqaladi (7.2- rasm).
Oqimning tashqi chegaralariga yaqinlashib borgan sari harorat ortadi va yonuvchi aralashmaning konsentratsiyasi kamayadi. 7.2- rasmdan ko‘rinadiki, reaksiya tezligiga haroratning ta’siri reaksiyalanuvchi moddalar konsentratsiyasi ta’siridan kuchliroq va shuning uchun kimyoviy reaksiya alangalanishi yonish mahsulotlari bilan yaxshi aralashgan aralashmaning yonish haroratiga teng haroratli kichik vaqt intervalida sodir boTadi.
Shuning uchun oqimning alangalanishi alanganing tarqalish tezligi maksimal boTgan konussimon yuzaning tashqi qatlamida sodir boTadi, shuningdek, faqat shu yuzada alanganing tarqalish tezligi turg4un boTadi. Periferiyali alangalanish qatlamlarida turbulent issiqlik almashinuvi sababli, issiqlik qo‘shni qatlamlarga tarqaladi va ulaming ketma-ket alangalanishiga olib keladi. Qo'shni qatlamlaming qizdirilishi ham turbulent diffuziya bilan sodir boTadi.
95
7.2- rasm. Bir turli aralashma uchun turbulent mash’ala sxemasi.

S - yonuvchi aralashma konsentratsiyasi; T - harorat.





Download 23.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling