Иоганн Себастьян Бах


Download 0.91 Mb.
bet45/149
Sana09.04.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1347085
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   149
Bog'liq
МУСИҚА ТАРИХИ МАЖМУА 198 бет (2)

3. Simfonik musiqa. Urush yillari simfonik musiqa ham sezilarli darajada o’sdi. Avvalambor simfonik ijodiyotning janr doirasi kengaydi. Bu narsa, san’atning ruhiy psixologik emotsional obrazli chegarasining kengayishi va boyishi yirik masshtabli shakllar yuzaga kelishiga olib keldi. O’sha yillari, O’zbeksiton musiqasi uchun an’anaviy bo’lib qolgan syuita va poema bilan bir qatorda, uvertyura va cholg’u kontsert ham fuqarolik xuquqiga ega bo’ldi. Lekin, kompzitorlarning ijodiy izlanishlari uchun asosiy soha bo’lib qolgan simfoniyaning oldinga chiqishi eng katta yutuqdir. Simfonik musiqaning g’oyaviy tematik mavzusi kengaydi: simfonik musiqa doirasiga qahramonlik aktiv va shiddatli, xamda dramatik obrazlar kiritildi. Milliy uslubni o’zlashtirish sohasida ham jiddiy siljishlar sodir bo’ldi.
Uspenskiyning har ikkala asari “Muqanna” syuitasi ( 1943 yil) va “O’zbekcha poema rapsodiya” si ( 1944 yil) muallif tomonidan dastlab topilgan vosita va usullar endilikda erkinroq va xilma xilroq qo’llanilayotganidan dalolat beradi. Kompozitorning badiiy niyati dadilroq bo’lib qoladi.
O’zbek simfonik musiqasida o’z yo’lini miniatyuralardan boshlagan Uspenskiydan farqli o’laroq, Georgiy Mushel birdaniga simfoniya muallifi (uning birinchi simfoniyasi 30-yillar oxiriga mansub) sifatida tanildi. Kompozitorning mazkur janrga qiziqishi doimiy va shu qadar o’tkir ediki, urushning dastlabki yillaridayoq birin-ketin ikkita simfoniya yaratdi. Ta’kidlash zarurki, Mushelning simfoniya janrida individual moyilligi, harbiy davrda kompozitorlarning yirik shaklga va ulkan fuqarolik mavzulariga bo’lgan intilishlariga xos umumiy yo’nalishni aks ettiradi. Simfoniyaning o’ziga xosligi ko’p jixatdan uning janr belgilari o’zgachaligidan kelib chiqadi. “ Shaklning monumentalligi musiqa bayonining osoyishtaligi, mavzularni rivojlantirish usullari epik simfonizm (xammadan ko’proq Borodin ) an’analarini eslatadi. Shu bilan birga, Mushelning o’tkir kolliziyalarga bo’lgan intilishi mazkur asarga lirik, dramatik simfonizm belgilarini kiritadi”. Qo’shimcha qilish mumkinki, o’zbek intonatsiya manbai zaminida, original singdirilgan romantik simfoniya ( Shubert) ta’siri ham seziladi.

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling