Иоганн Себастьян Бах


Mavzu 10 . VOKAL MUSIQASI


Download 0.91 Mb.
bet36/149
Sana09.04.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1347085
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   149
Bog'liq
МУСИҚА ТАРИХИ МАЖМУА 198 бет (2)

Mavzu 10 . VOKAL MUSIQASI.


Reja:
1. Vokal xor musiqasining rivojlanishi.
2. O’zbek romanslari.
3. A kapella,
4. Kantata.
5. Oratoriya.
6. Xor syuitalari.
Adabiyotlar:
1. O’zbek musiqasi tarixi. Tuzuvchi T.E. Solomonova T.”O’qituvchi” 1981.y.
2. Axmad Odilov.”O’zbek xalq cholg’ularida ijrochilik tarixi” T. ”O’qituvchi” 1995 y.
3. Yu. Rajabiy “Musiqa merosimizga bir nazar” T. 1970.
4. X. Xamidov “Avesto fayzlari” T.2001 y.
5. “O’zbekiston tarixi” T.1994 y.
1. Vokal xor musiqasining rivojlanishi. 30-yillardagi qo’shiq janri bastakorlar hamda Toshkent konservatoriyasining talabalari -- yosh mualliflar asarlaridan iborat bo’ldi.
30-yillarning o’rtalaridagi vokal asarlardan ovoz va fortepiano uchun yaratilgan Mutal Burxonovning (u o’sha vaqtda Moskva konservatoriyasidagi o’zbek opera studiyasida tahsil ko’rar edi) “Ey bulbul, girya makun” (A.Loxutiy she’ri) romansi alohida ajralib turadi. Musiqasining ifodali va dilkashligi tufayli bu asar ijrochilarning kontsert dasturidan mustahkam o’rin egalladi.
30-yillarning ikkinchi yarmida ovoz bilan orkestr uchun birinchi yirik asar yaratildi. Bular Muxtor Ashrafiy va Nikolay Mironovning Shota Rustaveli asariga yozilgan “Yo’lbars terisini yopingan pahlavon” vokal-simfonik poemasi, hamda Mutal Burxonovning Mashrab g’azaliga yozgan “ Ishq o’ti” balladasi edi. A.Kozlovskiy yuksak badiiy darajada qayta ishlagan xalq qo’shiqlaridan “ Tanovar”, “O’zgancha”, “Gul yuz uzra”, “Fig’on” kabi vokal- simfonik partituralarining paydo bo’lishi ham ana shu yillarga to’g’ri keladi. O’zbekistonda keng ommaviylashib kelgan kuylarda kompozitor musiqani rivojlantirishning boy imkoniyatlarini sezdi. Kozlovskiy kuylarning asl mag’zini o’zgartirmay, simfonik orkestr vositasida shaklning keng ko’lamli rivojlanishini va uning tiklanish jarayonini ko’rsatishga erishdi. Bunga kuylarning o’zidagi xarakterli, ekpressiv ko’tarinkilik, ohanglar aro nafas olishning cho’ziqligi, katta, ichki dinamikasi yordam berdi.
Kozlovskiy qayta ishlagan “ Tanovar” ayniqsa ommaviylashib ketdi. Uning lirik ohangida farg’onacha qo’shiqlarning tipik xususiyatlari: shoshmay namoyishlanish va asta-sekin avjga ko’tarilish, yumshoq, silliq pasayish bilan almashinib turadigan, o’sib boruvchi og’ir ko’tarilishlar, ritmik tuzilmalar nozikligi, avj paytidagi keng ohangdorlikning ifodaliligi hamda pasayishda horg’in nafas olish mujassamlashgan. Xalq ijodining bu g’azal namunasini garmoniyalashtirib, Kozlovskiy undagi ladning o’ziga xosligini saqlab qolishga intiladi. Qo’shiqning frigiy ladi u uchun xarakterli bo’lgan, quyi tomon yo’nalishi bilan bog’liq bo’lgan subdominanta gruppa akkordlaridan ko’proq foydalanishini oldindan belgilab berdi. Bu xaqda orkestr muqaddimasining boshlanishi guvohlik beradi.
Kozlovskiy asarlari folklorning jo’ngina “qayta ishlangan” namunasi emas, balki tom ma’nodagi vokal-simfonik poemalar sifatida qabul qidlinadi. Maxsus tayyorgarlik ko’ra olmagan tinglovchilar uchun ham hech qanday imtiyozsiz yozilgan bu asar keng e’tibor qozondi. Unga Halima Nosirova tomonidan ajoyib talqin etilgan vokal-partiya yordam berdi, Kozlovskiyning xalq kuyining o’zini shu mashhur ijrochidan yozib olganligi ham katta ahamiyatga molikdir.

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling