Иоганн Себастьян Бах


Download 0.91 Mb.
bet39/149
Sana09.04.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1347085
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   149
Bog'liq
МУСИҚА ТАРИХИ МАЖМУА 198 бет (2)

5. Oratoriya. Kantataga o’xshash, yakkaxon ashulachilar xor va simfonik orkestr uchun yozilgan ko’p qismli yirik musiqa asari. Oratoriya, odatda dramatik mavzuda bo’lsada, sahnada ko’rsatish uchun emas, kontsertlarda ijro etish uchun mo’ljallanadi. Oratoriya kantata va operalar bilan deyarli bir vaqtda paydo bo’lgan. Oratoriya kantatadan xajm jixatidan kattaligi, epik dramatik xarakterda bo’lishi, mavzuning kengdligi bilan farq qilsa, operadan dramatik rivoj o’rniga, qissasimon bo’lishi bilan ajraladi. Oratoriyada ariya, rechitativ vokal ansambllari, xor va cholg’u musiqalari bo’ladi. Oratoriya lirik epik mavzusini ochib berishda, xor va cholg’u musiqa katta o’rin tutadi. Oratoriyaning har qismi o’ziga xos mustaqil, tugal bir asardek bo’ladi. Oratoriya sovet kompozitorlari ijodiyotida salmoqli o’rin tutadi. Respublikamizda M.Shayxzodaning “Toshkentnoma” poemasi, kompozitor Ikrom Akbarov O’zbeksitonning 40 yillik yubileyiga bag’ishlab “Toshkentnoma” oratoriyasini yaratdi.
6. Xor syuitalari. Xar bir qismi mustaqil asar bo’lgan, turli xarakterdagi musiqa p’esalarining bog’lanib ketishi. Xalq musiqasida syuita turlicha raqslarning qo’shilib kelishidan tuzilgan. Professional syuita esa, 16 asrda Italiyada paydo bo’ldi. Bu syuita ikki qismli bo’lib, birinchisi vazmin, ikkinchisi tez sur’atdagi raqs p’esalaridan iborat bo’lgan. Respublikamiz kompozitorlaridan A.Kozlovskiy, Georgiy Mushel, Mutal Burxonov, Muxtor Ashrafiy, Sulaymon Yudakov, Ikrom Akbarov, Boris Gienko, B.Meyen, Sobir Boboev va boshqa simfonik o’zbek xalq cholg’u asboblari orkestri va fortepiano uchun bir qancha syuitalar yaratdilar. Ularning ma’lum bir qismi, balet musiqalari va kinofilmlar uchun yozilgan musiqalar asosida yaratilgan.
Cholg’u va vokal musiqalardan tuzilgan syuitalar xam rivojlanmoqda. Kompozitor Sulaymon Yudakov shoir G’afur G’ulom she’riga yaratgan “Mirzacho’l” vokal-simfonik syuitasi Davlat mukofotiga sazovor bo’lgan.
Bir necha asrlar davomida, Sharq xalqlari o’rtasida ijro qilib kelinayotgan xalq ijodiy boyligi maqom dastgyah va mug’omlar, shaklan syuitaga yaqindir.



Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling