Иоганн Себастьян Бах


Download 0.91 Mb.
bet30/149
Sana09.04.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1347085
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   149
Bog'liq
МУСИҚА ТАРИХИ МАЖМУА 198 бет (2)

Nazorat savollari:
1. Qashqadaryo-Surxondaryo mahalliy uslubi.
2. Buxoro-Samarqand mahalliy uslubi.
3. Xorazm mahalliy uslubi.
4. Farg’ona-Toshkent mahalliy uslubi.


Mavzu 9. XX ASRDA O’ZBEKISTONNING MUSIQIY HAYOTI.


Reja:
1. Bu davrda O’rta Osiyoga rus madaniyatining kirib kelishi.
2. Havaskor to’garaklarning tashkil etilishi.
3. Birinchi musiqali teatrlar.
4. Ushbu yillarda o’zbek milliy musiqa merosini yozib olinishi va qayta ishlanishi.
5. Shashmaqomning notaga tushirilishi.
6. Samarqandda maxsus ilmiy-tekshirish institutini ochilishi.
7. O’zbek musiqiy asboblarini evropa usulida o’zlashtirilishi.
8. Professional ijodiy guruhlar bilan bir qatorda havaskorlik xalq ijodiy guruhlarining rivojlanishidagi ijobiy o’zgarishlar va birinchi musiqali dramalar.
Adabiyotlar:
1. O’zbek musiqasi tarixi. Tuzuvchi T.E. Solomonova T.”O’qituvchi” 1981.y.
2. Axmad Odilov.”O’zbek xalq cholg’ularida ijrochilik tarixi” T. ”O’qituvchi” 1995 y.
3. Yu. Rajabiy “Musiqa merosimizga bir nazar” T. 1970.
4. X. Xamidov “Avesto fayzlari” T.2001 y.
5. “O’zbekiston tarixi” T.1994 y.


1. O’rta Osiyoga rus madaniyatining kirib kelishi. XIX asrning 60-70 yillari Toshkent, Moskva, Peterburg cholg’uchilarining mahalliy ijrochilar musiqa ixlosmandlari ishtirokida kontsert faoliyati faollashgan yirik madaniy markazga aylandi. 1877-yildan boshlab Toshkentga, keyinroq Samarqandga, Farg’onaga va boshqa shaharlarga etuk musiqa jamoalari, gastrolyorlar va daramatik guruhlar tashrif buyura boshlashdi. Rus cholg’uchilarining demokratik an’analari Turkistonda baynalminal aloqalarning o’rnatilishiga ko’maklashdi va Oktyabr inqilobining g’alabasidan keyinroq tezda Toshkent, Buxoro Samarqand va O’rta Osiyoning boshqa shaharlarida kasbiy musiqiy o’quv yurtlarning tashkil etilishida ma’lum darajada asos bo’lib xizmat qildi.
O’tgan XIX asrning 70-80 yillaridagi O’rta osiyo tubjoy aholisining hayoti (oilaviy turmush tarzi, urf odatlari, musiqachilik ahvoli marosimlari) rus va xorijiy etnografik folklorshunoslarining diqqatini o’ziga jalb etgan edi. Xalq madaniyatining tarkibiy qismiga kirgan xalq cholg’ulariga bo’lgan qiziqishning boisi ham shunda. XIX asrning oxiri va XX asr boshlarida O’rta Osiyoga kelgan etnograf va sayyohlar Turkiston o’lkasining xalq musiqasini yozib olishda (notalashtirishda) muayyan ishlar qilishdi. Bunda ular xalq cholg’ularini o’rganishaga alohida e’tibor berishdi. Ular o’z ijodiy ishlarida musiqaning o’ta ommaviyligiga, uning xalq hayotida muhim rol o’ynashiga ahamiyat berishdi. Mazkur manbalar tufayli, biz musiqa san’ati mundarijasi, ijrochilik turlari, musiqa an’analari, cholg’ularining ta’riflari, o’zbek xalq kuylarining nota yozuvlari haqida ma’lumotlarga ega bo’ldik. 1917-32 yillarda O’zbekistonda madaniy qurilishlar yuz bera boshladi. Ulug’ Oktyabr sotsialistik inqilob o’zbek xalqini ikki tomonlama zulmdan, rus chorizmi hamda mahalliy feodallar zulmidan ozod etib, milliy madaniyatning gullab-yashnashiga yo’l ochib berdi. Madaniy qurilish inqilobdan keyingi dastlabki yillardan boshlangan edi.O’rta Osiyo milliy davlat chegaralanishi iqtisodiy va madaniy tengsizlikka to’la barham berish uchun o’zbek ijtimoiy millatini jipslashtirish va yuksak rivojlantirish uchun mustahkam poydevor yaratdi. 1917-32 yillar mobaynida o’lkada ilk musiqa o’quv yurtlari va musiqali teatrlar ochildi ,musiqa folklorini yozib olish va qayta ishlash, mehnatkash xalqning keng ommasini musiqa havaskorligiga jalb etish bo’yicha ishlar avj oldirildi.

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling