Иоганн Себастьян Бах
O’zbekiston maqomlarining turkumlari
Download 0.91 Mb.
|
МУСИҚА ТАРИХИ МАЖМУА 198 бет (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6. Buxoro maqomlari.
5. O’zbekiston maqomlarining turkumlari. Farg’ona Toshkent maqom yo’llari. O’zbekistonda maqomlar o’z mahalliy belgilariga ko’ra ikki turkumga, Buxoro va Xorazm maqomlariga bo’linadi. Bundan tashqari Buxoro maqomlarining Farg’ona vodiysida tarqalgan ayrim qismlari o’zining mahalliy belgilariga ega bo’lib, Farg’ona-Toshkent maqom yo’llarini tashkil etgan. ( Maqomlardan ayrim qismlarining mazkur Farg’ona-Toshkent variantlari 50-yillargacha tadqiqotchilar tomonidan noto’g’ri ravishda, alohida uchinchi tsikl--Chormaqomga ajratib kelingan edi). Maqomlarning mavzusi asosan keng ma’nodagi lirika doirasi bilan chegaralanadi. Maqomlar vokal bo’limlarining matnini odatda, Sharq she’riyatining mumtozlari—Hofiz, Bedil, Jomiy keyinchalik esa, Navoiy, Ogahiy, Muqimiy va boshqalarining she’lari tashkil qilgan. Shu bilan bir qatorda, ularda xalq she’riyati namunalaridan ham foydalanilgan.
O’zbek va tojik xalqlarining teng darajadagi merosi hisoblangan Buxoro maqomlari turkumi –Shashmaqom olti maqomdan : Buzruk, Rost, Navo, Dugoh, Segoh, Iroqdan iborat. Ularning har biri keyingi vaqtlarda Mushkilot va Nasr deb atalayotgan cholg’u hamda vokal bo’limlariga ega. Har bir maqomning cholg’u bo’limi tugallangan qism yoki p’esalardan iborat bo’lib, ular Tasnif, Tarje’, Gardun, Muxammas va Saqil deb nomlangan. Ular lad-intonatsion, metr-ritmik va shakl-tuzilish xususiyatlari bilan bir-biridan farq qiladi. Maqom cholg’u bo’limining har bir qismida xona va bozgo’y muhim xususiyatga ega. Birinchi xona odatda butun kuy asosini tashkil etadi. Navbatdagi xonalar uning rivojidan iboratdir. Bozgo’y--refren (naqorat) ma’lum ohang tuzilmasining vaqt-vaqti bilan takrorlanishidir. Bozgo’y har bir xonadan (ba’zan bir necha xonalardan) keyin keladi. Cholg’u bo’liining har bir p’esasi o’zining xarakterli doira usuli (yoki boshqa urma asboblarda ijro etiladigan ritmik tuzilmalari) hamda ma’lum metr-ritmik asosga ega. Bu holat vokal bo’limi uchun ham xarakterlidir. 6. Buxoro maqomlari. Buxoro maqomlarining vokal bo’limlari ikki guruhni tashkil etuvchi bir necha sho’’balardan( keng ko’lamli tugal p’esa maqomlarning asosiy tarkibiy qismi) iborat. Birinchi guruhni tashkil etuvchi sho’’balar—Saraxbor, Talqin va Nasr (so’nggisi har maqomda 2-3 tadan mavjud)dir. Har bir sho’’ba quyidagicha tuzilishga ega: muqaddima bo’limi--daromad ( shakl tuzumi jihatidan tugallangan) miyonxat--odatda daromadning kvarta yoki kvintaga yuqori tomon transpozitsiya etilgan (ko’tarilgan) hamda rivojlantirilgan varianti; miyonxatdan so’ng (yana boshlovchi tovushga qaytilgandan keyin) dunasr (daromadning yuqori tomon oktavaga transpozitsiya qilingan hamda rivojlantirilgan varianti) keladi, keyin yuqori registrdagi avj namudlari keladi; avjdan so’ng, odatda, boshlang’ich tuzilmalardan biri--daromad yoki ko’proq miyonxatning qisqartirilgan reprizasi takrorlanishi bilan sho’’ba yakunlanadi. Birinchi guruhda har bir sho’’badan so’ng nisbatan kichikroq hajmli va kuplet shaklidagi bir necha Tarona keladi. Ular oraliq vazifasini o’taydi va Suporish (ya’ni bog’lovchi tuzilma) vositasida navbatdagi sho’’baga olib o’tadi. Sho’’baning birinchi guruhi (undan oldingi Nasrlarning biridan hosil qilingan)hamda xotima rolini bajaruvchi Suporish bilan tugallanadi. Sho’’balarning ikkinchi guruhi faqat Buxoro maqomlarida mavjud bo’lib, avvalo unda Tarona bo’lmaganligi uchun hamda o’zining tuzilishiga ko’ra birinchi guruhdan farq qiladi. Unda har bir asosiy sho’’ba undan hosil bo’lgan va xuddi shu asosiy sho’’baning metr-ritmi o’zgargan (boshqa usulda berilgan) variantlardan iborat. Talqincha, Qashqarcha, Soqiynoma va Ufor qismlariga ega bo’lib, ularning har biri o’ziga xos metr-ritmik tuzilmadagi usullar bilan xarakterlanadi. Maqomlarning ashula yo’llari cholg’u asbolar jo’rligida ijro etilib, unda tanbur va doira asosiy cholg’u asboblari hisoblanadi. Tanburning sozlanishi esa ijro etiladigan maqomning lad asosiga binoan o’zgartiriladi. Masalan, Buzruk, Dugoh, Segoh va Iroq maqomlari ijro etilganda tanburning o’rta (ikinchi) tori chetdagi torlar (birinchi va uchichisi)ga nisbatan kvarta pastga, Rost maqomida esa kvinta pastga sozlanadi. Navo maqomi tanbur sozining sekunda nisbatini talab qiladi. Har bir maqom o’z asosiy tonalligini o’zgartirib turish xususiyatiga ega bo’lib, bu jihatdan ma’lum tonal planni ham tashkil etadi. Lad-tonallik o’zgarishlar hamda modulyatsiyalar (og’ishmalar) vokal va cholg’u bo’limlaridagi qismlarning tematik rivojlanish va shakllanish xususiyatlari bilan bog’liq. Bu borada ashula bo’limidagi namudlar ham muhim rol o’ynaydi. Namudlar---ma’lum maqom sho’’balaridan birining muayyan kuy tuzumi va intonatsiya(ohang) xususiyatlarining boshqa sho’’balarda namoyon etilganligidir. Namudlarning aksariyati muayyan sho’’baning boshlang’ich kuy tuzilmalarini ichiga oladi yoki uning ohanglari asosida vujudga kelib, boshqa sho’’baning yuqori registrida avj sifatida qo’llaniladi. Bunda namudlar yangi sho’’baning xususiyatlariga ayniqsa uning metr-ritm asosiga moslashadi. Maqomat sistemasida usullar---ular jo’r bo’ladigan kuy xususiyatlaridan kelib chiqadigan ritmik tuzilmalar---muhim tarkib hisoblanadi. Usullar, odatda, urma asbob (doira, nog’ora va boshqa)larda ijro etiladi. Muayyan sistemaga bo’ysungan holda ular maqomlardagi tsiklning yaxlitlikka erishuviga ko’maklashadilar hamda rivojlanish dinamikasini oshiradilar. Maqomat sistemasi kuyning o’zgarishini ijrosini talab etishiga qarmay, ijro jarayonida ularga har holda ayrim o’zgarishlar kiritiladi.Jumladan, namudlar ijrochi tomonidan qisqartirilishi yoki tushib qoldirilishi, yoxud aksincha, yangilari qo’shilishi mumkin; xuddi shu yo’sinda yangi kuy tuzilmalari qo’shilgan yoki mavjudlari tushib qoldirilgan, intonatsion hamda ritmik o’zgarishlar, shuningdek, turli xil sur’atlar, har xil ijrochilik talqinlari kuzatiladi. Shu bilan birga, maqomlar o’ziga ma’lum doira yoki voha musiqasining xususiyatlarini ham singdirgan. Masalan, yuqorida aytilganidek Xorazmga hos musiqali an’analar mahalliy maqom tsiklida ham o’z yorqin ifodasini topgan. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling