Ahamoniylar davlati Qadimgi Eron aholisi


Download 35.1 Kb.
Sana24.01.2023
Hajmi35.1 Kb.
#1116657
Bog'liq
Ahamoniylar davlati Qadimgi Eron aholisi


Ahamoniylar davlati Qadimgi Eron aholisi

Mil. avv. VI asrda hozirgi Eron hududida Ahamoniylar sulolasiga mansub shohlar asos solgan Fors podsholigi vujudga keldi. Ahamoniylar podsholigi jahondagi eng yirik davlatlardan biri bo`lgan. Eslab qoling! Mil. avv. 3-mingyillikda Eronning g`arbiy qismida Mesopotamiya bilan chegarada Elam davlati vujudga keldi. Bu davlatning poytaxti Suza shahri bo`lgan. Bu hududda qadim zamonlarda kassiylar , elamiylar singari turli qabilalar yashab kelgan. Mil. avv. IX asrda bu mamlakatga midiyaliklar va forslar ko`chib o`rnashadi. Eslab qoling! Mil. avv. VII asrda podsho Kiaksar hukmronligi davrida Midiya qudratli davlatga aylandi. Mil. avv. 612-605- yillarda Midiya davlati Bobil bilan ittifoq bo`lib Ossuriyani bosib oldi. Eron o`zida katta yassitog`likni mujassam etgan mamlakatdir. Mamlakat hududi deyarli hamma tomonidan o`rmon bilan qoplangan tog`lar bilan qurshalgan. Tog`oldi vodiylarda aholi dehqonchilik bilan shug`ullangan, jazirama cho`l mintaqalarida chorvadorlar mehnat qilgan va kun kechirgan. Eron ham Kichik Osiyo, Mesopotamiya, Kavkazorti, O`rta Osiyo va Hindiston mamlakatlarini bog`lab turgan karvon yo`llari chorrahasida joylashgan edi. 
Qadimgi Fors davlati
Qadimgi davlatlar Mil. avv. 3- mingyillikda Eronning g`arbiy qismida Mesopotamiya bilan chegarada Elam davlati vujudga keldi. Bu davlatning poytaxti Suza shahri bo`lgan. Elamda jahondagi eng qadimiy yozuvlardan biri yaratilgan edi. Mil. avv. IX asrda Kaspiy dengizidan janubi g`arbda joylashgan Midiyada qabilalar ittifoqlari vujudga keldi. Mil. avv VII asrda podsho Kiaksar hukmronligi davrida Midiya qudratli
davlatga aylandi. Mil. avv. 612—605-yillarda Midiya davlati Bobil bilan ittifoq bo`lib Ossuriyani bosib oldi. 
Fors podsholigining vujudga kelishi
Eron janubida, Fors ko`rfaziga tutashib ketgan yerlarda Fors viloyati — qadimgi forslar o`rnashgan o`lka joylashgan edi. Mil. avv. 558- yilda Ahamoniylar sulolasidan bo`lmish podsho Kir II barcha forslarni o`z hokimiyati ostida birlashtirdi. Midiya podsholigini bo`ysundirganidan so`ng Kir II ulkan lashkar tuzdi va bosqinchilik yurishlarini davom ettirdi. Armaniston, Midiya va Bobil zabt etildi (mil. 539-yil). Eronliklar O`rtayer dengizi sohiliga chiqdilar, Falastin va Finikiyani itoatga kirgazdilar. Kir II ning O`rta Osiyoga, saklar va massagetlar ustiga yurishi muvaffaqiyatsiz tugadi. Kir II ning istilochilik siyosatini vorislari Kambiz va Doro I ham davom ettirdilar. Kambiz Misrni zabt etishi bilan Eron davlati hududini nihoyatda kengaytirdi. 
Doro I ning islohotlari
Miloddan avvalgi 522- yilda shoh Doro I (mil. avv. 522 —486-yillarda hukmdor) Qadimgi Fors davlati taxtiga chiqdi. Bu paytda bosib
olingan barcha mamlakatlarda qo`zg`olonlar alangalanib ketdi. Ahamoniylar shohi Doro I ularni bostirishga kirishdi. Doro I butun mamlakat uchun "doroyi" deb nomlangan yagona oltin tangani muomalaga kiritdi. Persepoldan O`rtayer dengiziga qadar "shoh yo`li" degan podsho savdo yo`li qurilgan edi. Doro I armiyani qaytadan tuzdi, saltanatni "satrapliklar" deb nomlangan alohida harbiy o`lkalarga taqsimladi. Doro I Qora dengiz bo`ylarida yashovchi skiflar ustiga yurish qildi. Doro I ning Kichik Osiyodagi yunonlar koloniyalari va Frakiyani bosib olishi yunon-fors urushlari boshlanib ketishiga sabab bo`ldi. Doro I hukmronligi davrida Hindiston shimolidan O`rtayer dengiziga qadar yastangan ulkan imperiya barpo etildi. Eslab qoling! Mil. avv. 558-yilda Ahamoniylar sulolasidan bo`lmish podsho Kir II barcha forslarni o`z hokimiyati ostida birlashtirdi. Midiya, Bobil, Falastin va Finikiya bo`ysundirildi. O`rta Osiyoni zabt etish uchun qilingan hujumda talofatga uchradi va halok bo`ldi. Doro I taxtda; Doro I soqchilari; Kohin Eslab qoling! Makedoniyalik Aleksandr mil. avv. 330-yilda Fors davlatini bosib oldi. Ahamoniylar davlati ikki yuz yildan ziyod hukmronlik qilgan.
Qadimgi forslar madaniyati
Suza, Ekbatana va boshqa shaharlar Ahamoniylar davlatidagi muhim savdo markazlari edi. Persepolshahrida Doro I va Kserksning muazzam xonalar va yuz ustunli zali boigan saroyining qoldiqlari saqlanib qolgan. Saroy afsonaviy va xayoliy qushlar tasviri bilan bezatilgan edi. Persepol bo`rtma naqshlarida ahamoniylar itoatga kirgazgan ko`pgina xalqlar va elat­ larning nomlari saqlanib qolgan. Ular asosan Eron shohlariga peshkash va o`lpon keltirayotgan holatda tasvirlangan. Qadimgi forslar mixxatsimon belgilar bilan yozishgan. Fors shohlarining bitiklari Behistun va Naqshi Rustam qoyalariga, shuningdek, Persepol saroyi devorlariga chekib yozilgan.
Ular yurishlar, qo`zg`olonlar va davlat hayotidagi muhim voqealar haqida ma'lumot beradi. Makedoniyalik Aleksandr mil. avv 330-yilda Fors davlatini bosib oldi. Ahamoniylar davlati ikki yuz yildan ziyod hukmronlik qilgan.
Tayanch konspekt
kassiylar, elamiylar, midiyaliklar, forslar
Elam, Midiya davlatlari
mil. avv. 558- yil — Fors davlatining vujudga kelishi (KirII)
Kir II — Armaniston, Bobil va Midiyaga bosqinchilik yurishlari
mil. avv. 530- yil—Kir II ning O`rta Osiyodagi halokati
mil. avv. 522-yil — Doro I
saltanatning satrapliklarga bo`linishi
mil. avv. 330-yil — Ahamoniylar saltanatining Makedoniyalik Aleksandr tomonidan zabt etilishi
Ahamoniylar davlati 200 yildan ko`proq hukmronlik qilgan
Download 35.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling