6-mavzu: Samarqand. O`rta Zarafshon shaharlari. Reja


Download 19.33 Kb.
bet1/2
Sana02.05.2023
Hajmi19.33 Kb.
#1421434
  1   2
Bog'liq
6-mavzu Samarqand. O`rta Zarafshon shaharlari. Reja


6-mavzu: Samarqand. O`rta Zarafshon shaharlari.
Reja:
1. Samarqandning nomlanishi va shaharning qisqacha tarixi.
2. Yangi davrda Samarqand o‘rganilishi va tadqiqi.
3. Samarqand Sug‘dining tarixiy geografik chegaralari tahlili.
3. Samarqandning tarixiy va arxitektura yodgorliklari.
Asosiy qism:
Samarqandning nomlanishi va shaharning qisqacha tarixi. Samarqand — Samarqand viloyatidagi shahar. Viloyatning ma’muriy, iqtisodiy va madaniy markazi (1938 yildan). 1925-1930 yillarda Respublika poytaxti. O‘zbekistonning jan.g‘arbida, Zarafshon vodiysining o‘rta qismida (Darg‘om va Siyob kanallari orasida) joylashgan.
Tarixiy yozma manbalarda Samarqandning yoshi qadimiyligi to‘g‘risida ma’lumotlar bor. Muhammad an Nasafiy „alQand fiy zikri ulamoi Samarqand“, Xaydar asSamarqandiy (12-a.) „Qandiyai Xurd“, Abu Tohirxoja Samarqandiy „Samariya“, Xitoy tarixchisi CHjan Syan, yunon va rimlik tarixchilar Arrian, Kursiy Ruf va boshqa ko‘plab mualliflarning asarlarida bu haqda yozib o‘tilgan. Shu bois o‘rta asrlardan Sharqda ommalashib ketgan maqollardan birida „G‘arbda Rim, Sharqda Samarqand“ deyilgan. Samarqand va Rim insoniyat takdiridagi buyuk xizmatlarini nazarda tutib „Boqiy shaharlar“ nomini olganlar. Xalq iborasi „Samarqand saykali ro‘yi zamin ast“ — Samarqand er yuzining sayqali (jilosi) deb bexuda aytilmagan. Amir Temur Samarqandni o‘zgacha mehr bilan qadrladi, obod qildi, dunyoning sayqaliga aylantirdi.
„Samarqand“ so‘zining kelib chiqishi to‘g‘risida bir qancha taxmin va gipotezalar mavjud. Sharq mualliflari „Samarqand“ so‘zining birinchi qismi, ya’ni „Samar“ so‘zi shu shaharga asos solgan yoki shaharni bosib olgan kishining nomi deb hisoblab, bir qancha sun’iy ta’riflarni taklif etdilar. Biroq tarixda bunday ismli kishi to‘g‘risida ma’lumotlar aniqlanmagan. So‘zning ikkinchi qismi „kent“ (kand) — qishloq, shahar degan ma’noni bildiradi. Ba’zi Yevropalik olimlar, bu nom qadimdan qolgan, sanskritcha „Samarya“ra yaqin, ya’ni „yig‘ilish, yig‘in“ so‘zidan kelib chiqqan deb izoxlaydilar. Antik mualliflarning asarlarida shahar Marokanda deb atalgan . Bu haqiqatga ancha yaqin bo‘lib, Marokanda — Samarqand atamasining yunoncha aytilishidir. 11-asr olimlaridan Abu Rayhon Beruniy va Mahmud Koshg‘ariy shahar nomining kelib chiqishini „Semizkent“, ya’ni „semiz qishloq“ so‘zining buzib talaffuz qilinishi deb tushuntiradilar.
Samarqand jahonning eng qad. shaharlaridan biri — 2700 yildan ortiq tarixga ega. Samarqand mil. av. 4-a.dan mil. 6-a.gacha Sug‘d davlatining poytaxti bo‘lgan. Arxeologik qazishmalardan ma’lum bo‘lishicha, yuqori paleolit davrida ham Samarqand hududida odamlar yashagan (q. Samarqand makoni). Rim tarixchisi Kvint Kursiy Rufning (mil. av. 1-a. oxiri — mil. 1-a.) yozishicha, Samarqand qal’asi devorining aylanasi taxminan 10,5 km bo‘lgan. Mil. av. 329 y. makedoniyalik Aleksandr (Iskan dar Maqduniy) qo‘shinlari Samarqandni vayron qilgan. Samarqand 6-a.da Turk xokonligi tarkibiga kirgan va mahalliy hokimlar tomonidan boshqarilgan. 7-a. boshidan Zarafshon vodiysi Samarqand xrkimlari qo‘l ostiga o‘tgan. Bu davrda Samarqand Hindiston, Eron, Misr va Vizantiya davlatlari bilan savdosotiq qilgan. Kutayba ibn Muslim boshchiligidagi arab qo‘shinlari 712 yilda Samarqandni egallagan. Qo‘zg‘olon ko‘targan shahar aholisining bir qismini qirib tashlagan. Attabariy keltirgan ma’lumotga ko‘ra, samarqandliklar shahriston (ichki shahar)ni arablarga bo‘shatib berishga majbur bo‘lganlar. Arablar shahristonda masjid va minbar qurganlar. Mahalliy aholidan tortib olingan qimmatbaxr buyumlar va oltin, kumush bilan bezatilgan sanamlar (xilat ulasnom) ni eritib 10 ming misqol qimmatbaho metall olingan. 776—83 yillarda arablarga qarshi Muqanna boshchiligida qo‘zg‘olon ko‘tarilgan. Arablarga qarshi ko‘tarilgan qo‘zg‘olonlarni bostirishga faol qatnashgan mahalliy zamindor aholi vakillari 9-a. 20 yillaridan Movarounnaxr va viloyatlarini boshqarishga tortildi, jumladan, Samarqandni boshqarish Somoniylar qo‘liga o‘tdi. O‘sha vaqtdan Samarqand — Somoniylar davlatining poytaxti bo‘ldi. 887 yildan birinchi marta somoniylar kumush tangalari Samarqandda zarb qilina boshladi. Somoniylar poytaxti Buxoroga ko‘chirilgandan (889) so‘ng ham Samarqand Movarounnahrning eng yirik xunarmandchilik va savdo markazlaridan biri bo‘lib qoldi. 11 a.dan Samarqand Qoraxoniylar davlati tarkibiga kirgan. 11-a.da Samarqandni Saljuqiylar bosib olgan. 12-a.dan Qoraxitoylarga tobe bo‘lgan. 1210 yildan Muhammad Xorazmshoh davlati tarkibida. 1212 y. samarqandliklar Xorazmshohga qarshi qo‘zg‘olon ko‘targan. 1220 y. Chingizxon qo‘shinlari Samarqandga bostirib kirib, shaharga o‘t qo‘ygan va aholining ko‘p qismini kirgan, qolganlari shaharni tark etib omon qolgan. Bir necha yildan so‘ng Samarqand qayta tiklana boshlagan. 13-a.ning 2-yarmida Samarqandga kelgan venetsiyalik sayyoh Marko Polo „Sonmarkon kapa va mashxur shahar“ deb yozgan. Mo‘g‘ullar hukmronligi davrida Samarqand CHig‘atoy ulusi tarkibida bo‘lgan.
14-a. o‘rtalarida Movarounnahrda mo‘gullarga qarshi xalqharakatlari bo‘lib o‘tdi. Sarbadorlar qo‘ztloni natijasida shaharda bir necha oy xalq hokimiyati o‘rnatildi. 14-a. oxiri va 15-a. da Samarqand ning iqtisodiy-siyosiy va madaniy hayoti ancha yuksaldi. Amir Temur saltanati poytaxti sifatida Samarqand jahonga mashhur bo‘ldi. Bu davrda Samarqand ko‘pgina Sharq va Yevropa davlatlari bilan savdo aloqalari o‘rnatgan. Samarqandda ko‘plab hashamatli me’moriy inshootlar qurilgan. Yirik Sharqshunos olim V.V.Bartold ta’kidlaganidek, Amir Temurning fikriga ko‘ra, S jahonning birinchi shahri bo‘lishi kerak edi. Amir Temur vafoti (1405) dan so‘ng SAMARQAND taxtini Ulug‘bek egalladi. Ulug‘bek davrida Samarqandda qurilishlar avj oldi. Qo‘shni davlatlar bilan aloqalar kuchaydi. 15-a. oxirida Samarqandni Zahiriddin Muhammad Bobur egalladi (1497). 1500 y. Shayboniyxon Samarqandni deyarli urushsiz bosib oldi. 16-a. o‘rtalarigacha Samarqand Shayboniylar davlatining poytaxti bo‘lib turdi. O‘sha vaqgdan rus bosqiniga qadar (1868) Buxoro xonligi (amirligi) tarkibqda bo‘lib keddi. 1723—30 yillarda qozokdar bosqini davrida katta talofat ko‘rdi. 1740—47 ylarda Nodirshohga tobe bo‘ldi. 17-a.ning 1-yarmida olchin urug‘idan chiqqan o‘zbek harbiyzamindorlarining yirik vakili YAlangto‘sh Bahodir Samarqand hokimi bo‘lgan. 1758—1868 ylarda esa Samarqand Buxoro amirligiga itoat qilgan.

Download 19.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling