Ion almashinish xromatografiyasi Reja: ion almashinuvchi smolalarning turlari. Ionitlarning ion almashinish sig‘imi


Download 50.32 Kb.
bet5/5
Sana03.06.2024
Hajmi50.32 Kb.
#1899561
1   2   3   4   5
Bog'liq
18-Mavzu

EK = [Pb2+]⋅[SO 2−] ; EK PbSO =CPb2 ⋅C
2−

PbSO4
4 4 +
SO4

Bunday eritmaga ionit kiritilganda u qo‘rg‘oshin ionlarini erit- madan yutadi va boshqa kationlarga (masalan, vodorod ionlariga) almashtiradi:
2H+ + Pb2+ → Pb2+ + 2H+

2
Buning natijasida muvozanat buziladi va qattiq PbSO4 dissotsilanadi. Cho‘kmadan eritmaga qo‘shimcha Pb2+ va SO ionlar o‘tib, eruvchanlik ko‘paytmasining qiymati tiklangunga qadar dissotsilanish davom etadi. Ionitdan yana qo‘shib turish yo‘li bilan cho‘kmani eritish mumkin. Hozirgi vaqtda ionitlar yordamida BaSO4, AgCl va b. cho‘kmalarni eritmaga o‘tkazish usullari topilgan.
Suvni tuzlardan tozalash – deminerallashning ion almashi- nishga asoslangan usuli katta amaliy ahamiyatga ega. Uning mo- hiyati shundan iboratki, tozalashga mo‘ljallangan suvga bir vaqt- ning o‘zida H+ shaklidagi kationit va OH shakldagi anionit bilan ishlov beriladi. Kationitdagi almashish natijasida eritmada H+ ionlari paydo bo‘ladi:
HR + M+= MR + H+ Anionitda esa:
ROH + X = RX + OH

bo‘yicha OH ionlari hosil bo‘ladi. Ajralib chiqqan H+ va OH ionlari o‘zaro ta’sirlashib suv hosil qiladi:
H+ + OH = H2O
Natijada toza, deminerallangan suv olinadi. Undan laboratori- yalarda distillangan suv o‘rnida foydalaniladi.
Keyingi vaqtlarda elektr-kimyoviy maqsadlar uchun maxsus ion almashinuvchi membranalar tayyorlanmoqda. Ular ham ion almashinish, ham membrana – yarim o‘tkazgich parda xossalariga ega. Ammo bu ion almashinuvchi membranalarning ion o‘tkazish xususiyati tanlovchan bo‘ladi.
Shunday qilib, xromatografiya ko‘p komponentli aralashma- larni tarkibiy qismlarga ajratish va moddalarning fizik-kimyoviy xossalarini o‘rganish usuli tarzida juda keng qo‘llaniladi. Bu usul murakkab tarkibli suyuq va gazsimon aralashmalarni analiz qi- lishning samarali usulidir. Bu usulda
qattiq moddalar suyuq yo- ki gazsimon holatga o‘tkazilgandan keyin analiz qilinadi. Xro- matografiya usuli faqat kimyoda va biologiyadagina emas, balki fan va texnikaning boshqa ko‘pchilik sohalarida ham muvaffaqi- yat bilan qo‘llanilmoqda. Gaz xromatograflari Venera (Zuhra) atmosferasiga tushirilgan asboblarda yaxshi ishlaydi. Demak, analizning xromatografiya usuli ajratish va tekshirish usuli bo‘libgina qolmay, u, shuningdek, ilmiy-tadqiqot usuli hamdir, deyish mumkin.

Download 50.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling