Reja 1.Ionlovchi nurlarning turlari. 2.Ionlovchi nurlarning manbalari va xossalari. 3.Radiologik kattaliklar, birliklar. Ionlovchi nurlarning turlari. Ionlovchi nurlar tabiati buyicha ikki katta guruxga-korpuspulyar va kvant nurlarga bulinadi. Korpuspulyar nurlar uta mayda, elementar zarrachalardan tartib topgan. Eslatma. Moddiy muxit atom va molekulalardan tarkib topgan. Atom kimyoviy bulinmaydigan eng kichik zarracha bulib, (atom - bulinmas demakdir) tuzilishi - musbat zaryadli, ogir yadro va uning atrofida aylanuvchi elektronlardan tarkib topgan. Atom yadrosi nuklonlar deb atalmish (nukleus - yadro) zarrachalardan tarkib topgan. Nuklonlar ikki xil, musbat zaryadli zarachalar – protonlar va zaryadsiz zarrachalar –neytronlardan iborat. Proton va neytronlar massasi atom massa birligiga, yani 1ga teng. Protonlar zaryadi +1ga teng. Elektronlar zaryadi –1, massasi uta kichik, 1/1837 atom massa birligiga teng zarrachalardir. Atom massasini belgilashda elektron massasi etiborga olinmaydi. Elektronlar, protonlar, neytronlar elementlar zarrachalar xisoblanadi, ulardan atomlar tarkib topadi. Bu zarrachalar, aloxida yoki turli nisbatda boglangan xolatda, nur sifatida namoyon bulishi mumkin. Proton va neytronlar tugal zarrachalar bulmay, yanada kichik zarrachalardan tarkib topgan, xozirgi paytda 40 ga yakin zarrachalar tafovutlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |