Beta nurlar (β) asosan manfiy zaryadli zarrachalar - elektronlar (e-) yoki ularning aks zarrachasi pozitronlar (e+) okimidir. Bu nurlar engil zarrachalarga kiradi. Aksariyat beta nurlar suniy radiaktiv moddalardan tarkaladi. Utuvchanligi xavoda 10 metr, yumshok tukimalarda 1 smgacha, kurgoshinda 0,3 mm. Beta zarracha manfiy zaryadli bulgani uchun muxit atomlari elektronlarining elektr maydonida itariladi, massasi kichik bulgani tufayli osonlik bilan uz yunalishini uzgartiradi va egri chizikli yul (trek) xosil kiladi. Nur dastasi anik cheklanmaydi. Ionlashtirish kobiliyati kuchsiz - xavoda 1 sm masofada 50-100 juft ion xosil kiladi. Alfa nurlari esa shu masofada bir necha un ming juft ion xosil kiladi. Beta nurlari tashki nurlashda teri va uning osti katlamlarida biologik uzgarishlar chakiradi. Ichki nurlashda aloxida beta zarracha chakirgan uzgarishlar, ionlar zichligiga boglik xolda, al`fa-zarraga nisbatan deyarli 10 barobar kuchsiz. Radioaktiv moddalardan tarkalgan β nurlar vositasida tashki nurlash tibbiyotda asosan teri kasalliklarini davolashda ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |