9/22/2020
IP manzil tushunchasi, IP haqida to`liq ma'lumot
https://uzhackersw.uz/blog/ip-manzil-tushunchasi-ip-haqida-to-liq-ma-lumot.html
1/1
IP manzil tushunchasi, IP haqida to`liq ma'lumot
14.03.2020 / 10:32 AKBARALI 2901
Hozirgi vaqtda IP (Internet Protocol) haqida eshitmagan inson bo'lmasa kerak. Chunki internetga chiqadigan inson borki, IP
haqida qandaydir tushunchasi mavjud. IP o'zi nima degan savolga javob bersak. IP bu biron ixtiyoriy qurilmaning internetdagi
manzilidir. Ya'ni siz biron uyga borish uchun u uy manzilidan foydalanas. Sizdan chiqayotgan so'rov ham qaysidir manzilga
yetib borib, sizning so'rovingizga javob qaytishi kerak bo'ladi. Mana shu manzil IP manzildir. Endi bugungi kunda biz IP ning
IPv4 va IPv6 versiyalaridan foydalanamiz. IPv6 hali keng qamrovga ega emas. Lekin yaqin kelajakda uning qamrovi ancha keng
bo'ladi. Biz hozirda IPv4 dan foydalanamiz. IPv4 uzunligi 32 bit. IPv4 manzillar soni 4 294 967 296 ga teng. Ya'ni shuncha
qurilmaga IP manzil berish mumkin degani. IPv4 ning 5ta klaslari mavjud. IPv4 manzillarning klaslari 1969 yilda AQSH da
yaratilgan. Ular quyidagilar:
Hozirgi kunda bu sinflar real hayotda ishlatilmaydi. Sababi bunday sinfga ehtiyoj mavjud emas.
Hozirda lokal tarmoq uchun quyidagi manzillar ishlatiladi.
1. 10.0.0.0 – 10.255.255.255 /8
2. 172.16.0.0 – 172.31.255.255 /16
3. 192.168.0.0 – 192.168.255.255 /24
4. 169.254.0.0 – 169.254.255.255 /16 — DHCP mavjud bo’lmagan vaqtda va static ip berish berilmagan vaqtda tarmoq ishlashi
uchun beriladigan IP.
Bu IP lar ichki tarmoq uchun ishlatiladi (ya’ni kompyuter o’zining tarmoq kartasi ishlayotgani yoki yo’qligini aniqlash uchun)
5. 127.0.0.0 – 127.255.255.255 — loopback, localhost
Ma'lumot: /8, /16, /24 kabilar bular maska hisoblanib chegarani anglatadi. Bu haqda chuqurroq keyingi mavzularimizda yoritib
boramiz.
Tweet on Twitter
Share on Вконтакте