Ipak qurti tanasida ipak bezining rivojlanishi


-rasm.Tut ipak qurtining jinsiy bezlari


Download 1.18 Mb.
bet2/3
Sana02.01.2022
Hajmi1.18 Mb.
#201859
1   2   3
Bog'liq
Ipak qurti tanasida ipak bezining rivojlanishi

10-rasm.Tut ipak qurtining jinsiy bezlari:

A-tuxumdon; B-urug‘don bezlarining joylashishi; 1-bel naychalari; 2- traxeyalar; 3- tuxumdon; 4- urug‘don bezlari; 5- jinsiy paylar; V- tuxumdon bezining kesimi; 1- tuxumdon bezining pardasi; 2- ovogoniylari va follikulyar xujayralar; 3- jinsiy pay; 4- traxeya; G- urug‘don bezining kesib ko‘rsatilgani; 1- spermagoniylar; 2- yuqorigi xujayralar; 3- urug‘ bog‘lamlari; 4 – urug‘donning biriktiruvchi pardasi; 5- jinsiy pay

Ipak ajratuvchi bezlar

Ipak qurtlarida ipak ajratuvchi bezlar so‘lak bezlarini o‘zgargan shaklda ikki jufti, shakli naysimon, deyarli tiniq, shishasimon tiniq qahrabo (och sariq), ba’zan yashilroq tusda bo‘ladi. Bu bezlar qurt tanasi bo‘shliqining ikki yonida va ichakning o‘rta yo‘lidan pastroqda joylashgan, faqat umumiy hajmi jihatidan undan salgina kichikroq. Bezning har bir tomoni i p a k a j r at u v ch i b o‘ l i m bilan boshlanadi. Undan keyin s u yu q li k p u f a g i va i p a k y o‘ l - l a r i joylashgan. Bu yo‘llar pastki labga joylashgan ipak ajratuvchi toq naychaga borib qo‘shiladi (-rasm).



Ipak ajratuvchi bo‘lim ipak qurti qorin qismining oltinchi bo‘g‘imidan boshlanadi va nisbatan ingichka egri-bugri naychadan iborat. Bu bo‘lim bezning eng uzun qismi bo‘lib, ipak qurti beshinchi yosh oxiriga etganda jua uzayib ketadi. Egri-bugri joylarining oraliqi ham shunga muvofiq ravishda uzayadi. Qorinning to‘rtinchi yoki beshinchi bo‘g‘imida ipak ajratuvchi bo‘limning old qismi kengaya boshlaydi va bezning eng yo‘qon qismiga – suyuqlikpufakchasiga aylanadi. Bu pufakcha ikki joyidan keskin qayrilgan bo‘lib, bir-biriga parallel joylashgan uchta tirsak hosil qiladi. Ikkinchi (o‘rtadagi) tirsak qolgan ikkitasiga qaraganda biroz uzunroq va yo‘qonroq bo‘ladi.




Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling