Ipak yo‘li innovatsiyalar univetsiteti 2022-2023-o‘quv yili uchun Iqtisod va pedagogika mustaqil ish mavzu
Download 74.27 Kb.
|
IQTISODIY OSISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Samaradorlik Omili
Taklif Omillari
Iqtisodiy o’sishning 4 omili iqtisodning jismoniy kengayish obiliyatiga bog’liq. Ular: • Tabiy manbalarning miqdori vasifatining ko’tarilishi. • Ishchi kuchidagi miqdoriy va sifat o’sishi. • Kapital resurslar ta’minotidagi o’sish. • Texnologiyalarning yaxshilanishi. Bu taklif omillari – ishlab chiqarishning jismoniy va texnik omillardagi o’zgarishlar–iqtisodning potensial YIMni kengaytirish imkoniyatini beradi. Talab Omili Iqtisodiy o’sishning beshinchi elementi bu talab omilidir: • Taklif omillari, xo’jaliklar, tadbirkorlar tomonidan yaratilgan yuqori ishlab chiqarish potensialiga yetish va hukumat iqtisodning kengayib borayotgan maxsulotlari va xizmatlarini sotib olishi kerak. Bu yuzaga kelganda material zaxiralar va manbalarda rejalashtirilmagan o’sish bo’lmaydi va to’liq bandlik saqlanib qoladi. Iqtisodiy o’sish kengaygan ishlab chiqarish imkoniyatlari tomonidan yaratilgan ishlab chiqarish foydalarini amalga oshirishda umumiy chiqimlar o’sishini talab etadi. Samaradorlik Omili Iqtisodiy o’sishning 6 elementi samaradorlik omili: • Ishlab chiqarish potensialiga yetish uchun iqtisod iqtisodiy samaradorlikka to’liq bandlik kabi yetishi kerak. Odamlarning yaxshi xayotini maksimallovchi maxsulot va xizmatlar aniq birlashmasini ishlab chiqishda iqtisod o’zining manbalarini eng pastt chiqimli yo’l bilan ishlatishi kerak (ishlab chiqarish samaradorligi) (tarqatma samaradorlik). Ishlab chiqarishni kengaytirish imkoniyati mavjud manbalardan foydalanish bilan birgalikda maksimal o’sish imkoniyatlariga yetish uchun yetarli emas. Iqtisodiy o’sishga ta’sir ko’rsatuvchi omillarni shartli ravishda ikki guruhga ajratish mumkin. Birinchi guruh omillar iqtisodiyotning jismoniy o’sish layoqatini belgilab beradi, ular taklif omillari deb ham ataladi. Bu omillar quyidagilar: 1) tabiiy resurslarning miqdori va sifati; 2) mehnat resurslari miqdori va sifati; 3) asosiy kapital (asosiy fondlar) ning hajmi; 4) texnologiya va fan-texnika taraqqiyoti. 1) Manbalar o’lchami va tarqalishi iqtisodi unumdorlik o’sishining uchinchi va to’rtinchi manbalari bo’lib birgalikda ishlab chiqarish o’sishining 15 foizini bildiradi. 2) Ta’lim Berish va Tayyorlash. Ben Franklin aytganidek “mutaxassislikka ega odam boylikka ega bo’ladi,” buning ma’nosi ilm va tayyorgarlik ishchi kuchi kapital zaxirasiga hissa qo’shsa bilim va ko’nikmalar ishchining unumdorligini ta’minlaydi. Inson kapitalaiga investitsiyalar bu nafaqat rasmiy ta’lim bundan tashqari ishdagi o’rganishga ham bog’liq. Jismoniy kapitalga investitsiyalar kabi inson kapitaliga investitsiyalar mehnat unumdorligi va foyda tushunchalari uchun muhim. Hisoblarga ko’ra 15% unumdorlik o’sishi odamlarning ta’limi va ko’nikmalariga qilingan investitsiyalar. Aholining mehnat sifati ko’rsatgichlaridan biri bu ta’lim, tayyorgarlik darajasidir. 1960 yilda AQSh xalqining faqatgina 41 foiz 25 yosh va undan kata aholisi kamida maktab ta’limiga ega edi; va 8 foizigina kollej yoki kollejdan keyingi ta’limga ega edi. 2004 yilga kelib bu ko’rsatgichlar 58 va 28 foiz ko’rinishiga keldi. Shunisi aniqki oxirgi vaqtlarda AQShda ta’lim olish ko’proq odam uchun imkoniyatli bo’ldi. 3) Kapital Qiymati. Ishlab chiqarishning o’sishiga ikkinchi asosiy hissa bu kapitalning o’sishi va u 30% ga yaqin unumdorlikning o’sishi bilan tushuntiriladi. Ko’proq va yaxshiroq qurilma va uskunalar ishchilarni unumliroq qiladi. Va davlat foydaning bir qismini saqlab qolish bilan ko’proq kapital oladi va uni zavodlar va uskunalarga investitsiya qiladi. Ba`zi kapital mehnatni o’rnini bosishda ishlatilsada koproq kapital mehnatni to’ldiruvchi hisoblanadi – bu mehnatni unumliroq qiladi. Mehnat unumdorligining asosiy aniqlovchisi har bir ishchi uchun foydalanish imkoniyatidagi capital miqdoridir. Agar kapital maxsulotlar jami zaxirasi va ishchi kuchi miqdori ikkalavi ham berilgan davr mobaynida o’sha ishchining yaxshiroq uskunalar bilan ta’minlanishi va unumdorlikni o’sishi kerak bo’lmaydi. Lekin har bir AQSh ishchisiga kapital asosiy foydalanish imkoniyati bor uskunalar vaqt o’tishi bilan tez o’sdi (2003 yilda bu har bir ishchiga 83 466$ edi). Davlatning AQSh infratuzilmasiga investitsiyalari (avto’yo’llar va ko’priklar, ijtimoiy tranzit tizimlari, oqava suvlar tizimi, suv ta’minoti imkoniyatlari, aeroport, ta’lim va shu kabilar) ham yillar davomida os’di. Bu ijtimoiy kapital (infratuzilma) shaxsiy kapitalni to’ldiradi. Yangi avto’yo’llarga investitsiya qilish shu yo’llar bo’ylab yangi ishlab chiqarishlar va magazinlar uchun shaxsiy investitsiyalar imkonini yaratadi. Mahalliy hokimiyatlar tomonidan yaratilgan sanoat parklari ishlab chiqaruvchilar va sotuvchilarni jalb etadi. Infratuzilmaga xususiy investitsiyalar ham iqtisodiy o’sishda muhim o’rin tutadi. Bir misol bu yillar davomida aloqa tizimlari bilan bog’liq shaxsiy kapitallarning oshishidir. 4) Texnologik O’sish. Ishlab chiqarish unumdorligining iqtisodiy o’sish uchun muhimligi unumdorlik o’sishiga xossasini qo’shuvchi omillarni kengroq tushuntirilishini talab etadi. Eng katta hissa qo’shuvchi bu texnologik o’sish bo’lib u unumdorlik o’sishining 40% ni tashkil etadi. Iqtisodchi Pol Romerning fikriga ko’ra “insoniyat tarixi bizni iqtisodiy o’sishning asosi bu qancha ko’p ovqat qilish emas uni yaxshiroq retseptlardan foydalangan holda qilishga bog’liqligini o’rgatadi”. Download 74.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling