Ipoteka-bank atib toshkent viloyati filialining tarkibiy bo’linmalari va ularning asosiy vazifalari


Ipoteka-bank ATIB Toshkent viloyati filiali tarixi


Download 431.06 Kb.
bet2/16
Sana22.06.2023
Hajmi431.06 Kb.
#1646419
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Xoliqulov Rustam Ipoteka bank

Ipoteka-bank ATIB Toshkent viloyati filiali tarixi

«Ipoteka-bank» aksiyadorlik tijorat ipoteka banki O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 16 fevraldagi «Uy-joy qurilishi va uy-joy bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-10-sonli qaroriga asosan tashkil etilgan.
Ipoteka-bank — keng xizmat ko‘rsatish tarmog‘iga ega, turli xil bank xizmatlarini ko‘rsatuvchi yirik, universal moliyaviy muassasa. Bank «Moody’s Investors Service» hamda «Standard & Poor’s» xalqaro reyting agentliklarining «Barqaror» reytinglariga ega.
Ipoteka-bank ipoteka kreditlarini berish va uy-joy qurilishini moliyalash bo‘yicha tajriba to‘plagan yetakchi moliya muassasasi.
1955 yilda kapital qurilishni moliyalashning yangi Qoidalari va qurilish bo’yicha pudrat shartnomalari to’g’risidagi Qoidalar tasdiqlandi. Bank ishlab chiqarish quvvatlari va asosiy fondlarning ishga tushirilishi bo’yicha davlat rejalarining bajarilishi ustidan nazoratni kuchaytirdi. Tayyor ob’ektlar bo’yicha hisob-kitoblar kengaytirildi, pudratchi tashkilotlarni qisqa muddatli kreditlash tizimi o’zgartirildi.
Davlat tomonidan kapital qo’yilmalarga yo’naltirila yotgan mablag’larning to’g’ri sarflanayotgani ustidan moliyaviy nazoratni kuchaytirish maqsadida 1959 yilda Sanoatbank kapital qo’yilmalarni moliyalash Banki — Qurilishbank deb o’zgartirildi. 1966 yildagi er qimirlashidan so’ng Toshkent shahrini qayta tiklashda bankning roli beqiyos bo’ldi.
Ipoteka-Bank missiyasi — o‘z aksiyadorlari va bank mijozlari uchun eng yuqori darajadagi iqtisodiy qadriyatlarni yaratishdan iborat. Mijozlarga xizmat ko‘rsatishning yuqori sifati va tanlangan bozorlardagi yetakchilik, kelajakdagi bank muvaffaqiyati uchun birinchi darajali ahamiyat kasb etadi.
Bankning korporativ qadriyatlari — jamoaviy ruh, yangicha fikrlash, ijobiy munosabat, ajoyib sifat — bank missiyasini amalga oshirishda muhim rol o‘ynaydi.
Mijozlarga keng ko‘lamdagi bank xizmatlarini taqdim etgan holda, bank mamlakat iqtisodiini ko‘tarish va rivojlantirish uchun asoslar va sharoitlarni yaratishga ko‘maklashishga intiladi.
O’z mijozlariga xizmatlarni taqdim etishda Ipoteka-Bank professionalizmning yuqori standartlariga muvofiq bo‘lish, yangiliklarni qo‘llash, yangi g‘oyalarga ochiqlik, fikrlardan foydalanish hamda qat’iy va izchil faoliyatni amalga oshirishga sodiqdir.
Mustaqillik e’lon qilingach, mamlakatda sifat jihatdan yangi, ikki tabaqali bank tizimi shakllana boshladi. Ta’sis konferentsiyasida Ipoteka-bank aktsiyadorlik-tijorat bankiga aylantirildi. O’zbekiston Respublikasining etakchi sanoat korxonalari va pudratchi tashkilotlari uning ta’sischilari bo’ldilar.
1996 yil 25 aprelda O’zbekiston Respublikasining «Banklar va bank faoliyati to’g’risida»gi Qonuni chiqdi, u bank faoliyatining huquqiy asoslarini belgilab berdi. Shu yili qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining 230-sonli «Pul mablag’lari emissiyasini qisqartirish bo’yicha chora-tadbirlar to’g’risida»gi qaroriga binoan bank muassasalari zimmasiga mulkchilikning barcha shakllaridagi xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda kassa operatsiyalari o’tkazishning belgilangan talablariga rioya etilishini nazorat qilish vazifasi yuklatildi.
1998 yilda Ipoteka-bank faoliyati Respublika Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish dasturi va oila manfaatlarini amalga oshirishni ta’minlash Davlat dasturi, makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlikni mustahkamlash bo’yicha tadbirlarni amalga oshirishga yo’naltirildi.
Bankning butun faoliyati O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000 yil 21 martdagi «Bank tizimini kelgusida erkinlashtirish va islo. Etish chora-tadbirlari to’g’risida»gi Farmonida belgilangan bozor islohotlari jarayonini chuqurlashtirish, iqtisodiyotni erkinlashtirish bo’yicha ustuvor yo’nalishlarni amalga oshirishga qaratildi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 22 avgustdagi 349-sonli «Iqtisodiyotni kreditlash mexanizmini kelgusida takomillashtirish bo’yicha chora-tadbirlar to’g’risida»gi qaroriga muvofiq amalga oshirilayotgan bankning pul-kredit siyosati respublikada iqtisodiy islohotlarning amalga oshirilishiga ko’maklashdi va eksportga mo’ljallangan va import o’rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarilishini qo’llab-quvvatladi.
2002 yil aprel oyida qabul qilingan «Banklarda aholi omonatlarini himoya qilish kafolatlari to’g’risida»gi qonunini bajarish maqsadida tashkil etilgan O’zbekiston Respublikasi banklarida aholi omonatlarini kafolatlash fondi Ipoteka-bank omonatlarini ishonchli himoya qiladi. Bank muntazam muddatli yangi omonatlar chiqarib, amalga joriy etdi, ular o’zining jozibadorligi va yuqori daromadliligi bilan aholida o’z jamg’armalarini bankda saqlash ishtiyoqini uyg’otdi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 24 sentyabrdagi «Plastik kartochkalar asosida hisob-kitoblar tizimini kelgusida rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi 445-sonli qarorini bajarish maqsadida bank o’zining to’lov tizimini takomillashtirib bormoqda, respublika tashkilotlarida oylik maosh loyihalarini joriy etmoqda. Bank 2004 yilda respublikada birinchi bo’lib o’z dizayniga ega bo’lgan Visa Electron va Visa Classic xalqaro to’lov chipli kartochkalari chiqarish va ularga xizmat ko’rsatishga kirishdi.
2006 yil yanvar oyida Ipoteka-bankni unga «O’zprivatbank» O’zbek xalqaro banki birlashtirish shaklida qayta tashkil etish to’g’risidagi qaror qabul qilindi.
2008 yil yakunlari bo'yicha "FITCH RATINGS" halqaro reyting agentligi tomonidan IPOTEKA-BANK ATBga barqaror bahosi berildi.
2008 yil yakunlari bo'yicha aktsiyadorlar umumiy yig'ilishi qaroriga ko'ra bankning yuridik nomi o'zgartirildi. Bankning yangi nomlanishi quyidagicha: "O'zbekiston sanoat-qurilish banki" Ochiq Aksiyadorlik Tijorat Banki
Mamlakatimiz mustaqilligi e'lon qilinganidan so’ng yurtimizda sifat jihatdan yangi, ikki bosqichli bank tizimi shakllana boshladi va ta'sis yig’ilishda Ipoteka-bank aktsiyadorlik tijorat bankiga aylantirildi. O’zbekiston Respublikasidagi etakchi sanoat korxonalari va pudratchi tashkilotlari uning ta'sischilari bo’ldi.
2008 yil yakunlari bo’yicha yillik aktsiyadorlar yig’ilishida qabul qilingan qarorga muvofiq bankning yuridik nomi o’zgartirildi. Bankning yangi yuridik nomi – Aktsiyadorlik-tijorat banki - «O’zbekiston sanoat-qurilish banki» deb e'lon qilindi.
Bugun Ipoteka-bank ATIB Toshkent viloyati filiali yurtimiz kelajagiga daxldor yirik investitsiyaviy loyihalarni moliyalashtirish, neft-gaz, energetika, qurilish, transport, aloqa va ta'minot korxonalariga moliya-kredit xizmatlarini ko’rsatish, etakchi tarmoqlarni moliyalashtirish, bankrot korxonalarni sog’lomlashtirish, aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash, tadbirkorlikni rivojlantirish kabi barcha sohalar rivojiga o’z hissasini qo’shib keluvchi mamlakatimiz moliya bozorining etakchi tijorat banki mav­qeiga egadir.
Ipoteka-bankning tarixi milliy iqtisodiyotimizning taraqqiyoti hamda mamlakatda sanoatning qayta tiklanishi bilan bevosita bog’liqdir. Sanoatning tayanch tarmoqlarini texnik va texnologik qayta jixozlash, modernizatsiya qilish bo’yicha investitsion loyihalarni amalga oshirish orqali respublikamizning iqtisodiy salohiyatini yanada yuksalishiga imkon yaratilmoqda.
Shuningdek bank tomonidan mamlakatimiz aholisiga chakana xizmatlar ko’rsatishga ham alohida e'tibor berilib, bank infrastrukturasi muntazam ravishda kengaytirilmoqda, xizmat ko’rsatish sifatlari oshirilib yangi xizmatlar taqdim qilinmoqda.
“Ipoteka-bank” o’zining mamlakatimiz bo’ylab joylashgan bo’linmalari orqali 1 millionga yaqin mijozga salkam 50 turdagi an'anaviy va zamonaviy bank xizmatlari ko’rsatayotgani uning iqtisodiy salohiyatidan darakdir.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi doirasida bank tomo-nidan tadbirkorlarga berilayotgan kreditlar xajmi yanada oshirildi, ular o’rtasida tanlovlar o’tkazilib, eng yaxshi loyihalar qimmat baho sovg’alar va imtiyozli kreditlar bilan taqdirlandi.
Shuningdek Ipoteka-bank ATIB Toshkent viloyati filiali tomonidan aholiga sifatli yangi turdagi bank mahsulotlari va xizmatlarini joriy etish bo’yicha muntazam ishlar olib boriladi. Bunda asosiy e'tibor axborot texnologiyalari asosida ishlab chiqilgan innovatsion mahsulotlarga e'tibor qaratiladi. Bularga misol tariqasida Ipoteka-bankning “Domashniy bank”, “Shaxsiy kabinet”, “UzCard-online” plastik kartochkasi, Internet-banking, Bank-mijoz, SMS-banking, Infokiosk orqali to’lovlar, halqaro pul o’tkazmalari, Visa plastik kartochkalari, imtiyozli Visa gold kartochkalari, shuningdek mijoz hoxishiga ko’ra ixtiyoriy dizaynli – Visa picture card kabi zamonaviy bank xizmatlarini keltirish mumkin.
«Ipoteka-bank” ATIBning samarali faoliyati sirasiga yana bir misol tariqasida “Axbor – reyting” agentligi bankning kredit reytingini 2013 yil yakunlariga ko’ra, milliy shkala bo’yicha eng yuqori baho “uzAQ” darajasida «Ijobiy» prognozi bilan tasdiqlaganini keltirishimiz mumkin. Bankning barqaror rivojlanib borayotganligi xalqaro reyting kompaniyalari tomonidan ham tasdiqlanmoqda. Jahonda katta nufuzga ega “Fitch Ratings” xalqaro reyting agentligi «Ipoteka-bank” ATIB reytingini “BQG`B” darajasida “Barqaror” reyting darajasini qayta tasdiqladi. Shu bilan birga, hisobot yilida “Standard&Poor`s” xalqaro reyting agentligi ham bankka berilgan barcha reytinglarni “BARQAROR” istiqboli bilan qayta belgiladi.
Mamlakatimiz hududlarini rivojlantirish bo’yicha investitsion dasturlarni moliyalashtirish, tadbirkorlarni qo’llab quvvatlash, xalq iste'moli tovarlarini ishlab chiqarishda innovatsion g’oyalarni tadbiq qilish, iste'mol kreditlari hajmini yanada oshirish –bankning asosiy vazifalari bo’lib qoladi.
Bankning asosiy yirik aktsionerlari: O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi, O’zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi hamda iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlari korxonalari.
Yuqori turuvchi organlar nomi:
1) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi;
2) O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi;
3) O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki.


  1. Download 431.06 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling