Ipoteka-bank atib toshkent viloyati filialining tarkibiy bo’linmalari va ularning asosiy vazifalari


Investitsiyaviy loyihalarni ko’rib chiqish uchun zarur bo’lgan hujjatlar ro’yxati


Download 431.06 Kb.
bet16/16
Sana22.06.2023
Hajmi431.06 Kb.
#1646419
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Xoliqulov Rustam Ipoteka bank

Investitsiyaviy loyihalarni ko’rib chiqish uchun zarur bo’lgan hujjatlar ro’yxati:
Kredit olish uchun ariza;

  • Ustav va Ta'sis shartnomasi nusxasi (notarial tarzda tasdiqlangan);

  • Albatta pul oqimi tahlili ko’rsatilgan biznes-reja;

  • Korxonaning so’nggi uch yil uchun choraklar bo’yicha soliq inspektsiyasi tomonidan tasdiqlangan buxgalterlik hisoboti, tarkibi: №1 shakl -balans, №2 shakl – moliyaviy natijalar haqida hisobot, debitorlik va kreditorlik qarzdorligi talqini.

  • Ta'minot bo’yicha shartnoma (jihoz; xom ashyo va materiallar; ishlab chiqarilayotgan mahsulotni sotish bo’yicha);

  • Ishlab chiqarishga mo’ljallangan ko’chmas mulkni tasdiqlovchi hujjat yoki ijara shartnomasi;

  • Xarid qilinayotgan jihozlarning texnik pasportlari, raqobat varag’i;

  • Ta'minot turlaridan biri;

  • Ushbu ro’yxat yakuniy emas, bank zaruratga ko’ra boshqa hujjatlarni ham talab qilish huquqini saqlab qoladi.

Investitsiyaviy loyihalarni moliyalash uchun kredit berilishining asosiy shartlari:

  • Investitsiyaviy loyihalarni moliyalash uchun kredit berilishi qarzlarni qoplash vositasi sifatida asosan pul oqimini va loyiha daromadlarini nazarda tutadi;

  • Investitsiyaviy loyihalarni moliyalash uchun kreditlar milliy va horijiy valyutada naqd pulsiz shaklda beriladi;

  • Investitsiyaviy loyihalarni moliyalash faqat O’zbekiston Respublikasi rezidentlariga taqdim etiladi;

  • Kredit hisobidan xarid qilinadigan mulk, u likvid bo’lgani taqdirda ushbu kredit bo’yicha garov predmeti hisoblanadi;

  • Kreditdan foydalanish muddati loyihaning qoplanishidan kelib chiqib belgilanadi;

  • Foiz stavkasi hajmi kredit shartomasi asosida o’zaro kelishilgan holda belgilanadi.

Kreditning va u bo’yicha foizlarning to’lanishi prognoz qilinayotgan pul oqimini hisobga olgan holda to’lov jadvali asosida amalga oshiriladi.


Xulosa

ATIB Ipoteka-bank yetakchi xorijiy va respublika kredit hamda moliya tashkilotlari bilan o’zaro hamkorlik qilgan xolda, o’z mijozlariga xalkaro hisob-kitoblar sohasida keng ko’lamli xizmatlarni taklif etadi, mijozlarni qulay xizmat ko’rsatish sharoitlari bilan ta'minlaydi. ATIB Ipoteka-bank 100 dan ortiq vakillik banki, jumladan dunyoning 58 mamlakatida 110 ta xorijiy banki bilan hamkorlik qiladi.


ATIB Ipoteka-bank yetakchi xorijiy tashkilotlar bilan hamkorligi

Xususiy tadbirkorlik sektorini rivojlantirish Islom korporatsiyasi liniyasi (Saudiya Arabistoni)

Tadbirkorlik loyihalariga xorijiy valyutada kredit ajratish

Landesbank Berlin AG (Germaniya)

Tadbirkorlik loyihalariga xorijiy valyutada kredit ajratish

Eximbank (Xitoy Xalq Respublikasi)




Uy-joy fondiga suv va issiqlik sarfini hisobga olish jihozlarini «kaliti bilan» o‘rnatish investitsiya loyihasini amalga oshirish

Eximbank (Koreya Respublikasi)

Tadbirkorlik loyihalariga xorijiy valyutada kredit ajratish

«Western Union» MChJ (Sharq sho‘basi)

Xalqaro pul o‘tkazmalarini amalga oshirish

«Золотая Корона» (Rossiya)

Xalqaro pul o‘tkazmalarini amalga oshirish

«MoneyGram» to‘lov tizimi (AQSh)

Xalqaro pul o‘tkazmalarini amalga oshirish

«Юнистрим» bank (Rossiya)

Xalqaro pul o‘tkazmalarini amalga oshirish

JP Morgan Chase (AQSh)

Vakillik aloqalari

Commerzbank AG (Germaniya)

Vakillik aloqalari, moliyalashtirish 

Landesbank Berlin AG (Germaniya)

Vakillik aloqalari, moliyalashtirish 

Raiffeisen Bank International (Avstriya)

Vakillik aloqalari

Азиа Инвест Банк (Rossiya)

Vakillik aloqalari

The Bank of Tokyo-Mitsubishi 

Vakillik aloqalari

Промсвязьбанк (Moskva)

Vakillik aloqalari

Manba: ATIB Ipoteka-bank rasmiy sayti ma’lumotlari asosida shakllantirildi
Ular orasida UBS AG, Citibank N.A., JP Morgan Chase Bank, Landesbank AG, Commerzbank AG, Landesbank Baden- Württemberg, Banque de commerce et de placements S.A., Raiffeisen bank international AG kabi Evropa va AQSHning nufuzli banklari bor. Respublikamizning muvaffaqiyatli va xorijda e'tirof etilgan banklaridan biri bo’lgan “O’zsanoatqurilishbank” ATB o’z mijozlariga tashqi savdo faoliyati bo’yicha kompleks xizmatlarni ko’rsatayotgani, malakali maslaxat berayotgani, zarurat tugilganda esa, aloxida hisob-kitob sxemalarini ishlab chiqayotgani uning xalkaro moliya bozorida yuksak amaliy obro’ga egaligidan dalolat beradi.
Bankning ishonchli hamkor sifatida obro’ga egaligi tufayli uning akkreditivlari va inkassosi qiymati 350 million AQSh dollaridan ortadigan liniya hisobidan dunyoning barcha etakchi banklari tomonidan qabul qilinmokda, keng tarmoqli vakillik banklari va zamonaviy aloqa vositalari xujjatli operatsiyalarni qisqa muddat ichida amalga oshirish imkonini bermoqda.
Bank birjadan tashqari valyuta bozorida xorijiy valyutani sotib olish va sotish operatsiyasini amalga oshiradi. Yuridik shaxslar amaldagi qonunchilikka muvofiq xorijiy valyutani sotib olish va sotish imkoniga ega.
Bankning mijoz korxona va tashkilotlari xorijiy valyuta xarid qilgan xollarda bankka O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan shakldagi konvertatsiya qilish to’grisida ariza va zarur xujjatlarni taqdim etadi. Mijozlarning taqdim etilgan arizalari Bankda tashkil qilingan ekspert guruxi tomonidan uch kunda ko’rib chiqiladi.

1 Ўлмасов А, Ваҳобов А.. Иқтисодиёт назарияси. Дарслик(тўлдирилган ва қайта ишланган нашри) Т.: Тошкент “ИҚТИСОД-МОЛИЯ” 2014 й, 424-б.

2 Ўзбекистон Республикаси Статистика Қўмитаси маълумотлари.www.stat.uz


Download 431.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling