Ipoteka-bank atib toshkent viloyati filialining tarkibiy bo’linmalari va ularning asosiy vazifalari
O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining raqobatbardoshligiga ta’sir etuvchi omillar tahlili
Download 431.06 Kb.
|
Xoliqulov Rustam Ipoteka bank
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4-rasm. YAIM ning tarmoq tarkibi.(foiz hisobida) 2
O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining raqobatbardoshligiga ta’sir etuvchi omillar tahlili
Milliy iqtisodiyotni makroiqtisodiyot darajasida baholash, ilmiy-texnologik salohiyat, mehnat resurslarining mavjudligi va malakasi, xalqaro savdo munosabatlarida mamlakatning ishtirok etish darajasi, infratuzilma holati, mamlakatdagi ichki siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy holat mamlakat rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi va uning raqobatbardoshligini ifodalovchi asosiy omillar hisoblanadi. YUqorida fikr yuritganimizdek, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirishda asosiy omillar bo‘lib, bularga asosan makroiqtisodiy barqarorlikka erishish; iqtisodiyotni tarkibiy modernizatsiya va diversifikatsiya qilish; mehnat unumdorligini oshirish; kreditlash tizimini yaxshilash; innovatsiyalar yaratish va amalyotda qo‘llash; infratuzilmani rivojlantirish; jozibador ishbilarmonlik muhitini yaratish; davlat iqtisodiy siyosatining ochiqligi; aholining yashash farovonligini yaxshilash; kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga keng yo‘l ochib berish va boshqalar milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligini oshirishning asosiy omillari bo‘lib xizmat qiladi. Milliy iqtisodiyotni raqobatbardoshligini oshirishda asosiy omillar sifatida quyidagilarni keltirish muhimdir. iqtisodiyotni izchil isloh etish, tarkibiy jihatdan o‘zgartirish va diversifikatsiya qilish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarning amalga oshirish; makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash; real sektor korxonalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida iqtisodiyotda soliq yukini pasaytirish va boshqa qator imtiyozlarning joriy qilish; korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash hamda zamonaviy, yuksak texnologiyalarga asoslangan yangi ishlab chiqarishni tashkil etish borasida faol investitsiya siyosatining yuritilayotganligi; bozor islohotlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni liberallashtirish, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, raqobatni kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirishga qaratilgan dasturiy vazifalarning o‘z vaqtida amalga oshirish; moliya-bank tizimiga berilayotgan e’tibor va uning natijasida tarmoq va sohalarning barqaror rivojlanib borayotganligi va x.k. Shuningdek milliy iqtisodiyotning raqobatbarboshligini belgilovchi omillardan yana biri bu iqtisodiyotni tarkibiy modernizatsiya va diversifikatsiya qilish omilidir. Ushbu omil quyidagicha talqinga ega. YA’ni, Xomashyo bo‘lmagan ya’ni tayyor mahsulotlar eksportini oshirish; Iqtisodiyotda sanoat tarmog‘ining ulushini oshirish; Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka keng yo‘l ochish va h.k. Ma’lumki YAIM ko‘rsatkichi mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini belgilab beruvchi, asosiy makroitisodiy ko‘rsatgich bo‘lib, uning asosiy tarmoq tarkibi asosan ssanoat, qishloq xo‘jaligi, transport, qurilish va boshqa tarmoq va sohalar tashkil qiladi. Bugungi kunda mamlakatimiz YAIM hajmi yaratilishida asosiy tarmoq hisoblangan tarmoq bu sanoat tarmog‘ini tashkil qiladi va ushbu tarmoqning respublika YAIMi dagi ulushi 24,1 foizni tashkil qilmoqda. O‘tgan 2014 yilda ushbu tarmoqning o‘sish sur’ati 8,3 foizni tashkil qildi (o‘tgan 2013 yilga nisbatan). Bugungi kunda mamlakatimizda keng ko‘lamli takibiy islohotlar natijasida sanoat ishlab chiqarish hajmi ko‘payib, YAIM hajmidagi ulushi ortib bormoqda. 2000 yilda YAIM da sanoat tarmog‘ining ulushi 14,2 foizga teng bo‘lgan bo‘lsa, 2014 yilga kelib esa bu ko‘rsatkich YAIM dagi ulushi 24,1 foizga ko‘paygan. Shuningdek respublika YAIM tarkibida xizmat ko‘rsatish tarmog‘ining ulushi 2000 yilda 37,0 foizni tashkil qilgan va samarali tashkil qilingan ishlar natijasida 2014 yilga kelib ushbu tarmoqning YAIM dagi ulushi 54,0 foizni tashkil qilmoqda(4-rasm). 4-rasm. YAIM ning tarmoq tarkibi.(foiz hisobida)2 Shuningdek rasmda, qishloq xo‘jaligi tarmog‘ining YAIM dagi ulushi 37.4 foizni (1991 yil) tashkil qilgan, bugungi kunda esa ushbu tarmoqning YAIM dagi ulushi 17,2 foizga tushganligi keltirilgan,(2014yil). Mustaqillik yillarida xom-ashyo resurslarini chuqurroq qayta ishlash, yuqori qo‘shilgan qiymatli tovarlar ulushining ortishiga qaratilgan tarkibiy siyosatni amalga oshirish natijasida mamlakat yalpi ichki mahsulot tarkibida qishloq xo‘jaligi ulushining pasayishi va sanoat, xizmat ko‘rsatish sohalarining ulushini ortishi kuzatilayotganligi ifodalangan. Shu bilan birgalikda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning YAIMdagi ulushi o‘z navbatida 1991 yilda 1,5%ni tashkil etgan bo‘lsa, 2014 yilda 56% ga etdi; 1991-2014 yillar mobaynida YAIMda sanoat ulushi 2,2 barobar, ya’ni 11%dan 24,1 % ga o‘sdi; 1991 yilda eksport tovar tarkibining qariyib 90 foizini xom-ashyo mahsulotlari tashkil etgan bo‘lsa, hozirgi kunda qariyib 70% dan ortig‘ini tayyor mahsulotlar tashkil etishiga erishilgan. 1-jadvalda esa Respublika asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari keltirilgan bo‘lib, 2014 yilda YAIM real qiymati bo‘yicha 8,1 foizga o‘sdi (2013 yilga nisbatan). Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, nominal qiymati bo‘yicha YAIM ishlab chiqarish hajmi o‘sish tendensiyasiga egadir. Jumladan 2011yilda real qiymati bo‘yicha YAIM hajmi 77750 trln so‘mni, o‘tgan yilga nisbatan 108,3 foizga o‘sgan. 2014 yilda ham yuqori o‘sish sur’atlari saqlangan holda, umumiy hisobda 144867,9 mlrd so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilgan. YAIM ning ushbu qiymati 2011 yil bilan taqqoslaganda, ikki barobar oshganligini ko‘rishimiz mumkin. Shuningdek, qishloq xo‘jaligi moddiy-texnika bazasi va infratuzilmasini mustahkamlash, erlarning meliorativ holatining yaxshilanishi, sug‘oriladigan erlardan yanada samarali foydalanishni tashkil etilishi, jadal agrotexnologiyalarning joriy etilishi hamda qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligining oshishi natijasida, qishloq xo‘jaligi yalpi mahsuloti 6,9%ga o‘sdi, aholi jon boshiga o‘rtacha real daromadlar esa 10,1%ga o‘sdi, bu esa chakana tovar aylanmasining 14,3%ga va pullik xizmatlarning 11,4%ga o‘sishida aks etdi. Shuningdek tarmoq va sohalarda yuqori qo‘shilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarilishi, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, eksportni diversifikatsiyalash hisobiga erishilmoqda va natijada milliy iqtisodiѐtning raqobatdoshligini oshirilmoqda. Ma’lumki mamlakatimizda yaratilayotgan YAIM ning shakllanishida asosiy tarmoq va sohalar hisobidan shakllantirilib, bularga yuqorida ta’kidlaganimizdek asosiy tarmoqlar sanoat, qishloq xo‘jaligi, transport va aloqa, qurilish va boshqa tarmoqlar hisobidan yaratiladi. Jumladan sanoat tarmog‘ining YAIM dagi ulushi yuqorida aytganimizdek 24,1 foizni ya’ni tarmoqda umumiy qiymati 75194 trln. so‘mlik tovar va xizmatlar yaratilgan (2014 yil). 2011 yilda tarmoqning real YAIM hajmi 41655,9 mlrd.so‘mni tashkil qilgan va shu bilan birga Respublika YAIM dagi ulushi 24,0 foizni tashkil qilgan (1-jadval) 1-jadval Download 431.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling