Ipoteka-bank atib toshkent viloyati filialining tarkibiy bo’linmalari va ularning asosiy vazifalari


Sanoat tarmoqlar bo‘yicha o‘sish surati (o‘tgan yilga nisbatan, foizda)


Download 431.06 Kb.
bet13/16
Sana22.06.2023
Hajmi431.06 Kb.
#1646419
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Xoliqulov Rustam Ipoteka bank

Sanoat tarmoqlar bo‘yicha o‘sish surati (o‘tgan yilga nisbatan, foizda)

Sanoat tarmoqlari




Yillar

2000

2005

2006

2007

2008

2009

2010

2011

2012

2013

2014

2000-2014 yillarda o‘rtacha yillik darajasi

Sanoat , jami

105,9

107,2

110,8

112,1

112,7

109,0

108,3

106,3

107,9

108,8

108,3

108,6

Undiruvchi sanoat

102,7

102,6

104,6

105,3

108,0

105,7

103,3

103,1

105,1

103,8

104,5

103,7

Qayta ishlash tarmog‘i

109,3

114,2

122,1

122,2

118,1

113,0

116,6

110,8

111,2

115,1

112,3

115,2

Elektroenergetika

101,1

97,8

106,4

101,8

97,7

101,7

102,7

101,0

103,0

100,8

102,2

100,7

YOqilg‘i

99,7

99,1

105,1

110,1

125,9

110,0

104,1

100,3

104,8

101,3

98,1

104,1

Qora metallurgiya

118,7

105,3

111,6

111,9

105,4

106,7

107,7

106,3

106,5

105,4

116,5

110,68

Rangli metallurgiya

102,5

97,6

99,2

101,4

94,9

102,6

99,1

102,4

102,6

103,5

101,7

101,2

Kimyo va neft kimyo

115,8

108,1

117,1

118,3

109,1

111,6

117,1

107,9

106,8

101,9

108,9

110,26

mashinasozlik va metalga ishlov berish sanoati

89,7

131,1

124,2

129,5

124,2

118,0

112,8

112,2

113,9

121,1

113,5

119,4

Qurilish materiallari sanoati

104,3

110,4

112,2

114,9

111,6

111,5

105,8

111,9

113,0

113,6

110,7

110,9

Engil

117,0

111,9

108,2

108,0

105,6

105,5

117,9

104,7

112,9

113,2

116,1

109,9

Oziq-ovqat

108,5

111,8

130,2

117,6

126,2

108,4

113,1

113,1

105,0

109,1

107,6

113,1

Boshqalar

110, 6

110,7

120,5

120,1

114,0

111,1

109,4

114,3

108,9

111,3

109,8

112,5




Manba:O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi ma’lumotlari. www.stat.uz.

Yuqoridagi jadvalda, sanoat tarmoqlarining umumiy hajmda yuqori o‘sishi suratlari ta’minlanib, barcha tarmoqlar samarali faoliyati ta’minlanganligini ko‘rishimiz mumkin. Yuqori o‘sish sur’atlari ta’minlangan tarmoqlarga misol tariqasida, sanoatning qayta ishlash tarmog‘i, engil va oziq-ovqat sanoati, mashinasozlik va metallni qayta ishlash tarmog‘i, qurilish materiallari sanoati, kimyo va neft-kimyo sanoati kabi tarmoq va sohalarning izchil yuqori o‘sganligini guvoxi bo‘lishimiz mumkin. Jumladan, metalni qayta ishlash va mashinasozlik sanoatining ishlab chiqarish hajmi 2000 yilda 10,3 foizga o‘tgan yilga nisbatan kamayishi yuz bergan va keyinchalik tarmoqda ishlab chiqarishni rivojlantirish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar natijasida 2014 yilda tarmoq ishlab chiqarish hajmi 19.5 foizga oshganligini guvohi bo‘lamiz. SHuningdek engil sanoat ishlab chiqarish hajmi kamayish tendensiyasiga ega bo‘lib, 117 foizdan, 116,1 foizga tushgan. Kimyo va neft kimyo sanoatida ham ishlab chiqarish hajmi o‘sgan bo‘lib, 115 foizdan(2000 yil), 108,9 foizga tushgan,(2014 yil).

  1. Ipoteka-bank faoliyatini investitsion loyihalar asosida rivojlantirish istiqbollari

«Ipoteka-bank” ATIB mijozlarning tashqi iqtisodiy faoliyatiga bank xizmatlarining to’liq majmuasini ko’rsatishga katta e’tibor qaratadi. Bank doimiy ravishda mijozlarning tashqi iqtisodiy faoliyatiga ko’rsatiladigan xizmatlarning turlarini kengaytirib boradi va shu bilan birga ushbu sohadagi yangiliklarni amaliyotga joriy etadi.
Bank mijozlari – tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilari – zamonaviy hisob-kitob instrumentlari hamda texnologiyalar vositasida xorijiy hamkorlar bilan valyuta operatsiyalarini amalga oshirish imkoniyatiga egadirlar. Bankning malakali mutaxassislari ularga xorijiy valyutadagi bitimlarni amalga oshirishning har qanday bosqichida o’z maslahatlarni berib boradilar. O’zbekiston Respublikasining “Valyutani tartibga solish to’grisida”gi Qonuni va tashqi iqtisodiy faoliyat soxasidagi amaldagi qonunosti me'yoriy xujjatlarga muvofiq, bank quyidagi xizmat turlarini taklif etadi:

  • Eksport-import operatsiyalari bo’yicha xizmatlar

  • Konversiya operatsiyalarini amalga oshirish

  • Xujjatli operatsiyalarni amalga oshirish

  • Xalqaro to’lovlar va vakillik munosabatlari

  • Diling operatsiyalari

Eksport-import operatsiyalarini ro’yxatga va xisobga olish
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 21.07.2014 yildagi 199-sonli Qaroriga asosan hamda xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning operatsiyalari bo’icha monitoring o’tkazish maqsadida bank Tashqi savdo operatsiyalari yagona elektron ahborot tizimi dasturidagi ma’lumotlarni shartnoma shartlariga asosan solishtirib chiqadi (shu jumladan O’zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida ekspertizadan o’tkazilishi kerak bo’lgan shartnomalar bo’yicha sharnoma shartlariga Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining hulosasi bo’lsa).
Tashqi savdo shartnomalatiga qo’llanilayotgan talablar amaldagi me’yoriy hujjatlarga mos kelishi kerak (“Eksport-import operatsiyalari bo’yicha valyuta nazoratini ta’minlash choralari to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 20.04.1994 yildagi PF-837-sonli Farmoni, “O’zbekiston Respublikasida tashqi savdo operatsiyalari monitoringini takomillashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 21.07.2014 yildagi 199-sonli Qarori, “Birjadan tashqari valyuta bozorini yanada rivojlantirish va mustahkamlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 24.06.2000 yildagi 245-sonli Qarori). Uning ijrosi barcha tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilariga majburiydir.
“Ipoteka-bank ATIB Toshkent viloyati filiali quyi filiallarining tashqi savdo operasialari bo’yicha ma’sul xodimlari tomonidan mijozlarning tashqi savdo shartnomalari ma’lumotlarini “E-Kontrakt” dasturiga sifatli va o’z vaqtida kiritilishida malakali maslahatlar xizmati bepul berib boriladi. Mazkur xizmat yuzasidan takliflar va shikoyatlar Bosh bankning 120-35-90 yoki 120-45-00 (ichki 11-29) telefon raqamiga qabul qilinadi”.
Konversiya operatsiyalari
Bank birjadan tashqari valyuta bozorida xorijiy valyutani sotib olish va sotish operatsiyasini amalga oshiradi. Yuridik shaxslar amaldagi qonunchilikka muvofiq xorijiy valyutani sotib olish va sotish imkoniga ega.
Bankning mijoz korxona va tashkilotlari xorijiy valyuta xarid qilgan xollarda bankka O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan shakldagi konvertatsiya qilish to’grisida ariza va zarur xujjatlarni taqdim etadi. Mijozlarning taqdim etilgan arizalari Bankda tashkil qilingan ekspert guruxi tomonidan uch kunda ko’rib chiqiladi.
Taqdim etilgan xujjatlar belgilangan talablarga mos kelsa, ekspert guruxi tomonidan bank xulosasi tayyorlanadi.
Bank mijoz korxona va tashkilotlariga xorijiy valyutani sotish, bitta xorijiy valyutani boshqasiga konversiya qilish amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
Quyidagi me'yoriy xujjatlar konversiya operatsiyalarini o’tkazish tartibini belgilaydi va tartibga soladi:
- O’zR VM 2001 yil 10.07 dagi “Birjadan tashqari bozorni tashkil etish va uning faoliyat ko’rsatishi bo’yicha chora-tadbirlar to’grisida”gi 294-karori;
- O’zR VM 2001 yil 22.06 dagi “Birjadan tashqari valyuta bozorini yanada erkinlashtirish chora-tadbirlari to’grisida”gi 263-qarori.

Download 431.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling