Seminar mavzusi : madaniyat va san’at muassasalari moliyasi funksiyasi, vazifalari va uning xususiyatlari
Download 311.17 Kb. Pdf ko'rish
|
SEMINAR MAVZUSI
SEMINAR MAVZUSI : MADANIYAT VA SAN’AT MUASSASALARI MOLIYASI FUNKSIYASI, VAZIFALARI VA UNING XUSUSIYATLARI. SEMINAR REJASI: 1.Madaniyat va san’at muassasalari moliyasining iqtisodiy mohiyati va uning funksiyasi hamda asosiy vazifalari 2.Madaniyat va san’at muassasalari moliyasini direktiv va bozor munosabatlari sharoitidagi nodirektiv xarakterdagi boshqarish usullari 3.Tijorat asosida faoliyat yurituvchi madaniyat va san’at muassasalari tashkilotlari faoliyati 4.Madaniyat va san’at muassasalarini notijorat faoliyatga asoslangan muassasalar va tashkilotlar moliyasining xususiyatlari XULOSA VA TAKLIFLAR SEMINAR MAQSADI: madaniy faoliyat va uning doirasida yuritiladigan maqsad va vazifalar, vakolatlar, huquq va majburiyatlar aniq ifodalash, tushuntirish. Prezidentimiz tomonidan joriy yil 20-yanvar kuni “Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari toʻgʻrisida” gi Qonun imzolandi. Qayd etish joiz, ushbu hujjatda madaniy faoliyat va uning doirasida yuritiladigan maqsad va vazifalar, vakolatlar, huquq va majburiyatlar aniq ifodalandi. Vazirlar Mahkamasi, Madaniyat vazirligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, “Oʻzbekkino” Milliy agentligi, mahalliy hokimliklarning madaniy faoliyat sohasidagi vakolatlari hamda vazifalari aniq ajratilgan holda belgilandi. Qonunning “Asosiy tushunchalar” nomli bobida “ijodkor”, “ijodiy jamoa”, “ijodiy faoliyat”, “madaniy tadbirlar”, “madaniy tadbir tashkilotchisi”, “madaniyat xodimi” singari tushunchalarga atroflicha yuridik taʼrif berildi. Maʼlumki, madaniy faoliyat sohasida oʻtkazilgan turli tekshiruvlar jarayonida soha faoliyatiga tegishli xodimlarning mehnat faoliyatini toʻgʻri baholash bilan bogʻliq tushunmovchiliklar va noaniqliklar mavjud boʻlib, sohaning aniq maqsadlarini belgilash borasida qiyinchiliklar yuz bergan. Endilikda qonun bilan belgilab qoʻyilgan vakolatlar taʼrifi madaniy sohaga nisbatan huquqiy munosabatning obyektivlashuvini taʼminlab berishga xizmat qiladi. Madaniy faoliyatda sanʼat sohasining koʻplab yoʻnalishlarini toʻliq qamrash, ularning faoliyatini toʻgʻri baholash maqsadida soha mutaxassislarining maslahat organi boʻlgan tarmoq badiiy kengashlarini tuzishga muhtojlik mavjud. Endilikda tasarrufida madaniyat tashkilotlari boʻlgan davlat organlari va tashkilotlar, shuningdek, madaniyat tashkilotlari tomonidan teatr, musiqa va konsert faoliyati, sirk sanʼati va tasviriy sanʼat, arxitektura va dizayn boʻyicha tarmoq badiiy kengashlarini tashkil etish huquqi qonun bilan mustahkamlandi. Tarmoqlarga oid badiiy kengashlar tarkibiga, qoida tariqasida, taniqli ijodkorlar, madaniyat xodimlari, olimlar, mutaxassislar, madaniyat tashkilotlari assotsiatsiyalarining (uyushmalarining) vakillari kirishi mumkin ekanligi toʻgʻrisidagi qonuniy norma kiritildi. Shuningdek, fuqarolar va ijodkorlarning madaniy faoliyat sohasidagi mulk huquqi, mualliflik huquqi va turdosh huquqlar, ijod natijalarini olib chiqish va olib kirish huquqi, ularning oʻziga xos xususiyatlari qonunda koʻrsatib qoʻyildi. Mazkur Qonunda Madaniyat vazirligiga davlat-xususiy sherikchilik asosida ishlarni joriy etish masalalari ham koʻtarildi. Madaniyat va sanʼat muassasalarining tadbirkorlarga davlat-xususiy sherikchilik asosida berilishi Download 311.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling