Mavzu: C vitamini. Infografika. Son so‘z turkumi
Maqsad va vazifalar :
ta’limiy maqsad: C vitamini haqida ma’lumot, son va uning turlari haqida bilim berish;
tarbiyaviy maqsad: o‘quvchilarda vatanga muhabbat tuyg’usini shakllantirish bilan birga individual xususiyatlarini tarkib toptirish;
rivojlantiruvchi maqsad: tibbiy madaniyatlarini rivojlantirish;
Vazifalar: o‘quvchilarga vitaminlar haqida ma’lumot berish bilan bir qatorda chiroyli nutq hosil qila olish ko‘nikmasini shakllantirish, shuningdek son turkumiga oid grammatik bilimlarini oshirish.
Shakllantiriladigan kompetensiyalar: milliy va umummadaniy kommunikativ.
O‘quv jarayonining mazmuni: C vitamini haqida ma’lumot berish hamda grammatik bilimlarini shakllantirish.
Dars turi: yangi tushuncha, bilimlarni shakllantiruvchi, yangi mavzu o‘tish darsi.
Dars usuli: noan’anaviy.
Darsda qo’llanadigan metodlar: “Myunstterberg” metodi, rasmli diktant.
Dars jihozi: slaydlar, suratlar, tarqatma materiallar.
Texnik vositalar: kodoskop, monitor, kompyuter.
Kutiladigan natija:
O‘qituvchi: infografika yordamida mavzuni o’quvchilar aniqroq tushunishiga erishadi. Bu esa o’quvchilarning mavzuga faolligini oshirish bilan birga qiziqishlarini uyg’otadi.
O‘quvchi: mavzuga oid bilimlarni egallash bilan bir qatorda boshqa holatlarda ham infografika tuza olish ko‘nikmalari shakllanadi. Shu bilan birga infografika yordamida qisqa vaqt ichida ko‘p ma’lumotga ega bo‘ladilar.
Kelgusidagi rejalar:
O‘qituvchi: yangi pedtexnologiyalarni o‘zlashtiradi, o’quvchilarning yanada faolligini oshirish uchun eng yangi samarali usullarni o’rganadi va tatbiq qiladi.
O‘quvchi: har bir mavzu uchun taqdimot qilish istagi oshadi va mustaqil fikrlash, xulosa chiqarish malakasi rivojlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |