Mavzu: c vitamini. Infografika. Son so‘z turkumi Maqsad va vazifalar : ta’limiy maqsad
Download 0.93 Mb.
|
Dars ishlanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Darsning borishi: Tashkiliy qism: Salomlashish, davomat
- O‘tilgan mavzuni mustahkamlash
- Uyga vazifa muhokamasi
Darsning texnologik xaritasi:
Tashkiliy qism: Salomlashish, davomat 5 O’tilgan mavzuni mustahkamlash 10 Yangi mavzu bayoni 10 Yangi mavzuni mustahkamlash 17 O’quvchilarni baholash va uyga vazifa 3 Darsning borishi: Tashkiliy qism: Salomlashish, davomat Belanchaging uzra Koshg’ariy, Kuylab o’tdi qadim navoni. Va navqiron yaproqlaringga, Dil qonini berdi Navoiy Samarqanddan Bobur ketarkan, Dilda bo‘g’ib hasrat sasini. Olib ketdi ona-yurtidan, Turkiy tilim, birgina seni. Assalomu alaykum aziz o‘quvchilar, darsimizni bejizga yuqoridagi satrlar bilan boshlamadim. Bilamizki, ertaga 21-oktabr o‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining 33 yilligi yurtimiz miqyosida keng nishonlanadi. Shu munosabat bilan darsimizni tilga oid chiroyli misralar bilan boshlashni lozim bildim. (O‘quvchilar nazoratini qo‘lga olish, diqqatlarini qaratish hamda dars holatiga tayyorlash uchun she’r yoki aforizmlar bilan mashg’ulotni boshlash samarali usul) Navbatchi o‘quvchi yordamida davomat aniqlanadi. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash “Myunstterberg” metodi Quyidagi harfli matn orasidan mustaqil so’z turkumlarini topib tagiga chizing: XPUMKFE’LSNTO’BVFOTNFKJUEFII HBJBYZRABSIFATKDGNKGNOLMOSH LMSHJNFJKNJNGJNASFOLIMULOGOI DSSONFIRGHUYOGGLRAVISHNRMNI Oldindan tayyorlangan yuqoridagi test materiallari o‘quvchilarga tarqatiladi. Tezkorlik, zukkolik va grammatik bilmni talab etuvchi ushbu metodni bajarish uchun guruhlarga 1 daqiqa vaqt beriladi. Topilgan so‘zlar soniga qarab g’olib guruh aniqlanadi. Uyga vazifa muhokamasi: o‘quvchilar uyga vazifani taqdimot tarzida bajarib kelishadi. Taqdimot quyidagi savollar asosida tayyorlanadi. Taqdimot mavzusi “Do‘stimning yo‘lchi yulduzi” Sen hayotda qanday insonlarga havas qilasan? Yon atrofingda shunday insonlar bormi? Ular bunday fazilatga yoki yutuqqa qanday erishgan bo‘lishi mumkin? Hayotda eng buyuk maqsading nima? Taqdimot uchun har guruhdan 1 o‘quvchi taklif qilinadi (Taklif qilingan o‘quvchilar qur’a tashlab aniqlanadi, shunda har bir o‘quvchi tayyor holatda kelishadi) Taqdimot uchun 2 daqiqadan vaqt beriladi. Natijaga qarab guruhlar rag’batlantiriladi. Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling