Ko`hna va hamisha navqiron
Download 28 Kb.
|
Ko`hna va hamisha navqiron
KO`HNA VA HAMISHA NAVQIRONO`zbekiston tarixi davlat muzeyida Qarshi shahrining 2700 yilligiga bag`ishlangan "Ko`hna va navqiron shahar" mavzuida ko`rgazma ochildi. Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan 2005 yil 26 iyulda qabul qilingan "Qarshi shahrining 2700 yilligini nishonlashga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida"gi qaror jahon tsivilizatsiyasi va madaniyati tarixida o`ziga xos o`rin tutgan qadimiy shahar yubileyiga tayyorgarlik ishlari ko`lamining yanada kengayishida muhim dasturilamal bo`lib xizmat qilmoqda. Ayni paytda bu sana xalqimizda o`zlikni anglash, milliy davlatchiligimizning boy an`analari, umrboqiy ma`naviy merosimiz va qadriyatlarimizni asrab- avaylash, yoshlar qalbida Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg`ularini shakllantirishga xizmat qilmoqda. Ko`rgazma ekspozitsiyasi aynan shu nuqtai nazardan yondashilgan holda tashkil etilgani bilan ham ahamiyatlidir. Unda namoyish etilayotgan turli xaritalar, fotosuratlar, tarixiy ashyolar, noyob arxeologik topilmalar istiqlol yillarida yurtimizning qadimiy shaharlari tarixini mukammal va chuqur o`rganishga keng imkoniyat ochilganidan batafsil hikoya qiladi. Manbalarda qayd etilishicha, Buyuk Ipak yo`li yoqasida joylashgan ushbu shahar turli davrlarda Bolo, Naxshab, Nasaf kabi nomlar bilan yuritilgan. Dastlab Qashqadaryo vohasida "Naxshab" (suv naqsh bergan manzil) nomi bilan miloddan avvalgi VII-VIII asrlarda Erqo`rg`on hududida vujudga kelib, atroflari qal`a devori bilan o`ralgan. Ko`rgazmada qadimiy shaharning xaritasi, ko`hna xarobalar fotosuratlari bilan tanishish mumkin. Ko`rgazmada Shulluktepa, Qusam ota nomlari bilan bog`liq ko`hna yodgorliklar, Temur va temuriylar davrida barpo etilgan Ko`kgumbaz masjidi yodgorligi, tarixiy ko`prik va boshqa me`moriy obidalarning fotosuratlari, shaharning ilm-fan, madaniyati va milliy hunarmandligi tarixiga oid ma`lumotlar tomoshabin e`tiborini o`ziga jalb etadi. Shu bilan birga, bu erda voyaga etib, Nasafiy taxallusi bilan shuhrat qozongan o`ndan ortiq atoqli alloma o`zidan bebaho meros qoldirgan. Ko`rgazmaning alohida bo`limi shaharning bugungi hayotiga bag`ishlangan. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan Qarshida barpo etilgan yangi korxonalar, madaniyat va ma`rifat maskanlari, ilm va ta`lim dargohlari, ko`priklar va ravon yo`llar, sport inshootlari, maishiy xizmat shoxobchalari, savdo majmualari bugun shahar ko`rkiga ko`rk qo`shib turibdi. Ayni paytda bu qadimiy shahardagi obidalar ta`mirlanib, ko`cha va xiyobonlar yanada fayzli qiyofa kasb etmoqda. YuNESKO shafe`ligida o`tajak shahar yubileyi tantanalari ko`hna va navqiron Qarshining dovrug`ini dunyoga yanada keng yoyishiga shubha yo`q. Download 28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling