Mavzu: ko`hna va navqiron shaharlarimiz. Qadim Samarqandga bir kelib keting!


Download 0.83 Mb.
Sana12.03.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1263623
Bog'liq
Ko`hna va navqiron shaharlarimiz

Mavzu: ko`hna va navqiron shaharlarimiz.

Qadim Samarqandga bir kelib keting!


Qadimiy va hamisha navqiron Samarqand ta’rifiga til ojiz. Azim shahar haqida yaxlit tasavvurga ega bo’lish uchun bu erga, albatta, tashrif buyurish lozim. Bejizga bu ko’hna kent borib ko’rish shart bo’lgan dunyodagi 50 ta shahardan biri sifatida e’tirof etilgani yo’q.

Samarqandning Registon maydonida ikki yilda bir marta o’tkaziladigan “Sharq taronalari” musiqiy festivaliga tashrif buyurgan xorijlik mehmonlar nafaqat Samarqand shahri, balki viloyatning Pastdarg’om, Payariq, Jomboy, Urgut, Toyloq, Samarqand kabi tumanlariga ham kelib, hududlarning o’ziga xos jihatlari bilan tanishish baxtiga musharraf bo’lmoqdalar.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning o’tgan yil aprel oyida Samarqand viloyatiga tashrifi davomida takrorlanmas tarixiy, madaniy, me’moriy meros ob’ektlari bilan turistlarni keng tanishtirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish, ziyorat turizmini jonlantirish, umuman, qadimiy zaminning turizm salohiyatini yanada rivojlantirish bo’yicha bir qator ko’rsatmalar berilgan edi. Shundan kelib chiqib, ayni paytda muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Samarqand viloyatida ziyorat turizmini amalga oshirish bo’yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olingan.
Hududda 1105 ta arxeologik, 670 ta me’moriy, 37 ta diqqatga sazovor joy, 18 ta monumental, 21 memorial toifaga kiruvchi jami 1851 moddiy-madaniy meros ob’ekti mavjudligi bu boradagi imkoniyatlar nechog’lik yuqoriligi ko’rsatadi. Ziyoratchi sayyohlarga Amir Temur maqbarasi, Registon ansambli (Sherdor, Tillakori, Mirzo Ulug’bek madrasalari), Bibixonim va Xazrati Xizr masjidlari, Shohi Zinda yodgorligi, Xo’ja Doniyor ziyoratgohi, Mirzo Ulug’bek rasadxonasi, Samarqand tumanidagi Nodir devonbegi kompleksi, Xo’ja Ahror Valiy masjidi, Urgut tumanidagi G’avsul A’zam, Xo’ja Omon, Chor Chinor ziyoratgohlari, Payariq tumanidagi Imom Al Buxoriy majmuasi, Nurobod tumanidagi Xazrati Dovud ziyoratgohlari yo’nalishlari bo’yicha xizmat ko’rsatiladi. Barcha ziyoratgohlarda o’rnatilgan videokuzatuv moslamalari orqali jamoat tartibi nazoratga olingan, sayyohlar va mehmonlarning kirish chiqish jarayonlari bevosita turoperatorlar hamda ichki ishlar organlari vakillari ishtirokida amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, yangi marshrutlarga O’zbekiston tarixi, Afrosiyob, O’lkashunoslik muzeylari, Paxtachi tumanidagi Dobusiya shahristoni, Payariq tumanidagi Chelak-Ko’ktepa tarixiy yodgorligi, Maxdumi A’zam ziyoratgohi va boshqa ziyoratgohlar kiritilgan. Samarqand viloyatidagi muzeylar faoliyatini yanada kengaytirish, ularning xorijiy mamlakatlar muzeylari bilan, jumladan, ilmiy-tadqiqot yo’nalishida hamkorlikni kuchaytirish borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada Yaponiya, Frantsiya va Janubiy Koreyaning arxeologik institutilari va muzeylari mutaxassislari bilan aloqalar o’rnatilgan. Xususan, Afrosiyob muzeyining “Elchilar xonasi”dagi devoriy suratlarni bosqichma-bosqich asl holatiga keltirish ishlari olib borilayotgan bo’lsa, ko’hna Afrosiyob tepaligida joylashgan So’g’diyona (qadimdagi Maroqand yoki Afrosiyob) shahrining eski ko’rinishi aks ettirilgan 3D treki sayyohlarga namoyish etilmoqda. Samarqand davlat birlashgan tarixiy-me’moriy va badiiy muzey-qo’riqxonasi hamda O’zFA Arxeologiya instituti tomonidan Samarqanddagi madaniy-tarixiy obidalar to’g’risida tarixiy manba va ma’lumotlar joylashtirilgan broshyuralar va bukletlar tayyorlanayapti.

Bundan tashqari, viloyatdagi 37 ta diqqatga sazovor joy, 18 ta monumental maskanda 120 dan ortiq madaniyat xodimi faoliyat ko’rsatayotgan bo’lib, ular mehmonlarga tarixiy ob’ektlar haqida ma’lumotlar bilan yaqindan tanishtirishadi. 
Mavsumda har kuni 100 dan ortiq mehmonxonalarda mahalliy va xorijiy sayyohlarlarga xizmat ko’rsatilib, shahar markazi, shuningdek, tutash hududlardagi 30 dan ziyod restoranlarda milliy, koreys, rus va evropa taomlari tayyorlanib, ko’ngilochar tadbirlar tashkil qilinmoqda. Mehmonlarning ushbu maskanlarda bo’lishi viloyat hokimligi huzuridagi Ommaviy tadbirlarni tashkil etish va o’tkazish tartibini yanada takomillashtirish, ularni o’tkazishda fuqarolar xavfsizligini va jamoat tartibini saqlash chora-tadbirlarini kuchaytirish bo’yicha mas’ul komissiyasi tomonidan muhofazalangan.
Samarqand shahrida turistik mavsumda ziyoratchilar va sayyohlar oqimining ko’pliginini inobatga olib, “O’zbekiston temir yo’llari” aktsiyadorlik jamiyati hamda “O’zbekiston havo yo’llari” milliy aviakompaniyasi tomonidan qo’shimcha reyslarni tashkil etish yuzasidan takliflar kiritilgan. Bundan tashqari, shahar xalqaro aeroportida engil konstruktsiyali markaz loyihasi asosida turistlarga xizmat ko’rsatuvchi Axborot markazlari tashkil etilgan. Bu erda istagan kishi turistik ob’ektlar tushirilgan xaritalar, mamlakatimiz sayyohlik salohiyatini aks ettiruvchi turli tarqatma materiallar bilan tanishishi mumkin.

Turizm salohiyatini yanada kengaytirish, xorijiy sayyohlar va viloyat aholisi dam olishlari uchun qo’shimcha infratuzilma ob’ektlari sonini ko’paytirish maqsadida qabul qilingan Vazirlar Mahkamasi qaroriga binoan, 2017 — 2018 yillarda qiymati 26 milliard 150 million so’mlik 14 ta yangi mehmonxona qurilishi belgilangan. Shundan 6 tasi Samarqand shahrida, Samarqand va Urgut tumanlarida 2 tadan, Jomboy, Nurobod, Bulung’ur, Qo’shrabot tumanlarida bittadan yangi mehmonxona bunyod etiladi. Umuman, 2021 yilga borib, hududda 40 ta yangi mehmonxona barpo etiladi. 
Ta’kidlash kerakki, bu boradagi ishlarga allaqachon kirishilgan. Sobiq “Alpomish” AJga tegishli erda “Samarqand siti” turistik kompleksi, Samarqand eshkak eshish kanali hududida Xalqaro sport-sog’lomlashtirish va turistik-rekreatsion majmuasi, Universitet xiyobonidagi “Inturist” mehmonxonasi o’rnida “Qorako’l stroy servis” MChJ tomonidan yangi mehmonxona qurish choralari ko’rilayotgani, “Afrosiyob Palas” mehmonxona kompleksi rekonstruktsiya qilish uchun Turkiyaning “ATA INSAAT” kompaniyasiga taqdim etilayotgani shunday sa’y-harakatlar samarasidir. 
Samarqand tumani, Oqsoy fuqarolar yig’inidagi “Hazrati Dovud” qadamjosiga boruvchi yo’llar qayta ta’mirlandi, yo’l bo’yi infratuzilmasi qayta ko’rib chiqilib, obodonlashtirildi. Hududdagi tadbirkorlarga maishiy xizmat va servis ko’rsatish uchun er maydonlari ajratib berildi. Pirovardida bu joyda tibbiy sog’lomlashtirish, sport majmualari, 2 ta zamonaviy mehmonxona ishga tushirildi. Qadamjo hududidagi savdo, servis va umumiy ovqatlanish ob’ektlari zamonaviy ko’rinishga keltirildi. Buning uchun tashabbuskorlarning 56 milliard so’m va tijorat banklarining 4 milliard so’m kreditlari jalb etildi.

Shu bilan birga, viloyatda qishloq xo’jaligi, ekologik va sport turizmni rivojlantirish bo’yicha tumanlar hokimliklari bilan birgalikda loyihalar tayyorlanib, ularning aksariyatida ishlar boshlab yuborildi. Kattaqo’rg’on tumanidagi “Ergash ota”, Oqdaryo tumanidagi “Ustoz” sihatgohlari sog’lomlashtirish uchun mo’ljallangani Jomboy tumanidagi “Chilmaryam-ota” dam olish maskani, Qo’shrabot tumanidagi Pangat, Qizilbel, Qoratosh, Jonbuloq aholi punktlari ajoyib tabiati, xushhavosi bilan alohida ajralib turadi. Urgut tumanidagi “Omonqo’ton” g’ori, Tayloq tumanidagi “Qorasuv” oromgohi, Katta o’zbek trakti bo’yidagi Samarqand eshkak eshish kanali, Samarqand tumanidagi “Ohalik” va “Mironqul” aholi punktlari .... Hududda bunday e’tibor tortar manzillar juda ko’p.
Xullas, Samarqand viloyatdagi turizm imkoniyatlari xususida ko’p va xo’p gapirish mumkin. Yaxshisi, o’zingiz bir kelib keting, qadim Samarqandga! 
Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling