Seminar mavzusi : madaniyat va san’at muassasalari moliyasi funksiyasi, vazifalari va uning xususiyatlari


Download 311.17 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana27.12.2022
Hajmi311.17 Kb.
#1068336
1   2   3
Bog'liq
SEMINAR MAVZUSI

byudjet xarajatlarining kamayishi, yangi ish oʻrinlarining yaratilishi, madaniy 
obyektlar moddiy-texnik bazasining mustahkamlanishi, madaniy xizmat koʻrsatish 
xizmati sifatining oshishini taʼminlashga zamin yaratadi. 
Qonunda ommaviy-madaniy tadbirlar tushunchasiga aniqlik kiritilgan. 
Ushbu tadbirlarni oʻtkazish tartibi, yongʻin xavfsizligi, tez tibbiy yorda koʻrsatish, 
tadbir ishtirokchilarining xavfsizligini taʼminlash shartlari aniq koʻrsatib berilgan. 


Madaniy faoliyat sohasining oʻziga xos yana bir koʻrinishi — ijodiy 
buyurtmadir. Qonunchilikka ilk bor kiritilayotgan ushbu tushunchaga atroflicha 
yuridik taʼrif berilgan boʻlib, ijodkorlarning bu boradagi faoliyati buyurtmachi 
bilan tuzilgan shartnoma asosida amalga oshirilishi belgilangan. Shu bilan birga, 
ijodiy buyurtmani bajarganlik uchun ijodiy jamoalarga yoki ijodkorlarga 
mualliflik haqini toʻlash miqdori va tartibi qonun bilan belgilab qoʻyildi. 
Madaniyat markazlari, milliy madaniy markazlar, teatr, sirk, konsert 
tashkilotlari kabi madaniy tashkilotlarning har biriga taʼrif berilib, ularning bir-
biridan farqi, faoliyatining asosiy yoʻnalishlari hamda vazifalari, madaniy 
faoliyatda, shu jumladan, repertuar tanlashda mustaqil ekani koʻrsatib oʻtildi. 
Qonunda ilk bora madaniyat muassasalariga va tashkilotlarga madaniyat 
hamda sanʼat sohasida erishgan yutuqlari uchun “milliy” yoki “akademik” 
maqomini berish tartibi ham belgilandi. Unga koʻra, Vazirlar Mahkamasining 
taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “Milliy” 
yoki “Akademik” maqomi berilishi mumkin. 
Davlat madaniyat muassasalari va tashkilotlarining attestatsiyasi ular 
asosiy faoliyatining samaradorligini baholash, moddiy, mehnat va moliyaviy 
resurslardan oqilona foydalanish, ularning tuzilmalarini tartibga solish 
maqsadida uch yilda bir marta oʻtkazilishi qonun bilan belgilandi. 
Qonunda koʻrsatilishiga koʻra, olis va borish qiyin boʻlgan joylarda 
madaniyatni rivojlantirish, madaniyat tashkilotlarining faoliyatini yoʻlga qoʻyish, 
ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, aholining estetik ehtiyojlarini 
qanoatlantirish va aholiga koʻrsatilayotgan madaniy xizmatlar sifatini yaxshilash 
boʻyicha ishlarga davlat tomonidan ustuvor ahamiyat beriladi. 
Xalq ijodiyoti, xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy sanʼati, Oʻzbekiston 
xalq oʻyinlari jumlasiga kiruvchi madaniyat obyektlari qonun darajasida 
mustahkamlandi. 
Qonun bilan fuqarolar, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan 
shaxslarning madaniy faoliyat sohasidagi huquq va majburiyatlari belgilandi. 


Madaniyat yutuqlaridan foydalanish va jamiyatning madaniy hayotida ishtirok 
etish, 
ijodiy 
jamoalar 
tarkibida 
yoki 
mustaqil 
ravishda, 
kasbiy 
yoki nokasbiy (havaskorlik) asosda ijodiy faoliyat bilan shugʻullanish, oʻz 
ehtiyojlariga, manfaatlari va qobiliyatiga (imkoniyatlariga) muvofiq madaniy 
faoliyat yoʻnalishlarini erkin tanlash, oʻz mulkida turgan madaniy boyliklarga 
qonunchilikda belgilangan tartibda egalik qilish, ulardan foydalanish va ularni 
tasarruf 
etish, 
madaniy-ommaviy 
tadbirlar 
jarayonida 
qonunchilikda 
taqiqlanmagan turli ramzlardan va oʻz fikrini oshkora ifoda etishning boshqa 

Download 311.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling