Ipoteka-bank atib toshkent viloyati filialining tarkibiy bo’linmalari va ularning asosiy vazifalari


Xujjatli operatsiyalarni amalga oshirish


Download 431.06 Kb.
bet14/16
Sana22.06.2023
Hajmi431.06 Kb.
#1646419
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Xoliqulov Rustam Ipoteka bank

Xujjatli operatsiyalarni amalga oshirish
«Ipoteka-bank” ATIB o’z mijozlari va vakillik banklari manfaati uchun ularning topshirig’iga binoan xujjatli akkreditivlar va inkasso shaklida hisob-kitob operatsiyalarini amalga oshiradi.
Bankning ishonchli hamkor sifatida obro’ga egaligi tufayli uning akkreditivlari va inkassosi qiymati 350 million AQSh dollaridan ortadigan liniya hisobidan dunyoning barcha etakchi banklari tomonidan qabul qilinmokda, keng tarmoqli vakillik banklari va zamonaviy aloqa vositalari xujjatli operatsiyalarni qisqa muddat ichida amalga oshirish imkonini bermoqda.
«Ipoteka-bank” ATIB xujjatli operatsiyalarni amalga oshirishda 2007 yilgi 600-MTP nashrining xujjatli akkreditivlar uchun bir xillashtirilgan qoidalariga, inkasso bo’yicha 522-MTP bir xillashtirilgan qoidalarga rioya kiladi.
Hisob-kitoblarning xujjatli shakllarini qo’llash hisobidan operatsiyalar samaradorligini oshirish «Ipoteka-bank” ATIB mijozlari va vakillik banklariga biznes bo’yicha yangi sheriklarni jalb qilish, o’z savdo-iqtisodiy faoliyatini kengaytirish va amalga oshirilayotgan operatsiyalar xajmini ko’paytirish imkonini bermoqda.
Bank mutaxassislari shartnomani tayyorlash bosqichida shartnoma bo’yicha xujjatlar asosida hisob-kitob qilishning eng samarali tuzilmasini tanlashda malakali maslaxat yordamini ko’rsatadi.
«Ipoteka-bank” ATIB vakil banklarining hamda mijozlarning xujjatli operatsiyalar bo’yicha topshirig’ini bajarganlik uchun tariflarga muvofiq vositachilik haqini undiradi.


Xalqaro to’lovlar va vakillik munosabatlari
«Ipoteka-bank” ATIB etakchi xorijiy va respublika kredit hamda moliya tashkilotlari bilan o’zaro hamkorlik qilgan xolda, o’z mijozlariga xalkaro hisob-kitoblar sohasida keng ko’lamli xizmatlarni taklif etadi, mijozlarni qulay xizmat ko’rsatish sharoitlari bilan ta'minlaydi. «Ipoteka-bank” ATIB 374 dan ortiq vakillik banki, jumladan dunyoning 58 mamlakatida 361 ta xorijiy banki bilan hamkorlik qiladi. Ular orasida UBS AG, Citibank N.A., JP Morgan Chase Bank, Landesbank AG, Commerzbank AG, Landesbank Baden- Württemberg, Banque de commerce et de placements S.A., Raiffeisen bank international AG kabi Evropa va AQSHning nufuzli banklari bor. Respublikamizning muvaffaqiyatli va xorijda e'tirof etilgan banklaridan biri bo’lgan «Ipoteka-bank” ATIB o’z mijozlariga tashqi savdo faoliyati bo’yicha kompleks xizmatlarni ko’rsatayotgani, malakali maslaxat berayotgani, zarurat tugilganda esa, aloxida hisob-kitob sxemalarini ishlab chiqayotgani uning xalkaro moliya bozorida yuksak amaliy obro’ga egaligidan dalolat beradi.
Bank tizimda neft-gaz, yoqilgi, kimyo sanoati korxonalari, energetika, mashinasozlik va qurilish korxonalari asosiy mijozlar xisoblanadi.

Download 431.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling